«мл т*'1шн» «* иа Alisher Navoiy


«Shoho, qoshingda gunohkormen



Yüklə 10,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə141/168
tarix20.11.2023
ölçüsü10,71 Mb.
#162698
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   168
Xamsa. Alisher Navoiy

«Shoho, qoshingda gunohkormen,
Jazo har ne qilsang sazovormen.
Chu men bandamen, bu ikki bandazod,
Alar afuin aylab meni ayla shod.
Iskandar: «Bu azoblar bizdan emas. Sen o‘z bo- 
shingga tez tig‘ tortding. Bu dam tuproqqa yuzing 
surib, kechirim so‘rayapsan-u, seni afv qildim. 
Tuzalganingda kishvaringdan xirojni mukammal 
to lab turishingga ishonch hosil qilib mulkingdan 
chiqib ketaylik. Farzandingni senga otinbosar deb 
tayinlaylik. Qizing ham bor ekan, uni o‘zimizga qalliq 
qilaylik», - dedi.
Mallu bu so‘zlardan juda xursand bolib, joni 
uzildi. Iskandar Malluni shohona dafn ettirdi. 
Shoh ko'pdan ko‘p ziyofat qilib, bu mamlakatdagi 
tabarruk joylar, qadimiy mozorlami ko'rsatishni 
buynrdi. Mozordagi Mallu xonadoni qabrlariga 
yetishgach, u yerdagi xilxona atrofiga devorlar 
qurdirdi, chiroyli gilamlar soldirdi. Iskandar


Feruzni tilatib, bu olam foniyligini uqtirdi-da, 
shunday dedi:
Senikim bu mulk uzra shoh ayladim,
Bu kishvarda kishvarpanoh ayladim.
Kerak lutf-u ehson shior aylasang,
Adolat y o ‘lin ixtiyor aylasang.
Raiyatg‘a sendin yetib shodlik,
Mamolikka yuz qo‘ysa obodlik.
Feruz ta’zim bilan Iskandarning barcha so'zla- 
rini qabul ayladi.
Iskandar Kashmimi Feruzga topshirib, boshiga 
toj qo*yib, u tolashi kerak bolgan xiroj miqdorini 
belgilagach, unga «Ikki oyda o‘z olkang ishini 
to‘g‘ri yolga qo^gin, shu muddat ichida sipohlarni 
ham jam etib tegishincha, zarur bolganicha yol 
xaiji berib tur. Boshqa ishlar bilan chalglmay
bizga, tezda Hindistonga yetib ol», - deb tayinladi.
Iskandar Hindistonda
Bu so‘zlar bilan uni xursand qilib, singlisi Mehr- 
nozni ham to'qqiz parda ichiga kiritib, Hindiston 
sari y o l oldi. Barchalari shitob bilan tez yurib 
manzilma-manzil borishar ekan, uning fathini ho- 
sil qilib, yomonlardan ofoqni pok etib, yaxshilami 
shodmon qilib, o‘jarlarni bo^sundirib, dashtini 
adlidan bo‘ston qilib borisharkan, Hindistonning 
barcha ahli bu voqealami eshitib xabardor boldi. 
Ular Iskandarning Kashmirda qilgan ishlaridan 
voqif bolgan tilsimotlarini fath qilib, Kashmir 
xalqiga qilgan munosabatlarini eshitgan edilar. 
Uni yengishga kuchi yetmasligini bilgan hind


shohi sovg‘a-salom, tuhfalar, to‘qqiz-to‘qqiz matolar, 
zabardast to‘qqiz-to‘qqiz, ba’zi rivoyatlarga koVa 39 
fil, har binning tani tog'dek, katta tosh uchidayana 
bir yakpora tosh, undan bosh koVinib turar, ikki 
tomonida ikki bodbon - yelkan bolib, har xartumi 
katta ilon, yo‘q ajdar misoli bolib, jismiga har lahza 
o‘ralib turardi. Chinor-u minorlami xartumi bilan 
yiqita olardi. Xartumi atrofidan ikki tish chiqqan 
bolib, ularning har biri falak eliga ofat edi.
Har biri uzra ajoyib bir taxt qurilgan bolib
ichida to'qqizta baxtiyor hind o'tiradi. Har birining 
libosi qizil yo sariq, xuddi ularni bahor bilan kuz 
shu rangga bo^agandek. Haligi fil yurganida, taxt 
ichidagilarga uyqu harom boladi. Uning yonida 
filcha ham bolib, dev bolasiga o'xshaydi.
Otlar ham fillardek yasatilgan bolib, har xil 
matolar yopilgan, ustida nayzali hindu o'tiradi. 
Yana qancha shirinso'z to tilar, zumurrad va lal 
minqorli qushlar, zebo jamolli tovuslar barchasi 
shohga sovg'a edi. Sovg'alardan keyin ko'plab do­
nishmand allomalar qadam tashlardi.
Shoh allomalariga qarab dedi: «Men shohga 
kamtarin bir qulman. Uning bilan jang qilishni 
o'ylaganim ham yo‘q. Ul zotdan maktub kelganda, 
uzrli bolganim uchun shohlar yiglniga borolmadim. 
0 ‘sha kunlari qattiq kasal bolib qoldim. Agar shoh 
lutf aylab ko'rgani kelsa, xalq ichidagi obro^imni 
kotaradi. Mening esa boshim ko“kka yetib, jonim 
boricha quli bolaman. Agar Tangri ko'rsatmasin, 
qahr qilib, do'stlik mayi ichiga zahar quyadigan 
bolsa, siz shafoat qilingki, gunohimdan otsin».
Nihoyat, hind shohi yuborgan sovg‘a-salomlar, 
hurmatli zotlar Iskandar turgan manzilga o‘rdaga 
yetib borishdi. Awal arkoni davlatlar, keyin ahli


hikmat huzuriga kirib bordilar. Iskandar hur- 
mat-ikrom bilan kutib olib, ular bilan so'rash- 
gach, taxtidan tushib, har biri bilan ko'rishib, har 
qaysisiga iltifot ko‘rsatdi. Shoh shundan so‘ng 
taxtiga chiqmay, yerga takallufsiz oUrdi-da, har 
bir amaldor-u olimga o‘z lavozimu ilmiga mos joy 
ko‘rsatib o'tqazdi. Ular o'zlarining yolda qiynal- 
maganliklarini aytib, burun shohga duo qildilar 
va uning kechirishini so'radilar. Iskandar: «Siz 
nimani iltimos qilsangiz, ularni bajarish bizga 
farzdir. Shohingizning gunohi oz, ko‘p bolganda 
ham uning uzrini qabul qilgan bolardim. Hind 
xalqining gunohi ozmi, ko'pmi, bundan qat’iy na- 
zar, barchasining gunohidan kechdim. Ulardan 
jazolash, o‘ch olishdan qolimni tortdim. Inoyatim- 
ga ishonib, saroyimga kelsin, men uning boshiga 
toj qo'yib, baxtli qilay.
Sizlar ham qadam ranjida qilib, bu yon kelib
meni xushdil-u bahramand etdingiz. Bir mam- 
lakatga bir shoh kirganda qadimiy rasm-rusumga 
ko'ra eldan moli omon qabul qilinardi, bu eldan 
shuni talab qilmasinlar. Shoh xizmatni bosh- 
lagach, bu kishvar xirojini qabul qiladi. Xaloyiq 
boshidan ehtiyojlami yo'qotish uchun ikki yillik 
xirojni kechirdik».
Iskandar xalqqa va podshoga bu xil yaxshi- 
liklami ravo ko'rganidan el behad xursand boldi 
va unga uzoq umr, baxt va saodat tilab, shohni 
kafan kiydirib va bo^niga qilieh ostirib, olampa- 
noh huzuriga olib kirdilar. Iskandar Hind sho- 
hining ahvolini ko'rgan zahotiyoq uning holatini 
man qildi, chunki u bu jazoga loyiq ish qilgan 
emasdi. Bir shahar xalqi ikkinchisidan yengilsa, 
butun millat shu holda kelib g‘olib hukmdordan


uzr so‘r as hi mumkin edi. Iskandar muruwatli 
shoh bolgani uchun ham tig' bilan kafanni dar­
rov oldirib tashladi. Shohona kiyim va qurollar 
keltirib, qayta kiyintirishdi. Shoh uni hurmatlab 
quchoqlashib ko'rishdi. Hind Royi Iskandaming 
oyog‘ini o'pishga intilgan edi, shoh unga hurmat 
ko'rsatib, yuqoriroqdan ko'tarib oldi va ikkovlari 
quchoqlashib ko‘rishishdi. Hind shohi olib kelgan 
sovg'alarini Iskandarga tutdi. Iskandar uning 
o'tirishiga joy ko'rsatdi va shohona qonunlarga 
ko'ra mehmon bilan suhbatlasha boshladi. Shu 
bilan mezbon ko‘nglidagi vahmga barham berdi va 
andishadan qutultirdi. Shohning bu xil iltifotini 
ко‘rib, hind Royi o‘midan turib, iltimos qilib qoldi:
«Hind kishvarida g‘aroyiblar ко‘p. Bu yeming 
qishi nihoyat mo'tadil. Issig‘ ham, sovuq ham 
bolmaydi. Harbiy yurishlar vaqti ham shu davrda 
maqbul boladi», - dedi. Iskandarga bu taklif xush 
kelib, qishni Hindistonda o'tkazishga rozilik berdi. 
«Dehlida otkaza qoling qishni», - deyishgan edi, 
shoh: «Shaharga sipoh sig‘maydi», - deb shahardan 
tashqarida alohida manzil-makon qurish uchun 
ko'rsatma berdi. Hind Royi yana dediki: «Shoh 
hukm aylasa, ishlami tezlashtirish, tezroq tugal- 
lash uchun qurilayotgan shaharchani ko'rishga 
vaqti-vaqti bilan borib, qilinayotgan ishlardan xa- 
bardor bolib tursam, bolmasa ко‘nglim tinchimay- 
di, dam-badam bezovta bolaman», - degach, bu so‘z 
shohga ham xush keldi-da, tezjoiruvchi, karkko‘zli, 
filtan naqshli egar otlami hozirlab, Hind mulkini 
o‘zi ham aylanib kelishga yol oldi.
Hind shohi Roy o‘z olkasi ko'chalaridan borar 
ekan, aholi uning olimdan qolganidan xursand 
bolib, beadad duolar qilishdi. Roy elni xushdil


aylab, Iskandar buyurgan shaharchani qurishga 
berilib ketdi.
O'sha mintaqada Nigor degan o‘rmon bolib, 
hayratlanarli darajada go'zal edi. O'rmondan 
doim anbar nasimi esib turar, tuprog'idan ham 
anbar isi anqib turar, sandalu, obnus, san- 
darus, shabah kabi xushbo^ daraxtlar u yerda 
serob edi. Nasim esganda hammayoq sandal 
daraxti isiga tolib ketardi. Daraxtlarning har 
biri osmonga bosh tegdurib turar, daraxt bar- 
glari orasidan hatto quyosh ko'rinmasdi. Chi- 
nor, dorchin, zaytun, tok bir-birlarini bezab, 
o'rmonga ajab manzara bag‘ishlar, xilma-xil 
qushlarning qichqirishlari ajib musiqalar hosil 
etar, to'tilarning bir xil navi har bargni kolcimtir 
qilib, har daraxtni Xizr payg‘ambarga o'xshattir- 
gandi. 0 ‘rmondagi qizil, yashil, gulnor ranglari 
bo‘stonlarni hayotbaxsh qilib bezagan edi.
O'rmon ov uchun ham qulay bolib, kiyiklar 
toglarda ming-minglab sakrab yurishar, marallar 
shakar qamishlar o‘sgan o‘tloqlarda ko‘p bolgani 
uchun har qaysining oyoglga asal yopishib qol- 
gandi. Dengizida bolsa oq baliqdan ко‘pi yo‘q, 
oYmon atrofida har xil katta va kichik qushlarning 
inlari mol bolib, ulami istagancha ov qilish mum­
kin edi. Shaharcha ochiq yerda barpo qilinayotgani 
uchun gullar m ol-kol ekilgan bolib, dilni o‘ziga 
maftun etardi.
Hamma ishlar bitgach, hind Royining o‘zi Iskan- 
darni qo'shini bilan shu yerga boshlab kelib doira 
qilib ishlangan qarorgohga tushirdi. Shoh bu yer­
da chor atrofni bemalol kuzata olardi.
Hind Royining qilayotgan g'amxo'rliklaridan 
juda xursand bolgan Iskandar qishi bilan boshqa


barcha ishlarni yig‘ishtirib, aysh-ishrat bilangina 
mashgtil boldi.
Iskandar Kashmirda qishni otkazar ekan, uning 
ajoyib latofati, g'aroyib imoratlari, sehrli tilsimlari 
tomoshasiga tez-tez borib turardi. Hammomda 
ko'proq bolar, Roy qasrida sozanda navozandalar 
ishtirokida ziyofatlar uyushtirar, gohida o‘rmonni 
ko‘ngli istab, yolbars va sherlami, ba’zida fil-u 
kark oldirib, gohida daiyo boglab qayiqda sayr 
etib, goh oq baliq ovlab, do'stlari bilan sho‘rva 
qilib ichishib, goho shakar qamishzorda yurib
nayshakami gazak qilib may ichishib, ba’zan ilm 
ahlini saroyga to'plab, ilm majlisi qurishar, turli 
kitoblar mazmuni haqida bahs yuritishardi. Kitoblar- 
da nomalum, majhul o'rinlarni malum qilish 
ayniqsa zavqli kechardi. Kecha-kunduzlar shun­
day otib, bahor fasli ham boshlandi. Quyosh olamni 
o‘zining nurlari bilan munawar aylagach, shoh 
yana ketish yiglnini yig‘di va bu safar Xitoy bilan 
Chin azmini ixtiyor etdi. Yana harbiy harakatlar 
boshlanib, Chin chegarasiga bayroq tikildi.

Yüklə 10,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin