Muallifdan



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə18/89
tarix07.01.2024
ölçüsü0,62 Mb.
#203322
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   89
Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish

serb-xorvat tillari. Bu tillar Yugoslaviya Federativ Respublikasining (poytaxti Belgrad) davlat tili bo‘lib, bu tilda 10 milliondan ortiq kishi so‘zlashadi;

  • chex tili. Bu til Chexoslavakiya Respublikasining (poytaxti Praga) davlat tili bo‘lib, bu tilda 10 milliondan ortiq kishi so‘zlashadi;

    j) slovak tili. Bu tilda 4 millionga yaqin kishi so‘zlashadi. Bu til ham Chexoslavakiya respublikasining davlat tili hisoblanadi. Bu tilda so‘zlashuvchilar Slovakiyada (poytaxti Bratislava) yashaydi;
    z) polyak tili. Bu til Pol‘sha Respublikasining (poytaxti Varshava)
    davlat tili bo‘lib, bu tilda 40 milliondan ortiq kishi so‘zlashadi.
    Bundan tishqari, kashub, serboluj tillari, o‘lik tillardan qadimgi slavyan, polab, pomor tillari ham slavyan tillari guruhiga kiradi.
    4. Boltiq tillari guruhiga quyidagi tillar kiradi:

    1. litva tili. Bu til Litva respublikasining (poytaxti Vil‘nyus)

    davlat tili bo‘lib, bu tilda 2,2 million kishi so‘zlashadi;

    1. latish tili. Bu til Latviya respublikasining (poytaxti Riga) davlat

    tili bo‘lib, bu tilda 1,5 million kishi so‘zlashadi.
    O‘lik tillardan prus tili ham boltiq tillari guruhiga kiradi.
    5. German tillari guruhiga quyidagi tillar kiradi:

    1. ingliz tili. Bu tilda so‘zlashuvchilarning soni 400 millionga etadi. Bu tilda so‘zlashuvchilar Buyuk Britaniya, Irlandiya, Shimoliy Amerika Shtatlari, Kanada, Janubiy Amerika Ittifoqi va boshqa joylarda yashaydi. Ingliz tili buyuk Britaniya (Poytaxti London), Shimoliy Amerika Qo‘shma Shtatlari (poytaxti Vashington), Kanada

    (poytaxti Ottava) kabi bir qancha mamlakatlarning davlat tilidir;

    1. nemis tili. Nemis tili Germaniya Federativ Respublikasining (poytaxti Berlin), Avstriya Respublikasining (poytaxti Vena) davlat tili bo‘lib, bu tilda so‘zlashuvchilarning soni 100 milliondan oshadi);

    v) daniya tili. Bu til Daniyaning (poytaxti Kopengagen) davlat tili
    bo‘lib, bu tilda so‘zlashuvchilarning soni 4 millionga yaqindir;
    g) shved tili. Bu til Shvetsiyaning (poytaxti Stokgolm) davlat tili
    bo‘lib, bu tilda 7 milliondan ortiq kishi so‘zlashadi;

    1. norveg tili. Bu til Norvegiyaning (poytaxti Oslo) davlat tili

    bo‘lib, bu tilda 3,5 million kishi so‘zlashadi;

    1. golland tili. Bu til Gollandiyaning (Niderlandiyaning) (poytaxti

    Amsterdam) davlat tili bo‘lib, bu tilda 13 million kishi so‘zlashadi;
    j) island tili. Bu til Islandiyaning (poytaxti Reykyavik) davlat tili
    bo‘lib, bu tilda 250 ming kishi so‘zlashadi.
    O‘lik tillardan vesgod va ostgot tillari ham german tillari guruhiga kiradi.
    6. Roman tillari guruhiga quyidagi tillar kiradi:

    1. fransuz tili. Bu til Fransiyaning (poytaxti Parij) davlat tili

    bo‘lib, bu tilda 60 million kishi so‘zlashadi;

    1. italyan tili. Bu til Italiyaning (poytaxti Rim) davlat tili bo‘lib,

    bu tilda 50 millionga yaqin kishi so‘zlashadi;
    v) ispan tili. Bu til Ispaniyaning (poytaxti Madrid) davlat tili
    bo‘lib, bu tilda 95 millionga yaqin kishi so‘zlashadi;
    g) portugal tili. Bu til Portugaliyaning (poytaxti Lissabon) davlat
    tilib bo‘lib, bu tilda 45 milliondan ortiq kishi so‘zlashadi;

    1. rumin tili. Bu til Ruminiya Respublikasining (poytaxti Buxarest) davlat tilib bo‘lib, bu tilda 18 millionga yaqin kishi so‘zlashadi;

    2. moldava tili. Bu til Moldaviya respublikasining (poytaxti Kishinev) davlat tili bo‘lib, bu tilda 2 millionga yaqin kishi so‘zlashadi;

    j) provansal tili. Bu tilda so‘zlashuvchilar 10 milliondan ko‘p
    kishi bo‘lib, ular Fransiyaning janubi-sharqida yashaydi;
    z) sardin tili. Bu tilda so‘zlashuvchilar bir milliondan ortiq bo‘lib,
    ular Italiyaga qarashli Sardiniya orolida yashaydi;
    i) katalan tili. Bu tilda so‘zlashuvchilar besh milliondan oshiq
    kishi bo‘lib, ular asosan, Ispaniyada yashaydi;
    k) reto-roman tili. Bu tilda so‘zlashuvchilar 550 ming kishi
    bo‘lib, ularning aksariyati Italiyada yashaydi.
    O‘lik tillardan latin, osk, umbr tillari ham roman tillari guruhiga kiradi.
    7. Kelt tillari guruhiga quyidagilar kiradi:

    1. irland tili. Bu til Irlandiya Respublikasining (poytaxti Dublin)

    davlat tilib bo‘lib, bu tilda 800 ming kishi so‘zlashadi;

    1. shotland tili. Bu tilda so‘zlashuvchilar 140 mingdan ko‘p kishi

    bo‘lib, ular Angliyada yashaydi;
    v) breton tili. Bu tilda so‘zlashuvchilar bir milliondan ortiq kishi
    bo‘lib, ular Fransiyaga qarashli Bretan‘ yarim orolida yashaydi;
    d) uels (valli) tili. Bu tilda so‘zlashuvchilar bir milliondan ortiq
    kishi bo‘lib, ular Angliyaning g‘arbiy qismida yashaydi.
    O‘lik tillardan gal va kornoul tillari ham kelt tillari guruhiga kiradi.
    8.Grek (yunon) tili guruhiga yangi grek (yangi yunon) tili kiradi:
    Bu til Gretsiyaning (poytaxti Afina) davlat tili bo‘lib, bu tilda 9 milliondan ortiq kishi so‘zlashadi;
    O‘lik tillardan qadimgi yunon, o‘rta yunon yoki Vizantiya tillari ham grek tili guruhiga kiradi.

    1. Alban tili guruhiga alban tili kiradi. Alban tili Albaniya Xalq Respublikasining (poytaxti Tirana) davlat tili bo‘lib, bu tilda 2 milliondan ortiq kishi so‘zlashadi. Alban tilidagi yozuv yodgorliklari XV asrdan beri ma’lumdir.

    2. Arman tili guruhiga hozirgi zamon arman tili kiradi. Bu til


    Yüklə 0,62 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   89




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin