441
Metodik talablar pedagogik dasturiy vositalar asosida o‘qitishga
mo‘ljallangan o‘quv fanining o‘ziga xos xususiyatlarini, uning qonuniyatlarini,
izlanish metodlari, axborotga ishlov berishning zamonaviy usullarini joriy
qilish imkoniyatlarini hisobga olishni ko‘zda tutadi.
Fanlardan yaratiladigan pedagogik dasturiy vositalar quyidagi metodik
talablarga javob berishi kerak:
1.
Pedagogik dasturiy vositalar – o‘quv materialini taqdim etishning
tushunchali, obrazli va harakatli komponentlarining o‘zaro bog‘liqligiga
tayangan holda qurilishi.
2.
Pedagogik dasturiy vositalar o‘quv materialini yuqori tartibli tuzilma
ko‘rinishida ta’minlashi. Fanlararo mantiqiy o‘zaro bog‘liqlikning hisobga
olinishi.
3.
Pedagogik dasturiy vositalarda ta’lim oluvchiga o‘quv materialini
bosqichma-bosqich o‘zlashtirganligini turli xildagi nazoratlarni amalga
oshirish asosida aniqlash imkoniyatlarining yaratilishi.
Dostları ilə paylaş: