Muallifdan



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə20/89
tarix07.01.2024
ölçüsü0,62 Mb.
#203322
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   89
Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish

venger (mojar) tili. Bu til Vengriya Respublikasining (poytaxti Budapesht) davlat tili bo‘lib, bu tilda 13 milliondan ko‘p kishi so‘zlashadi;

  • mansi tili. Bu til Xanti-Mansi milliy okrugida yashovchi xalqlarning davlat tili bo‘lib, bu tilda 7 mingga yaqin kishi so‘zlashadi;

    v) xanti tili. Bu tilda so‘zlashuvchilar 22 mingdan ko‘p bo‘lib,
    ular ham Xanti-Mansi milliy okrugida yashaydilar.
    2. Fin tillariga quyidagilar kiradi:

    1. fin tili. Bu til Finlandiyaning (poytaxti Xel‘sinki) davlat tili bo‘lib, bu tilda 4 millionga yaqin kishi so‘zlashadi. Bu tilda so‘zlovchilarning bir qismi Kareliya Respublikasida yashaydi;

    2. eston tili. Bu til Estoniya respublikasining (poytaxti Tallin)

    davlat tili bo‘lib, bu tilda bir milliondan ortiq kishi so‘zlashadi.
    3. Ming kishi so‘zlashadigan veps tili, 15 ming kishi so‘zlashadigan ijor tili ham fin tillari guruhiga kiradi. Bu tillarda so‘zlashuvchilar Sankt-Peterburg viloyatida yashaydilar;
    v) komi-permyak tili. Bu tilda so‘zlashuvchilar 180 mingga yaqin kishi bo‘lib, ular Rossiya Federasiyasining Komi-Permyak milliy okrugida yashaydilar;
    g) komi-ziryan tili. Bu tilda so‘zlashuvchilar 250 mingga yaqin
    kishi bo‘lib, ular Komi Respublikasida yashaydilar;

    1. udmurd tili. Bu tilda so‘zlashuvchilar 580 ming kishi bo‘lib,

    ular Udmurd Respublikasida yashaydilar.

    1. mari tili. Bu tilda so‘zlashuvchilar 500 mingga yaqin kishi bo‘lib, ular asosan, Mari Respublikasida yashaydilar.

    Bulardan tashqari, erzya va moksha-ijor tillari ham fin tillari guruhiga kiradi.
    V. Turkiy tillar oilasiga quyidagi tillar kiradi:

    1. ozarbayjon tili. Bu tilda so‘zlashuvchilarning soni 15 milliondan oshadi. Bulardan 9 milliondan ko‘prog‘i Eronda, 6 milliondan ko‘prog‘i esa Ozarbayjonda yashaydi. Bu til Ozarbayjon

    Respublikasining (poytaxti Boku) davlat tilidir;

    1. turk (usmonli turk) tili. Bu til Turkiyaning (poytaxti Anqara)

    davlat tili bo‘lib, bu tilda 40 millionga yaqin kishi so‘zlashadi;
    v) turkman tili. Bu til Turkmaniston Respublikasi (poytaxti Ashxobod) davlat tili bo‘lib, bu tilda 2 millionga yaqin kishi so‘zlashadi;
    g) o‘zbek tili. Bu til O‘zbekiston Respublikasining (poytaxti Toshkent) davlat tili bo‘lib, bu tilda 16 milliondan ortiq kishi so‘zlashadi;

    1. qozoq tili. Bu til Qozog‘iston respublikasining (poytaxti Olma

    Ota) davlat tili bo‘lib, bu tilda 10 millionga yaqin kishi so‘zlashadi;

    1. qirg‘iz tili. Bu til Qirg‘iziston Respublikasining (poytaxti Bishkek) davlat tili bo‘lib, bu tilda 1,5 milliondan ortiq kishi so‘zlashadi;

    j) tatar (Qozon tatarlari) tili. Bu til Tatariston Respublikasining asosiy davlat tili bo‘lib, bu tilda so‘zlashuvchilar 6,5 milliondan ortiqdir;
    z) uyg‘ur tili. Bu tilda so‘zlashuvchilar 5 milliondan ortiqroq bo‘lib, ular asosan Xitoy Xalq Respublikasining Sin szan-uyg‘ur avtonom tumanida yashaydilar;
    i) chuvash tili. Bu til Chuvash Respublikasida yashovchi xalqning
    tili bo‘lib, bu tilda 1,5 milliondan ko‘proq kishi so‘zlashadi;

    1. boshqird tili. Bu til Boshqirdiston respublikasida yashovchi asosiy xalqning tili bo‘lib, bu tilda 1 millionga yaqin kishi so‘zlashadi;

    2. yoqut tili. Bu til Yoqutiston respublikasida yashovchi xalqning

    tili bo‘lib, 300 mingdan ko‘p kishi so‘zlashadi;

    1. qoraqalpoq tili. Qoraqalpog‘istonda yashovchi xalqlarning tili

    bo‘lib, bu tilda 200 mingdan ortiq kishi so‘zlashadi;
    i) tuva tili. Tuva respublikasida yashovchi asosiy xalqning tili
    bo‘lib, bu tilda 150 mingdan ko‘proq kishi so‘zlashadi.
    Shuningdek, qumiq tili (310 ming kishi so‘zlashadi), qorachoy tili (100 mingcha kishi so‘zlashadi), balqar tili (50 ming kishi so‘zlashadi), xakas tili (60 ming kishi so‘zlashdi) va yana bir qancha boshqa tillar hamda o‘lik tillardan o‘rxo‘n, pechena, qipchoq, qadimgi uyg‘ur, bulg‘or va xazar tillari ham turkiy tillar oilasiga kiradi.
    VI. Mo‘g‘ul tillari guruhiga quyidagi tillar kiradi:

    1. xalxa-mo‘g‘ul tili. Mo‘g‘uliston Respublikasining (poytaxti Ulan-Bator) davlat tili bo‘lib, bu tilda 3,5 millionga yaqin kishi so‘zlashadi. Bu tilda so‘zlashuvchilarning bir qanchasi Xitoy Xalq

    Respublikasida (Ichki Mo‘g‘uliston ham Sinszanda) yashaydi;

    1. buryat tili. Buryat respublikasida yashovchi asosiy xalqning tili

    bo‘lib, bu tilda 270 mingdan ko‘proq kishi so‘zlashadi;
    v) qalmiq tili. Qalmiq respublikasida yashovchi xalqlarning tili
    bo‘lib, bu tilda 105 dan ko‘proq kishi so‘zlashadi.
    VII. Tungus-manjur tillari.
    1). Tungus guruhiga quyidagi tillar kiradi:

    1. evenk tili. Rossiya Federatsiyasining Evenk milliy okrugida hamda mamlakatimizning shimoli-sharqiy tumanlarida yashovchi xalqning tili bo‘lib, bu tilda 20 mingga yaqin kishi so‘zlashadi;

    2. even tili. Bu tilda so‘zlashuvchilar 10 mingcha kishi bo‘lib, ular asosan Rossiya Federasiyasining Even, Oxot, Chukotka, Koryak milliy okruglarida yashaydi.

    3. Manjur guruhiga quyidagi tillar kiradi:

    1. manjur tili. Xitoy Xalq Respublikasining Shimoli-Sharqiy qismida yashovchi xalqning tili bo‘lib, bu til hozir o‘lik tillar qatoriga o‘tyapti;

    2. nanay tili. Rossiya Federasiyasining Quyi Amur milliy okrugida yashovchi xalqning tili bo‘lib, bu tilda 8 ming kishi so‘zlashadi.

    Udey, ulq, oroch tillari ham manjur guruhidagi tillarga kiradi.

    Yüklə 0,62 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   89




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin