«мл т*'1шн» «* иа Alisher Navoiy


So‘z aytib o ‘zi bilgan oyin ila



Yüklə 10,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə152/168
tarix20.11.2023
ölçüsü10,71 Mb.
#162698
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   168
Xamsa. Alisher Navoiy

So‘z aytib o ‘zi bilgan oyin ila.


U qonini to lash uchun o‘ziga qarshi chiqa ola- 
digan jangchini talab qilardi. Bu yondan tag'in 
pahlavon tanli jangchi maydonga tushdi. U shoh 
oldida ko‘p janglar qilgan, sherlarga ajdarlardek 
bas kelgan zabardast yigit edi. G'animi ham un­
ing sari mayl qildi. Katta toshga toshqin soy uril- 
gandek boldi. Yetishishgach, bir kishiga aylanib 
qolgandek olisha boshladilar. Bir-birlariga ayamay 
zarba urardilar, lekin chaqqonlik tufayli barcha­
si rad bolardi. Oqibatda о‘jar vahshiyzoda uchi 
qayirilgan gajaklik sutun bilan raqibi boshini 
pastga egib, keyin qollarini boglab, otini gajak 
bilan tortqilaganicha o‘z lashkariga topshirdi va 
yana jang uchun talabgor chaqira boshladi. Yana 
bir yigit Iskandar tomonidan maydonga ot surdi. 
Uning laqabi Qahqaro, yeri Qirvon, asli Mashriq 
zaminidan edi.
Qahqaro jangga kirgach, vahshiyga ot sol­
di, unga Ahraman e’tibor bermadi. G‘azab oti 
kuchaygach, qattiq jang boshlandi. Qahqaro otdan 
yiqilgach, tuproq ustiga tushdi. Qahqaroni ham 
raqib boglab, o‘z lashkariga topshirdi, keyin yangi 
g‘anim istab baqirishga tushdi. Devsifat yigit oldiga 
kim kelsa, asir tushirib olaverdi. Yana yangi raqib- 
ni chaqirgani-chaqirgan edi. Uning baqirishlari, 
suroni rumliklami qo'rqitib qolgan edi. Bu ishlar 
shoh ko'ngliga tob soldi-yu, ko'nglida qo'rquv 
paydo bolib, iztirob cheka boshladi. Lashkarlariga 
buyruq berayin desa, naq olimga majbur qilgan 
boladi.
Bu holatda yuziga niqob to'sgan bir chaqqon, 
quyoshdek qalqon tutgan, qolida o‘rilgan kamand 
bir pahlavon shoh oldiga yaqinroq borib, o‘z so'zla- 
rini aytdi-da, vahshiy sari ot choptirib ketdi. Uni


shoh ham taniy olmadi, sipoh ham. G'amidan el 
pinhona oh chekkanicha: «Bunday chiroyli yigit 
ham, ming darig‘, bu vahshiydan tig‘ yeydigan 
boldi-da», - deganicha alam chekib qolaverdi.
Lekin u raqib devangir bilan g‘azabga tolgan 
holda olisharkan, oti shitob bilan aylanib, Ahra­
man joniga iztirob solib qo^di. Raqibini charchat- 
ib, aylantirib-aylantirib yerga urdi va shoh sari 
sudrab ketdi. Shoh oldiga yetib borgach, sherdek 
yerga sakrab tushdi.
Shoh bu ishdan ko'ngli quvonchlarga to‘ldi. 
Dilidagi dardi ko'nglidan bir ondayoq yo‘q boldi. 
Bu payt ichida haligi niqobdor yigit o‘z о‘mini egal­
lab, safni toldirgan edi, shoh qollarini razmgoh 
gardidan yuvib, najotkor pahlavonni darhol topib 
kelishga buyurdi. Devkash yigit eshikdan kirgach, 
awal majlis ahliga madhiya aytdi, Iskandari Fay­
laqus uni bo^nidan quchib, inoyat oshkor aylab, 
boshiga javohir sochib, ko‘p lutf-u karamlar etdi. 
Dedi: «Ey aduvband, vahshiyshikor, vahshiy 
ovlovchi!

Yüklə 10,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin