Mo’minova Risolat Xabibulla qizining



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə15/45
tarix02.01.2022
ölçüsü0,84 Mb.
#44994
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   45
Muminova

1. Kоvаlеnt bog’lanish. Kovalent bog‘lanish – H2, O2, N2, Cl2, H2O, CO2 kabi molekulalarning va ko‘pchilik anorganik hamda organik moddalarning tuzilishini tushuntirish uchun 1916 yilda Gilbert Levis (AQSH) tomonidan kovalent bog’lanish nazariyasi yaratildi.

Bu nazariyaga muvofiq, molekulada atomlar, har ikkala atom uchun taalluqli bo‘lgan umumiy elektron jufti orqali bog‘langan bo‘ladi. Umumiy elektronlar juftlari hosil bo‘lishi bilan amalga oshadigan kimyoviy bog‘ga kovalent bog‘lanish deyiladi. (―Ko‖- birgalikda ishtirok etish, ―valentnaya‖-valent elektronlarini) yoki kovalent-bu teng valentli deganidir. Atom tomonidan umumiy elektron juftlarini hosil qilish uchun sarf bo‘lgan elektronlar jufti soni bog‘langan atomlarning valentligini bildiradi (Lengmyur).

Masalan H:H da vodorod bir valentli (umumiy elektronlar jufti bitta, O::O da kislorod ikki valentli umumiy elektronlar jufti ikkita, N:::N da azot uch (umumiy elektronlar soni uchta) valentlidir va h.k.

1916 yilda amerika kimyogari G.N.Levis tomonidan yaratilgan kovalent bog’lanish nazariyasi asosida «sirtqi qavati sakkiz (yoki ikki) elektrondan iborat atom barqaror» degan tushuncha yotadi. Bu bog‘lanishda barqaror konfiguratsiya bir atomdan ikkinchi atomga elektron ko`chishi natijasida emas, balki ikki atom orasida bir yoki bir necha umumiy elektron juftlar hosil bo’lishidan kelib chiqadi.7




Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin