Muallifdan



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə10/89
tarix07.01.2024
ölçüsü0,62 Mb.
#203322
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   89
Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish

Fonetik-fonologik sath.
Tilning bu sathi til tizimidagi nutq tovushlarini o‘rganadi. Fikr almashish uchun foydalaniladigan so‘zlar va gaplar, albatta, tovush lar tizimida o‘z ifodasini topadi. Tilning tovush tizimini turli tomondan o‘rganish mumkin, chunki nutq tovushlari o‘z tabiatiga va til tizimida bajaradigan funksiyasiga ko‘ra murakkab hodisadir. Inson nutqining tovushlari fizik xususiyatlariga ko‘ra tabiatda paydo bo‘ladigan tovushlarning bir turidir. Shuning uchun tovushlar tizimini o‘rganishda akustik nuqtayi nazardan ham yondashiladi. Ammo, inson foydolanadigan tovushlar, tabiatdagi boshqa tovushlardan farqli o‘laroq, kishining nerv sistemasi tomonidan boshqarilib turadigan nutq organlari mahsulidir. Shuning uchun, tovushlar fiziologik nuqtayi nazardan ham o‘rganiladi. Nihoyat, tovushlarni tildagi bajaradigan funksiyasi nuqtayi nazaridan ham o‘rganish mumkin, chunki tovushlar tilda o‘z holicha mavjud bo‘lmaydi. Ular so‘zlarni yasashda va fikr almashish vositasini ta’minlab berishda muhim rol o‘ynaydi. Tovushlarning fizik va biologik xususiyatlarini fonetika fani o‘rganadi. Tovushlarning til tizimida bajaradigan funksiyalarini esa fonologiya o‘rganadi. Fonetikaning bir necha ko‘rinishlari bor: nazariy fonetika, amaliy fonetika, segmental, supergmental fonetika va fonologiya.
Fonetikaning to‘rtinchi asosiy sohasi hisoblanmish fonologiya alohida fan sifatida qaraladi.
Fonetika tilning boshqa qismlari va sathlari bo‘lgan morfologiya
va sintaksis, leksika va uslubiyat bilan uzviy bog‘liqdir. Nutq fonetik jihatdan fraza, takt, bo‘g‘in va nutq tovushlariga ajraladi. Fraza nutqning eng katta fonetik birligi bo‘lib, ikki tomondan pauza bilan chegaralanib, o‘ziga xos ohangga ega bo‘ladi. Frazalar taktdan tashkil topgan bo‘ladi. Frazaning ikki kichik pauza orasiga joylashgan va yagona urg‘u bilan talaffuz qilinadigan bir yoki bir nechta bo‘g‘inning yig‘indisiga takt deyiladi. Frazada nechta urg‘u bo‘lsa shuncha takt bo‘ladi.
Takt bo‘g‘inlardan tashkil topadi. Bo‘g‘in bir yoki bir nechta tovushdan tahkil topib, bir zarb bilan talaffuz qilinadigan fonetik birlikdir. Bo‘g‘in ta’rifiga aloqador bir qancha nazariya mavjud. Shulardan ikkitasi: fonologik bo‘g‘in nazariyasi va fonetik bo‘g‘in nazariyasi keng tarqalgan. Tovushlar fonetika birligi sifatida o‘rganilganda “nutq tovushlari” yoki “fonlar” deb yuritiladi. “Fon” hozirgi tilshunoslikda keng tarqalgan atama bo‘lib, nutqning eng kichik, ma’no anglatmaydigan birligidir.
Nutq tovushlarining o‘rganilishidagi aspektlardan biri fonologiya deb yuritiladi. Nutq tovushlarining vazifaviy qiymatini fonologiya o‘rganadi. Fonologiyaning o‘rganish manbai fonemadir. Fonema so‘z, so‘z shakllari va morfemalarni tashkil etuvchi, ma’no farqlash uchun xizmat qiluvchi eng kichik, boshqa bo‘laklarga bo‘linmaydigan til birligidir. Masalan, tup-tub; quy-qo‘y; sut-sud so‘zlari fonemalar yordamida farqlanadi. Tarkibidagi birgina fonema bilan farq qiluvchi so‘zlar kvaziomonimlar deb yuritiladi. Tildagi barcha fonemalar bir-biriga nisbatan ma’lum ko‘lamda bo‘ladi. Fonemalarning bog‘lanishi, o‘zaro munosabati fonologik tizimni tashkil etadi.

Lug‘at sathi


Tilning lug‘at sathi tilda mavjud bo‘lgan so‘zlarning yig‘indisidan iborat. Lug‘at sathi tilning fonetik-fonologik va grammatik sathlaridan har doim o‘zgarib va rivojlanib turishi bilan ajralib, farqlanib turadi. Fan, texnika, madaniyatning rivojlanish jarayoni lug‘at sathining doimiy o‘zgarib turishini taqozo etadi. Shunga ko‘ra, tilning lug‘at sathi paydo bo‘lishi va qo‘llanilishi doirasi jihatdan birbiridan farqlanadigan bir necha qatlamlardan tashkil topadi. Lug‘at sathining asosiy birligi hisoblangan so‘z yordamida kishilar predmet va hodisalarni ifodalaydilar; gapda esa so‘zlar o‘zaro birikib fikr ifodalash imkoniyatini yaratib beradi. Lug‘at sathini leksikologiya o‘rganadi. So‘zning ta’rifi, so‘z va predmet, so‘z va tushuncha, lug‘atning o‘zgarishi, so‘zlarning bir-biri bilan munosabati, lug‘atning qatlamlari kabi muammolar leksikologiya o‘rganadigan asosiy masalalar hisoblanadi. So‘zlarning boshlang‘ich ma’nosi va shaklida bo‘lgan o‘zgarishlarni etimologiya, lug‘at va uning tuzilishini leksikografiya, so‘zning ma’nosi va uning taraqqiyotini semasiologiya o‘rganadi. Frazeologizmlar leksikologiya bilan bog‘liq holda o‘rganiladi.
Tilning lug‘at tarkibi bir nechta nuqtayi nazardan o‘rganilishi mumkin. Tilning lug‘at qatlamini tarixiylik nuqtayi nazaridan o‘z va o‘zlashgan so‘zlarga ajratish mumkin. Har bir tilda o‘z qatlam so‘zlari bilan bir qatorda o‘zlashgan qatlam so‘zlari ham uchraydiki, bu tilning mavqeyi, ijtimoiy-tarixiy jarayon, xalqlar va tillar o‘rtasidagi turli munosabatlar ta’siri bilan izohlanadi. Lug‘at qatlamining ma’lum qismi sheva so‘zlaridan iborat. Sheva so‘zlari asosiy aloqa-munosabat vositasi sifatida xizmat qiladi. Sheva so‘zlarining adabiy til lug‘atini boyitishda alohida o‘rni bor. Tilning lug‘at tarkibi iste’mol darajasi nuqtayi nazaridan ham turlichadir. Bu jihatdan faol va kam ishlatiladigan so‘zlar farqlanadi. Bu borada quyiroqda, “Tilshunoslik va uning bo‘limlari” da (o‘zbek tili misolida) batafsil to‘xtalamiz.
Tilning lug‘at boyligini oshiruvchi asosiy manba so‘z yasalishi, shevalardan so‘z olish, so‘zning ma’no taraqqiyotidagi o‘zgarishlar va ma’no ko‘chirishlar hisoblanadi.

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin