Haligi to‘p otilgach, Malluga darhol xabar qildi-
lar. Mallu Iskandar bilan jang qilish uchun kuchi
zaifligini sezdi, darvoza va qal’ani zabt etilganini
angladi, o'zini hayron, elini parishon holda ko‘rdi.
Mamlakati ichra qaror yoki manzil topa olmay,
yerosti yoli bilan boriladigan naqb atrofiga bor
boyliklarini to‘play boshladi. O'zi bilgan qora tog*
ustiga makon qurdirib turar ekan, shu chog'da
Iskandar qo‘rg‘onga hujum qilishni buyurdi, lekin
olimlar: «Bugun bormaganimiz yaxshi, chunki
oldingisidan chiqqan tutun tarqamasa, u tomonga
yaqinlashib bolmaydi», - deyishdi. Bu so'zlami
eshitgan Iskandar o‘z qarorgohiga qaytib keldi va
aysh-ishrat bilan shugtillana boshladi. Olimlarga
ko'pdan ko‘p ehsonlar berdirdi. Tong otgach, qal’a
ichiga sipohning kirishiga buyruq berdi. Sipohlar
tiqilishib, yetti kun davomida darvozadan kirdilar.
Shahar xalqi Iskandami xat-u shikoyatnomalarga
toldirib tashladi.
«Bu diyor Malluda bolgan zamon bu qullarda
hech ixtiyor yo‘q edi. Xizmat qilganimiz qilgan
edi. Uning shavkatidan qutildik, endi ne desang,
bandangmiz!
Dostları ilə paylaş: