Muallifdan



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə28/89
tarix07.01.2024
ölçüsü0,62 Mb.
#203322
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   89
Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish

Tovush o‘zgarishlari


O‘zakka qo‘shimcha qo‘shilishi natijasida yuzaga keladigan o‘zgarishlar fonetik o‘zgarishlar yoki tovush o‘zgarishlari deyiladi. Tovush o‘zgarishlarining quyidagi ko‘rinishlari mavjud.

  1. Tovush almashuvi: bunda qo‘shimcha qo‘shilishi natijasida bir tovush boshqa tovushga almashadi: qishloq-im-qishlog‘im, etik-ietigi, yosh-a-yasha, son-a-sana, bo‘ya-q-bo‘yoq, ong-la-angla, ot-aata.

  2. Tovush tushishi: a) unli tovush tushadi: o‘g‘il-im-o‘g‘lim, shahar-ing-shahring, ulug‘-ay-ulg‘ay. b) undosh tovush tushadi: past-ay-pasay, sust-ay-susay, men-niki-meniki, sen-ning-sening.

3.Tovush ortishi: shu-day-shunday, o‘sha-da-o‘shanda; isi-qissiq.

13-§. ORFOEPIYA


Orfoepiya (grekcha “orfo- to‘g‘ri, epos-nutq”) talaffuz me’yorlari haqidagi bo‘lim. Talaffuz jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari orfoepiyada o‘rganiladi. Orfoepiya me’yorlari tilning fonemalar tizimi, fonemalarning ma’lum o‘zgarishlari bilan bog‘liq. Orfoepik talaffuz me’yorlari adabiy til bilan birgalikda shakllanadi. Jonli so‘zlashuv va mahalliy shevalar orfoepik me’yorning buzilishi hisoblanadi. O‘zbek tilidagi asosiy orfoepik me’yorlar quyidagilardan iborat.
Unlilar orfoepiyasi:

  1. So‘zning yopiq bo‘g‘inlarida i unlisi juda qisqa talaffuz etiladi: biz,kir, tik, birikma, mis.

  2. oi unlilari yonma-yon kelgan so‘zlarda ular orasiga y qo‘shib talaffuz etiladi: oid-oyid; qoida-qoyida; foiz-foyiz.

  3. Ko‘p bo‘g‘inli arabcha so‘zlarda a unlisi i tovushiga monand talaffuz etiladi: mulohaza-mulohiza; muhokama-muhokima; muomala-momila.

  4. a unlisi i bilan yonma-yon kelgan so‘zlarda qisqa y qo‘shib talaffuz qilinadi: zaif-zayif; maishat-mayishat.

  5. a e birikmasida e tovushi y tarzida talaffuz etiladi: aeroportayraport; aeroflot-ayroflot.

  6. Unli tovushlar til oldi undoshlari bilan yonma-yon kelsa yumshoq (malika), chuqur til orqa undoshlari bilan yonma-yon kelsa qattiq talaffuz etiladi (qatiq).

Undoshlar orfoepiyasi:

  1. b undoshi so‘z oxirida jarangsizlashib p tarzida talaffuz etiladi: istirob-istirop. So‘z o‘rtasida v bilan almashadi: kabob-kavob; qaboq-qovoq.

  2. v undoshi so‘z oxirida va jarangsiz undoshlardan oldin f tarzida talaffuz etiladi: avtobus-aftobus; Hakimov-Hakimof.

Orfoepiya me’yorining buzilishi natijasida paronimlar yuzaga keladi. Aytilishi (talaffuzi) jihatidan o‘xshash, ammo yozilishi va ma’nosi har xil bo‘lgan so‘zlar paronimlar deyiladi.
Sheva so‘zlarining talaffuzi orfoepik me’yorga kirmaydi.

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin