«мл т*'1шн» «* иа Alisher Navoiy



Yüklə 10,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/168
tarix20.11.2023
ölçüsü10,71 Mb.
#162698
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   168
Xamsa. Alisher Navoiy

LAYLI VA MAJNUN


Arablar diyorida shu olkaning boshligl bolgan 
bir ulug‘ hukmdor yashardi. Ko'pdan ko‘p qabi- 
lalar unga bo“ysunardi. Hamma uning baxtini 
tilashardi. Chunki u barcha bechora, muhtoj 
odamlarga mehribonlik ko‘rsatuvchi, dasturxoni 
hamisha hammaga ochiq bolgan mehmonnavoz 
kishi edi. Qozoni ostidan olov hamisha o'chmas- 
dan sahroda adashib qolgan insonlarga kechalari 
yulduz misoli doimo y ol ko'rsatib turardi. Hukm­
dor ilmni e’zozlar, doimo o‘z ilmini oshirib borardi. 
Ot-u tuyalarining, qo^-u qo'zilarining hisobiga 
ham yetib bolmasdi. Mol-dunyosi m ol-kol bolsa 
ham, uning farzandi yo‘q bolib, shundan iztirob 
chekardi. Agar hayoti daraxti yiqilgudek bolsa, 
agar uning yonida bir yosh novda о‘sib kelayotgan 
bolsa, u keksaygan daraxtga soya solgan bolardi. 
Bir vorisi bolganda edi, hukmdoming mol-dunyosi 
osmonga sovrulmasdi, umr quyoshi so‘nsa, yangi 
tug'ilgan quyosh o‘z nuri bilan qabilani yoritgan 
bolardi. Shular haqida o“ylar ekan, Tangriga 
to'xtovsiz tavba-tazarrular qilib, o‘z orzusigayetka- 
zishini tinmay iltijo qilardi. Nihoyat, uning orzusi 
ushaldi: Tangri unga ajoyib bir o‘g‘il farzand berdi. 
Shodliklarga to lib toshgan ota behad gavharlami 
sochib, o‘g li bilan faxrlanib, farzandiga Qays deb 
ism qo“ydi. Bu uning otasining ismi edi.
Qancha-qancha doyalar uni parvarish qilish­
ga kirishishdi, qimmatbaho matolar, mo^na-yu 
po'stinlarga o‘rab uni beshikka yotqizdilar. Ular


bolani ko‘z qorachigldek asrashar, biror sovuq 
shamolning unga tegishiga yol qo^ishmasdi. Oylar, 
yillar otib, so‘zlashni o'rgangach, aqlli fikrlari, dono 
so‘zlari bilan odamlarni lol qila bosliladi. Uning har 
bir so‘zi elga maqbul bolib, dillariga yoqib tushardi.
Uning donoligi, dilga yoquvchi so'zlari qabilalar- 
ga tarqalib, odamlar uni ko'rishga kela boshladi- 
lar. Ba’zilar uning yuziga hayrat bilan boqsalar, 
boshqalari so‘zlari mag'zini chaqishga intilishar, 
muhtojlar uni jonlaridan sevib, to‘xtovsiz duo 
qilishardi. Otasi bilan onasi ham ikki oshiq kabi 
uni ma’shuqadek ko'rishar, yomon ko‘zlardan 
asrash uchun uni jon pardasi bilan to‘sib, ko‘z 
qorachiqlarini isiriq qilishga intilishardi.
Qaysning yoshi to‘rt-besh orasida ekan, otasi 
unga talim berish vaqti yetganini angladi. 0 ‘glini 
o'qitish uchun qabilalar ichidan dono bir ustozni 
topib kelishga buyurdi. Toki uning farzandi ustoz 
ilmidan bahramand bolib, bor ilmlardan xabardor 
bolsin, ilm-u fanlami o'zlashtirib elga tanilsin va 
olamda baland obro'ga ega bolsin.
Nihoyat, Qaysga talim beruvchi donishmand 
bir muallimni izlab topdilar. Ammo u boshqa bir 
qabilada maktabdorlik qilib, har kuni dars bergani 
uchun o‘zga biron joyga borolmasdi. U qabilaning 
sardori qabiladoshlariga har ishda mehribonlik 
ko‘rsatuvchi, yuqori shon-sharafga ega bolgan 
hukmdor bolib, ochiqqollikda quyoshga monand 
edi. Ammo qahri kelganda sahroning issiq shamoli 
kabi rahmsiz bolib, qolida toshlarni mumdek eri- 
tishga ham qodir edi.
Sardorning behisob dur-u gavharlari bolib, 
ularning bittasi bilan alohida faxrlanardi. Bo'stoni-


da yuzlab chiroyli gullar bolsa ham, ulardan 
bittasi bilan dimogl xush edi. Uchquni sharq 
quyoshidek bolgan bir mash’al bilan ko'zi nurli, 
olamni ravshan etuvchi bir shamdan xonadoni 
charog'on va chiroyli edi.

Yüklə 10,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin