«мл т*'1шн» «* иа Alisher Navoiy


Ushbu g ‘am-u alam bay oni



Yüklə 10,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/168
tarix20.11.2023
ölçüsü10,71 Mb.
#162698
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   168
Xamsa. Alisher Navoiy

Ushbu g ‘am-u alam bay oni,
Jon safhasida bag‘ir nishoni.
Mendinki ichim g ‘amingda qondur,
Sengaki g ‘aming tanimda jondur.
...Ey kishvari husnpodshohi,
Husn ahli chu kxshvaring sipohi.
Ey lutf jahonining bahori,
Yuzung bu bahor lolazori.
B o ‘lg‘onda sahar yeti gulafshon, 
Zulfungnimu aylamas parishon?
Noz uyqusidin ocharmusan ko‘z,
Yuz noz ila elga dermusan s o ‘z?
Bu ermish irodayi Rohiy,
Kim sirrini bilmas el kamohi.
Bexosdan yuzingga bir nigohim tushganga
men gunohkormanmi? Boshimga shuncha balo 
kelib, diyor-u xonumonimdan ajralib, olamda 
devona bolib yuribman. Har kuni vatanim bosh­
qa bir vodiy, har tunni odamlar tashlab ketgan 
vayronalarda o'tkazaman. Do‘stlarim yovvoyi


hayvonlar bolsa ham, gohida ular bilan ham 
orom topolmayman. Vahshiy jonivorlar mening 
xunuk ko‘rinishimdan hayratda bolsalar, qushlar 
chekayotgan azoblarimni ко “rib iztirobga tushadilar. 
Shunday uqubatlarda alam tortar ekanman, yoding 
bilangina tirik ekanman, sening gavhar sochuvli 
nomang menga yetib keldi. So‘zlarini o‘qib ruh, har 
harfingdan yuz rohat topdim. Lekin undagi ikki so‘z 
jonimga o t soldi. Sen Nafval qilgan ishlar haqida 
yozib: «Ikkovingiz qabilamga tig‘ tortib keldingiz»,
- debsan. Bu arqonni ajdaho deyishdek bir gap. 
Pashsha Ш bolishni orzu etishi, chumoli sherlik 
daVosini qilishi mumkinmi? Aslida ish mana bun­
day bolgan edi. Bir kuni atrofimni turli hayvonlar 
о‘rab turganda, o‘sha sarkarda mening beholligim, 
ishqingda bemadorligimni ко‘rib, oldimga keldi-da, 
bir qancha so‘zlami aytdi. Men goh o‘zimda, goh 
behush holda uning gaplarini tinglab, nima deb 
javob berganimni ham bilmayman. U meni uyiga 
olib ketdi. Keyin sen aytgan ishlar bolib oldi. Men 
uning o‘ch olish maqsadida qon tolcayotganini 
ко‘rib, qolimdan kelgancha urushni to'xtatishga 
harakat qilganimdan so'ng u xanjarini qiniga solib 
uyiga qa^di.
Men bilan so‘zlashgan chog'da uylanish haqida 
ham so‘z ochgan ekan, men uning gaplarini ham, 
unga bergan javobimni ham anglamadim. Bu 
so'zlar yodimdan ham chiqib ketgan edi, xating- 
ni o‘qiganimdan so'ng eslab qoldim. Men behad 
g‘am chekib, vafo qilib yurgan bolsam-u, sen 
bunday xayollarga borsang? Lekin yozganlaringni 
rad qilolmayman, kim hushidan judo bolgan esa, 
shunday ishlami ham qilar ekan-da! Jinnilik dardiga


mubtaloman, boshimdan oyoglmgacha xatoman, 
ko'nglim ham, ko‘zim ham nomangga fido bolsin. 
Lekin senga aytadigan bitta so‘zim bor. Sen Nafval 
qilgan ishlar haqida yozar ekansan, men jinnilik 
holatida ekanimda yuz bergan hodisalar, xususan, 
uylanish haqida menga ayb qoyding. Lekin bunday 
ishni о‘zing qilgan eding. Ibni Salom sening visoling- 
ni tama qilganida, otang uning so‘zlariga rozi boldi. 
Sen rozilik berdingmi, yo'qmi, bilmayman, shuning 
uchun bu haqda senga tuhmat ham qilolmayman. 
Hushimni jinnilik shamoli uchirib olib ketgan, aql 
bilan so‘zlay olmayapman, shunday ekan, ey pari- 
sifat hur, meni ma’zur tutgaysan, sening g'amingda 
nobud boldim, olgan odamning so‘zlarini ham yo‘q 
deb bilish kerak. Yo‘qlik meni yoldan urgan ekan, 
sen bor bol-u, bu yo‘q insonga yor bol. Iqbol-u baxt 
yoring bolsin, jonlar boyligi boshingga sochilgan 
nisor bolsin».
Layli bu maktubni o'qigancha, ko‘p iztirob 
chekdi, undagi har bir so‘z ustida fikr yuritar 
ekan, necha bor o'zini o‘zi koyidi, alam chekdi. 
0
‘z 
maktubidan xijolat chekib, bu nomadan ko'ngli 
toldi-yu maktubni Majnunga o'xshab o‘zi uchun 
tumor qilib oldi.
Majnunning g'amgin otasi, yuz alamga mubtalo 
bolgan onasi o'glidan ayrilgandan beri uning dar- 
dida iztirob chekishardi. Otasi bir kuni farzandini 
izlab topish, uning oldida zor yiglab, nasihat qilish 
va uyga qaytishga ko‘ndirish niyatini diliga tugib, 
sahro sari y o l oldi. Dashtni bir necha kun kezib, 
oxiri uni bir vayrona ichidan topdi.
Majnunga bu vayrona uyidan ko‘ra afzalroq 
bolib, o‘zi esa undan ham xarobroq edi. Devonaligi


haddidan oshib ketgan, goh chumoli tutib oldi- 
rar, goh tuproqdan go‘r yasar, goh boshiga tuproq 
sochib, goh tishi bilan timog' olar, goh eski devor 
ustiga minib olib, ot choptirgandek harakatlar 
qilar, goh yuzlarini chimdir, goh yenglarini chay- 
nar, goh boyqush sayroglga qo'shilib kuylar, goh 
boyo‘g‘li yuzidagi changlami artar, qonli ko'zini 
tikan bilan cho'p bosib ketgan, ular kipriklaridan 
ham ko'proq edi.
Otasi bu holatni ko'rgach, hayratdan qotib 
qoldi. «Subhonalloh, bu qanday ahvol? Odamga 
o'xshamaydigan bunday kimsani kim ko‘rgan 
ekan?» - deb so planar ekan, o'glining oldiga qarab 
yurdi. Majnun otasini ko'rgach, uni tanimadi-da, 
o'zini panaga oldi. Otasi yoqasini yirtib, faiyod 
chekdi-da, so'ng Majnunga murojaat qildi: «Ey 
yuz yaralig' bag'rim porasi, nega mendin o‘zingni 
chetga olyapsan?» Majnun uning o‘z otasi ekani- 
ni bilib, oh urib oldiga yiqildi. Otasi uning boshini 
kotarib, bag'riga bosdi, ikkovlari bir-birlarini mah- 
kam quchoqlashdi. Ancha vaqtdan beri ko‘rish- 
maganlari uchun achchiq-achchiq yig‘lashdi. 
Iztiroblari biroz taskin topgach, Majnunga qarab 
shunday dedi: «Ey alam chekkan farzandim! Koksim 
yarasini timab, bagVim qonini bunchalar tokmagin. 
Sening taning g'amdan yarali bolsa, mening jig- 
arim alamdan pora bolgan. Sen dunyoga kelma- 
gan paytda Xudodan seni tilab, sadaqalar berib, 
duolar qildirdim. Ochlami toydirib, yalang'ochlami 
kiyintirdim va oldim deganimda, seni topdim. Uch- 
to‘rt yoshga yetguningcha, men tortmagan alam 
qolmadi. Sen bir qatra sut emguningcha, men yuz 
qatra qon yu tar dim. Tovoningga bir tikon kirsa,


mening jigarimga xanjar sanchilgandek bolardi. 
Ilm va adab o‘rganish uchun maktabga qatnay 
boshlaganingda, sening borish-kelishingdan bir 
dam g‘ofil bolmay, ilm-u hunar, fazl-u kamolot 
egallashingga madadkorlik qildim. Vaqti kelib na- 
riga dunyoga jo ‘nash fursati yetganda, qoshimda 
bolib, goh mening boshim ustida, gohi oyoglmda 
bolsang, hayotim shami benur bolganida, sen 
parvonadek iztirob chekasan, umrimni davom 
ettiruvchi bolib, sen tufayli qabilam yana yoriydi, 
el ichidan otim o'chmay, mol-u dunyom begonaga 
qolmaydi», - deb orzu qilgan edim. Endi shu ishlar 
boshimga tushdi. Ichimga yuz g‘am yuz qoyib, bu 
bir g‘am-u, sening alaming yana yuz g‘am boldi.
Ishq o‘ti qalbingga tushganda, sen beixtiyor 
eding, lekin har dardning bir davosi bor-ku! Ja- 
honda oshiqlarni ko‘p ko'rganmiz'ku! Bunday 
holatda maglub bolish aqlga to‘g‘ri kelmaydi. Kim 
o‘t ichiga tushgan bolsa, qol-oyog‘i bilan harakat 
qilib undan chiqishga intiladi. Choltib borayotgan 
odam talpinmasa, harakat qilmasa, olmay qol­
maydi. Boshingga shunday balo tushgan ekan, 
sen ham o‘zingni qolga olib, intilishing kerak. 
Billur qadah ichiga tushib qolgan chumoli undan 
chiqish uchun kuch ishlatishi emas, tadbirini 
topishi zarur. Tangri odamga har dardni bergan 
bolsa, unga o‘zi davo beradi. Yaratgan senga shu 
baloni ravo ko'rgan ekan, davosini berishga ham 
ojiz emas. Sen ham bu alamlardan uzoqlash- 
gin-da, o‘z dardingga biron chora qidir. Davosini 
darhol topish qiyin bolsa ham, qadam-baqadam 
yaxshi natijaga erishish mumkin. Axir bola ham 
asta-sekin bilimdon boladi, qamish ham bora-bo­


ra qandga aylanadi. O'ziga yuz yil umr tilagan kishi 
yuz yil sabr qilishi ham kerak. Minoraga bir xil 
zinadan chiqib tushiladi-yu, chiqish oson, lekin 
tushish qiyinroq boladi. Sen ishq yolida shuncha 
y ol bosib o‘tding, qaytishing uchun ham shuncha 
y o l bosib o'tishing lozim. Endi bu safaringdan 
qayt. Men sensiz zor-u mahzun bolsam, onang 
sensiz doim beqarordir. Oqshomdan tongga qadar 
joni iztirobda, tongdan oqshomga qadar gulgun 
yosh to‘kadi. «
0
‘glim!» deya chekkan oh-u voyi 
charx o'qining qaddini bukadi. «Bo‘tam» deya azob 
chekkan dam ruhidan asar ham qolmaydi. Yiglab 
boshiga tosh urarkan, tosh uning alamiga chida- 
may azob chekadi. Bu o‘t uning dimoglni shunday 
qizitganki, oq sochi yuziga oq rang sochadi.
Sening dardingda shunchalik g‘am chekkani- 
dan, bir-ikki kunlik umri qolgan. Men ham ni- 
hoyatda zaiflashib qoldim. Kel, ikkalamizga chora 
qil. Hayotimiz umidi so‘nib, ketish paytimiz ke- 
libdi. Begonani uyimizga yolatma, issiq oVningni 
sovutma. Ikkalamiz sening g'amingda olsak, sen 
olmay turib motamingdan halok bolsak, bu ish- 
da Tangri xitob qilsa, о У lab ko‘r: nima deb javob 
berasan?».
Otasining bu so'zlarini eshitgan Majnun yiglab 
otasining oyoglga boshini qo“ydi. Kipriklari bilan 
yolini supurib, uning so'zlariga shunday javob qil­
di: «Ey qiblagohim, aytgan so‘zlaring bilan kuygan 
ko‘nglim o‘tiga suv urding. Sening gaplaringga 
javob aytishga ham haddim yo‘q. Sening hukming 
mening jonim orzusidir. Lekin senga yashirin 
emaski, taqdir mening boshimga bu tashvishlami 
solib, butun olamga rasvo qilgan ekan, mening


ixtiyorimni qolimdan oldi. Sening buyrug'ing qan­
day bolsa ham, men unga qarshi so‘z ayta olmay- 
man, chunki men Majnunmen-u Qays emas man. 
Sen sarv deb o'ylaganing xas-xashakka aylanib, 
bu dam kul bolgan. Bu yerga yetib kelib meni 
ko'rganingda sendan qochganim tanimaganim- 
dan emas, balki tanishingga arzimasligimdan edi. 
Mening maqsadim sening iting bolish edi, lekin 
bunga ham qobiliyatim yo‘q. It birovga bevafolik 
qilmaydi, boshini olib bir tomonga ketib qolmaydi. 
Men esa egasiga vafo qilmay, bu dashtda telba 
bolgan itman. Shuning uchun meni kechirishing- 
ni so'rayman». Shunday dedi-yu, tuya tomon tez 
yurib ketdi. Uning jihozlari ichidan bir arg'amchini 
oldi-da, uni o‘z bo^yniga mahkam qilib bogladi. 
Arg'amchi uchini otasi qoliga topshirdi va: «Menga 
nima desang, qolingdagi bo“yni bogliq itingman»,
- dedi-yu, to‘rt oyoglik itga o'xshab qoldi. Otasi 
uning boynidan arg'amchini yechdi-da, o'glini 
yetaklab vatani bolgan o‘z qabilasi tomon yol oldi.
Majnun o‘z uyiga yetib kelgach, u yerdagi bar­
cha g‘amgin odamlar shodlikka toldilar. Otasi ham 
sog'ayib, onasi jismiga yangidan jon kirgandek 
boldi. Unga toza ipak matolardan tikilgan bezak- 
li kiyimlarni kiydirishdi. «Qaysning hushi o'ziga 
qaytibdi», - degan xabar hamma yoqqa tarqaldi. 
Barcha bu so'zlarga ishonch hosil qildi. Bu xabar 
Nafvalga ham yetib bordi. U hamisha Qays g‘amini 
yeb, nomini tilidan qo^may, hamisha uning haqi­
da o^lab, u bilan ko‘rishgan choglarini esidan 
chiqarmasdi. Oshiq yigit haqidagi oxirgi so'zlar- 
dan xabar topgach, xursand bolib, uni ko'rishni 
istab Majnun qabilasi tomon yol oldi. Qabila ahli


bundan xabar topishib, mehmonni ochiq yuz bilan 
kutib oldilar. Majnun bilan Nalval bir-birlari bilan 
quchoqlashib ko'rishdilar. Ziyofat oqshomgacha 
davom etdi. Osmonda yulduzlar yuz ochganda, 
Nafval mezbonlar bilan xayrlashib o‘z manziliga 
y o l oldi. U yolda xursand bolib borar ekan, uyda 
qolgan Majnun noshod edi. Lekin uning otasi 
g'oyatda xushnud edi. Chunki Nafval uning qabi- 
lasiga tashrif buyurishi bilan uni shod-u xurram 
qilibgina qolmay, aholi oldida uni aziz ko‘rishini 
ham namoyish etgandi. U Nafvalning oldin ham 
Majnun bilan ko'rishib, uni maqsadiga erishti- 
rish uchun Layli qabilasi bilan urush qilgani, 
o'gli g'amini yer ekan, unga o‘z qizini bermoqchi 
bolganini, bugungi tashrifi ham Majnunni ko‘rish- 
dan ko'ra, toy haqida oyiaganidan dalolat berishi- 
ga ishonch hosil qildi-da: «Endi men ham qabilam 
bilan birga uning manziliga tashrif buyurib, iloji 
bolsa toy so'zini oraga solsak, rozi bolishsa, bax- 
tidan quvonib, yo‘q desa uyimizga qaytsak yaxshi 
boladi», - deb oyiadi. Keyin elining uluglarini 
chaqirib, ular bilan maslahatlashdi. Ular qabila 
boshligl fikrini ma’qullashgach, borishi zaruriyat- 
ga aylandi. Majnun kuyov boluvchi yigit ekanini 
hisobga olib, uni olib borishni ma’qul topishmadi. 
Hamma narsa tayyor bolgach, yarim kechada 
guruh Nafval uyi tomon y o l oldi. Dashtdan o‘tib 
ko'zlangan manzilga yetib kelganlarida, uy sohibi 
ulami izzat-ikrom bilan kutib olib, dam olishlari 
uchun joy ko'rsatdi. Mehmonlami xursand qilish 
uchun borini ayamadi. Fursatni g‘animat bilgan 
mehmonlar to y haqida so‘z ochdilar. Nafvalga 
ularning gaplari yoqib tushdi. Shuning uchun bu


takliflariga: «Men Majnun uchun g‘am chekkanim 
tufayli uni farzandlikka ravo ko'rgan edim. Hozir 
ham o'sha so'zimda turibman. Sizlar qabilangiz 
tomon y o l olgan chog'dan boshlab to^ga tayyor- 
garlikni boshlayman. Sizlar ham shunday qilasizlar, 
deb ishonaman. Men ortiqcha narsalarga or- 
zumand emas man. Sizlar kuyovni olib, bizning 
manzilimizga yetib kelsangiz, hozirgi fursatni 
qoldan chiqarmasangiz boldi. Shunday shart bi­
lan Majnunni o'zimga farzand qilayin», - deb javob 
qaytardi. Nikoh muddati tayinlangach, mehmonlar 
shod bolishib o‘z manzillariga qaytishdi. Zamona 
qiladigan ishlardan ular bexabar edilar.
Qaysning otasi tanlagan odamlar Nafval man- 
zili t

Yüklə 10,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin