«мл т*'1шн» «* иа Alisher Navoiy


  To‘ralar - hujum qilish uchun moljallangan va to'rt tomoni



Yüklə 10,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə143/168
tarix20.11.2023
ölçüsü10,71 Mb.
#162698
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   168
Xamsa. Alisher Navoiy


To‘ralar - hujum qilish uchun moljallangan va to'rt tomoni 
o'ralgan harbiy qurilma.


Chin qo'shini sipohlarni shu tariqa bekitib, 
dushman ustiga qo'qqisdan hujum qilish usulini 
qollashga tayyorgarlik ко‘rib turardi. Qarshi taraf- 
dan asta-sekin Chin qo'shini tomon yaqinlashib 
kelayotgan Iskandar qo‘shini ham yashirincha, 
o'zini bekitib qadam tashlarkan, uzoqdan Xoqon 
lashkarlarining qorasi ko'rindi. Sipohini tezgi- 
na tuzgan Iskandar suron solib jangga kirishdi. 
Iskandar qo‘shinining birdan yaqin yerdan pay­
do bolib, qattiq suron solib hujum qilishi Chin 
sipohlarini vahimaga solib qo'ydi. Oqshomda 
ikki sipoh orom olib yotarkan, qorongl tushgani 
uchun ikki tomondan taloya5 qo'shinlar tinchini 
himoya qilardi. Yazaklar - kecha qorovullari tez- 
tez paydo bolib, adashgan o'qlarga ham duch 
kelib turishar, Iskandar ertagi boladigan jang 
haqida fikr surib, xilma-xil rejalar tuzar ekan, 
hikmat ahli uning oldiga borib: «Erta-yu indin 
sabr qilish kerakka o'xshaydi, dushmanga sezdi- 
rib turib, jangni to bet at ib turish lozim. Sayyora-yu 
sabobotlar vaziyati shuni taqozo qiladi. Ikki kun 
sabr qilib, keyin uchinchi kuni hujum qilsa, shoh 
dushmanni maglub etsa, ajab emas», - dedilar. 
Iskandar bu so‘z bilan taskin topdi-yu, yuragida- 
gi tashvishni unutolmasdi. Chin xoqoni ham 
ko'nglidagi notinchlikdan qutulolmasdi. Ish shu 
yerga yetdiki, el ichida shunday vahimali gap- 
so'zlar boshlandi: «Bu nomi chiqqan jasur shoh, 
yuragi qoplon, shukuhda bir sher jahongirlikni 
havas qiladigan bolsa, shu vaqt ichida bir necha 
yirik mamlakatlami fath etdi. Bizning kuchimiz 
Doronikicha emas, unda bolsa bizga qaraganda 
o‘n baravar savlat-u shukuh bor.
5 Taloya - tunda qoYiqlovchi sipohlar.


U sohibqiron ham, pahlavon hamdir. Bunday 
kishi bilan jang qilishga kirishmoq bema’nilik 
boladi. Birovkim, unda aql da’vosi bolsa, o‘zini 
oldirishning ne ma’nosi bor? Yo‘q, о‘z joniga ham, 
xalq joniga ham, ne jon, balki nomus-u origa ham 
ziyon bolishi turgan gap. Agar shohga mute’ bolsa 
va xiroj tolashga rozilik bersa, Iskandar toj-u taxtni 
xoqonga qoldiradi.
Mallu unga ne yomonliklar qilmadi. Bugun esa 
o‘gli Feruz obroli, o‘ziga ishongan hukmdor bolib 
o‘tiribdi. Itoatkor bolgani uchun Royi Hindning 
Hindistonday mamlakati bor. Agar xoqon ham 
uning qoshiga borsa, mamlakat tojini boshiga 
qo^ar. Uning xizmatini qilsa, mamlakatining 
barisini qaytarib olar. Boshqachayol tutsa, keyin- 
gi pushaymonligining foydasi bolmaydi».
Xoqonning amaldor-u a’yonlari, lashkarlar-u 
xizmatkorlari ham shu fikmi talddlashardi. Birov 
unga xos mahram bolib, Xoqon bilan sirdosh edi. 
Bir zamon xoqonning xilvat o'tirganin ko‘rdi-da, 
oldiga kirib zor-zor yigladi. «Elimiz boshiga oglr 
tashvish tushibdi», - deb xalq orasidagi gaplami 
birma-bir gapirib berdi. So'zini tugatgach, dedi: 
«Ey shahriyor, senga hamisha baxt yor bolsin. 
Malum bolgan gaplami senga aytib berdim, inon- 
sang, bu holatga bir fikr qilarsan, ishonmasang, 
oyiab ко‘rib, bir chora toparsan».
Xoqon bir oz о У lab, do‘stining so'zlari haqiqat- 
ga yaqinligiga ishonch hosil qildi. O'zi o^lagan 
choraning to‘g‘riligiga, xalqi ham shu xil tadbimi 
qollashiga inondi. Kutilayotgan jang xuddi chin- 
ni bilan temimi urishtirishga o'xshaydi. Chinni 
parchalanadi. Xoqon shulaming barchasini otylab 
uxlayolmay chiqdi.


Quyosh chiqmay turib o‘z fikrining to‘g‘riligiga 
yana bir marotaba imon keltirdi. Aql ko‘ngliga bir 
fikr soldi.
Erta tong mahali bir xos mahramni chaqirtir- 
di-da: «Mening oromgohim oldidagi odamlami uzoq- 
roqqa sur. Deraza pardasiga ham yaqin keltirma. 
Baland ovoz bilan: «Bugun shoh elni qabul qilmas 
ekan!» - deb aytgin-da, oqshomgacha bu eshikni 
asra. Mendan xavotir olma. Men yarim kechada 
kelsam kerak, o'shanda chiroqni yoq. Agar kelma- 
sam, o‘z o'mingni solib yotaver. Lekin mendan ne 
voqea yuz berganini so‘rama!». Shoh uyga kirib, 
kiyimlarini almashtirib, elchilar kiyimlarini kiyib 
oldi. Mahramiga aytdiki: «Deraza pardasi yoniga bir 
ot olib kel!». Otni tayyor qilib keltirishgach, deraza 
pardasiga yaqin kelib, otga mindi.
Qorong'ida sipoh chegarasidan chiqib, darvoza- 
bon oldiga yetdi-da, muhim bir naqshni ko'rsatib: «Meni 
chiqarib yuboringlar, muhim ish bilan ketyapman»,
- dedi. Darvozabonlar nishonaga ishonib, chiqarib 
yubordilar. Xoqon yuz ming xayol bilan borardi. 
Osmondagi yulduzlar birin-ketin ucha boshladilar, 
quyosh ko‘rindi, nihoyat, u Iskandar qarorgohiga 
yetib bordi. Uning kelgani haqida shohga: «Ni- 
hoyatda go‘zal bir elchi kelibdi. Boshdan oyoglga- 
cha nur, odam surati bilan kelgan farishta», - deb 
xabar yetkazdilar. Iskandar: «Ehtirom qilib, taxtim 
oldiga joy soling. Bu kecha ajoyib bir tush ko‘rib- 
man. Quyoshdek bir narsa nur sochib turar, yana 
bir quyosh ham ko‘rinib turardi. U kelib oldimda 
bosh qo^ar edi, kishi mundoq ikki quyoshni hech 
qachon ко‘rgan emas».
Yana hikmat ahlining kitoblarida:



Yüklə 10,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin