Ziyofat stoli ustida desert taomlar va issiq ichimliklar uchun pribor va



Yüklə 11,13 Kb.
tarix22.10.2023
ölçüsü11,13 Kb.
#159950
Т2







  1. Ziyofat stoli ustida desert taomlar va issiq ichimliklar uchun pribor va idishlar qayerda va qanday joylashtiriladi?

  2. Alkogolli va alkogolsiz ichimliklar uchun idishlar ziyofat stolining qaysi joyiga va qanday tartibda qo’yiladi?



12.4.Ovqatlanish va ziyofat stoli atrofida o’tirish va o’zini tutish qoidalari
Restoranga ovqatlanish uchun borgan va ziyofat stollari atrofida o’tirishda xo’randa va mehmonlar uchun amalda qator etik qoidalari shakllangan. Ushbu qoidalarning o’quvchi–kitobxon va talabalar tomonidan tez va oson o’zlashtirilishi uchun har bir biznesmen o’zini oddiy xo’randa va mehmondo’stlikka kelgan mehmon o’rniga qo’yishi lozim.
Mehmondorchilikda ham, restoranda ham erkak kishilar stol atrofidagi o’z joylariga ayol kishilar o’tirgandan keyingina o’tirishlari mumkin. O’tirganda tizzalar tik va yelka kengligida bo’lishi shart. Qo’llarini yoki tirsaklarini ovqatlanish yoki ziyofat stoli ustiga qo’yib o’tirish madaniyatsizlik belgisi sifatida qaraladi. Shu boisdan ham taom iste’mol qilinib boshlanmaguncha qo’llar tizza ustida ushlab turilishi shart. Amaldagi etik qoidalarga ko’ra stulda engashmasdan tik o’tirish lozim. Uning uchun xo’randa yoki mehmonning orqasi stulning suyanchig’iga bir tekis tegib turishi kerak.
Oyoqlarni uzatib, chalqanchasiga o’tirish ham yevropacha xalqaro va sharqona etiket qoidalari bo’yicha qat’iy man qilinadi. Xuddi shuningdek, yonidagi ayol kishi tomon orqasi bilan o’girilib o’tirish ham mumkin emas.
Stol atrofida o’tirganda, qayerda bo’lishidan qat’iy nazar, sochlarini tarash, atir–upa sepish va lablarini buyosh, tishlarini kovlash ham man etiladi, chunki bunday hatti–harakatlar nafaqat yevropacha xalqaro, sharqona etiket qoidalariga ham to’g’ri kelmaydi. Yana bir narsa esdan chiqmaslik kerakki, restoranda yoki mehmondo’stlikda stol atrofida o’tirishda amaldagi etik qoidalarga ko’ra xizmat qiluvchi xodimlarni baland ovoz chiqarib chaqirish yoki baland ovoz bilan, ayniqsa masofada, taom va ichimliklarga buyurtma berish ham mumkin emas. Ular faqat ovozsiz imo–ishoralar yordamida chaqiriladi yoki kelishi kutib turiladi.
Mehmondorchilikda yoki restoranda ovqatlanish stoli yoki ziyofat stoli atrofida o’tirganlardan biri aksirganda, uning tanish yoki notanish bo’lishidan qat’iy nazar, unga “sog’ bo’ling” tilagani bildirmaslik kerak va

eshitmaganlikka solib suhbatni davom yetkazish lozim. Sharqona etiket qoidalari ham shuni talab qiladi.
Stol atrofida o’tirganda taomni keltirishmaguncha gaplashib o’tirish mumkin. Bunda ham ma’lum bir qoidalarga rioya qilinishi lozim. Bu yerda ularning faqat asosiylariga e’tibor beriladi. Stol atrofida baland ovoz bilan yoki shivirlab gaplashish mumkin emas, chunki sizning baland ovozingiz boshqa kishilarga halaqit berishi yoki yoqmasligi mumkin; shivirlab gapirish esa odam psixikasiga baland ovozdan ham yomon salbiy ta’sir qiladi.
Bundan tashqari suhbat mavzusi stol atrofida o’tirganlarning hammasi uchun qiziqarli bo’lishi shart. Hyech qachon munozarali masalalar va taomlarning narxi to’g’risida stol atrofida gap ketmasligi kerak, chunki munozara vaqtida birovlarning ko’ngliga ozor berilishi, taomlar va ichimliklar narxi to’g’risidagi gaplar esa sizlarni mehmonchilikka chaqirgan kishiga yoqmasligi mumkin.
Bu yerda banda qo’yilgan masaladan ozgina chetlanib quyidagi etiket qoidasiga kitobxonlar diqqatini tortmoqchimiz: shunday vaziyatlarning guvohi bo’lamizki, mehmon bo’lib kelgan kishilar taklif qilgan kishining imkoniyatlarini hisobga olmasdan hohlagan taomlariga va ichimliklariga buyurtma berisha beradi. Amaldagi xalqaro va sharqona etiket qoidalalariga ko’ra buyurtma berish mehmonchilikka chaqirgan kishiga havola qilinishi kerak, chunki u o’zining iqtisodiy imkoniyatini va mehmonlar hohishini hisobga olib buyurtma beradi.
Band mavzusiga qaytib, shuni ta’kidlash lozimki, yonidagi kishining u tarafidagi mehmon bilan gaplashishi zarur bo’lsa, etiket qoidalari bunday vaziyatda qo’shnining orqa tomonidan engashib, aytmoqchi bo’lgan gaplarini sekin gapirishni va suhbatni cho’zmaslikni tavsiya qiladi. Gapirishda ham suhbatdoshning diqqatini o’ziga tortish maqsadida unga qo’l bilan teginish mumkin emas.
Restoranda va mehmondo’stlikda boshqa stollar atrofida o’tirgan kishilar bilan gaplashish zarur bo’lib qolganda quyidagicha harakat qilish lozim: yonida o’tirgan kishilardan kechirim so’rab va o’rnidan turib, boshqa stol atrofidagi kishi yoniga borib, uning yonidagilardan kechirim so’rab, gapiradigan gaplarini gapirishi va tezda joyiga kelib o’tirishi kerak; qayta kelib o’tirishda ham yonida o’tirganlardan yana bir bor kechirim so’rashi lozim.
Yüklə 11,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin