«мл т*'1шн» «* иа Alisher Navoiy


Marhabo, ey shohi navjavon



Yüklə 10,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə136/168
tarix20.11.2023
ölçüsü10,71 Mb.
#162698
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   168
Xamsa. Alisher Navoiy

Marhabo, ey shohi navjavon,
Jahon uzra ham shoh-u, pahlavon
Atodan o ‘g ‘ul b o ‘lmag‘on sen kibi,
A duv uzrini qo4mag‘on sen kibi.


Agar boshimni kesish uchun kelgan bolsang, 
muhlat ber, senga bir-ikki so‘z ayta olay», - dedi.
«Men bu ishlardan xabardor bolsam ham, 
rozilik bermagan edim», - dedi Iskandar. Doro: 
«Mening uch so'zim uch nasihatdir. Awalo, be­
gunoh holda menga qilieh sanchgan qotillarimni 
jazolagin. Ikkinchisi: qarindoshlarimni jazolama, 
uchinchisi, qizim Ravshanakni o‘z nikohingga ol!»
- deb xayrlashdi. Keyin motam tutishib, shohona 
bir tarzda Doroni dafn qilib, urushni to'xtatishdi.
Doro vafotidan so‘ng to'plangan lashkarlar bi- 
rin-ketin o‘z vatanlariga qayta boshladilar. Iskandar 
Doro taxtiga otirib, uning vasiyatlarini bajarishga 
kirishdi. Burun shoh Doroga aza tutdi, Doroni oldir- 
gan ikki qotilni ham soVoq qilib, ikki dorga oyogidan 
ostirdi va elga ulami toshbo‘ron qilishga farmon 
berdi. Keyin badanlarini kuydirishga, kullarini esa 
osmonga sovurishga buyurdi. Elga shodlik qilishga 
ruxsat berildi. Ravshanakka noma yozilib, azani 
to'xtatishi, totyga rozilik berishi so'raldi.
Iskandar Doro taxtiga otirdi. O'zigacha hukm- 
dorlik qilgan ming uch yuz yil davomida o‘n to‘rt 
olampanohning Doro qal’asidagi 180 xazinasini 
tekshirishib, shoh devonidagi xazina daftarini olib 
boruvchi amaldor bilan hisob-kitob qildilar-da, 
barcha xazina molini jamlab shoh huzuriga olib 
keldilar. Shoh xazinalar hisobini ochiq holda elga 
bayon qilishni buyurdi. Ro'yxat o‘qilganda, barcha 
odamlar hayron qoldilar. Shoh farmoniga itoat 
qilib ulami saroydagi asosiy xazinaga tashishdilar. 
Ikki yilgacha shahardagi xazinalar mulki saroy 
xazinasiga tashildi. Bu hali bor mulkning choragi- 
ga to‘g‘ri kelardi. Keyin shoh farmoni bilan qolgan 
mol-mulkni o‘z joyida qoldirib, yaxshilab berkit-


dilar. Qolgan mulk hisobchilar sanog'iga ko‘ra 
yetti yuz ming tuman ekanligi ayon boldi. So‘ng 
shoh sipohlarining har bir guruhi, sipohdorlar, 
nawob-u hojiblar qanchadan oylik olishni aniqlab 
jamlashni buyurdi. Ularning miqdori ham saroy 
belgilaganidan ancha ortiqligi malum boldi. Oylik 
uchun belgilangan pulning yarmigina sipohlar 
qoliga yetib borar ekan. Shoh bu ahvoldan xabar 
topgach: «Maosh barcha sipoh ahliga barobar qilib 
berilsin», - degan buyruq bolib, ular xarajatlari 
uchun yetarli maosh ola boshladilar. Sipohlardan 
tashqari 600 000 yordamchi ishchilarning maosh- 
lari ham shu tarzda ko‘paytirildi. Barcha sipohi- 
ylar shohning: «Manga ganj havas emas, sipoh-u 
raiyat manga ganj», - degan so'zlaridan nihoyatda 
quvonib, shodlanishardi. «Xazinadan elga naf ye- 
tmasa, undagi lallardan oddiy tosh afzaldir. Agar 
tosh zarar keltirmasa, xazinadagi boyliklardan 
elga yuz xatar bordir. Agar shoh xazinasi foyda 
bermas ekan, jahon ahli uning sarbasar dush- 
manidir. El xazinadan foydalanar ekan, jahonni 
zabt etmoq ham oson boladi», - dedi Iskandar.

Yüklə 10,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin