«Bu ikki g ‘amnok,23
Har shoyibai24 fasoddin25 pok,
Kim umrlarida ishqi qotil,
Qilmay nafase alami xushdil.
Hajr ichra to‘yub ramida26 jondin,
Armon bila bordilar jahondin.
Chun ruhlarig‘a dur nihoniy,
Jannatda visoli jovidoniy27.
Netgay qo‘shulub iki badan ham,
Go‘r o'lsa alarg‘a bir, kafan ham.
Vasl o‘ldi chu ruhlarg'a hosil,
Tufroqqa tufroq o'lsa vositi28.
Bu fikr barchaga ma’qul tushdi. Lay lining vasi-
yati ham shunday ekanligi ularga ayon edi. So'ng
23 G'amnok - g'amgin.
24 Shoyiba - kamchilik, nuqson.
25 Fasod - buzuqlik.
26 Ramida - hurkkan.
27 Jovidoniy - abadiy.
28 Vosil - yetishgan
kerakli hamma narsani tayyorlab, marhumlarni
mashhur kishilardekyasatishib, ikkovlarini - j on
siz kelin-u olik kuyovni bir tobutga solishdi. Ikki
jism bir kafanga, yo‘q, yo‘q, ikki ruh bir badan-
ga kirdi. Bir tobut ichidagi ikki dilorom dugona
bodom kabi, yo‘q, yo‘q, ikki dona emas, bitta dona
kabi edi. Dugona ikki badan bolsa, har birining kafani
boshqa-boshqa bolsa, bu dona ikki bolakdan ibo-
rat bolgan, shunday bir a’zo ediki, donadek ikki
badan dona qobigl kabi bir kafanga o ‘ralgan edi.
Shundan so‘ng tobutni qimmatbaho chiroyli
guldor matolar bilan bezatishib, mozorgacha bosh-
lari ustida ko'tarib borishdi, so‘ng tobut bilan ikki
dilraboni qabr ichiga olib kirib, tuproqqa qoydilar-
da, qorongl uydan chiqdilar. Oy bilan kun yuzini
bulut yashirdi, go‘r bitta edi, shuning uchun bitta
qabr yasashdi. Ishq ahliga umid shami o'chdi,
chunki oy bilan xurshid yer ichiga kirishdi. Ishq
eliga shoh ham qolmadi, husn koldda oy ham
qolmadi. Laylining ota-onasi qabila ahli va qarin-
doshlari bilan har kuni ikki mahal yigllishib bu
qabr boshida yig‘i-sig‘i qilishardi. Yillar o‘tib, ular
ham birin-ketin tuproqdan orom topishdi.
|