200 dollardan kam tushmaydi. Bu mamlakatda 30-40 bolaga
mo‘ljallangan xususiy va davlat tassarufidagi bog’chalar mavjud. Ular
enaga yolashdan bir oz arzonroqqa tushadi. Lekin xar ikki holda ham,
uydan olib borgan ovqatlarni yedirishadi, krovatchalar, ko‘rpa, to‘shak,
yostiqni ota-onalar olib borishadi. Amerikada bizdagidek taomnomalar
o‘quv dasturlari yo‘q. Bolalar yozda atrofdagi ko‘klamzorlarda o‘ynab
dam oladilar. Bu bog’chalarda ham bolalar
yoshlariga qarab turli
guruhlarda tarbiyalanadilar. Ularga tarbiyachi mutaxassis qaraydi,
ovqatni tayyorlab beradi, turli qo‘shiqlar, she’rlar o‘rgatadi, quvnoq
o‘yinlar uyushtiradi. Ammo har kim o‘z uslubiga muvofiq ishlaydi.
Umumiy qoidalar, o‘quv dasturlari joriy qilinmagan. Lekin bolalar
uchun haqiqiy ta’lim-tarbiya jarayoni ular 5 yoshga to‘lganlaridan keyin
boshlanadi. Ana shu yoshda ular «Kinder garden»
deb ataluvchi
tayyorlov bog’chalariga jalb etadilar. Ular hukumat tassarufida bo‘lib
bog’chalar yoki maktablar tarkibida tashkil etiladi. Bolalarni maxsus
«Maktab avtobusida» uyga olib keladilar va maktabga olib boradilar.
Bunday avtobuslar yo‘l-transport xodisalardan to‘la muhofaza etilgan,
sariq ranga bo‘yalgan. Uning signallariga barcha transport vositalari
itoat etishga majburdirlar. Maktab avtobuslarini boshqa transport
vositalari quvib o‘tishi mumkin emas,
tartibni buzganlar qattiq
jazolanadilar.
AQSH televideniyasining alohida kanalida «Sezam ko‘chasi» deb
nomlanuvchi ko‘rsatuvlar dasturi mavjud. u o‘quvchilarga ingliz tili,
alifbo, arifmetik amallarni bajarish, sanash, koinot, tabiat, jug’rofiya,
tarix bo‘yicha bilimlarni o‘ta qiziqarli tarzda singdirishga harakat qiladi.
Besh yoshli bolalar bilan olib boriladigan mashg’ulotlarning
asosini ularni maktabga tayyorlash tashkil etadi. Olti yoshli bog’cha
guruhlarida bo‘lsalarda, lekin bu guruhlardagi ta’lim boshlang’ish
sinfdagi ta’limga yaqin turib, amalda uning dastlabki bosqichi
hisoblanadi. Maktabgacha tarbiya muassasalarning ta’lim dasturi ko‘p
jihatdan ota onlar bilan hamkorlikda ish olib borishga mo‘ljalangan, u
pirovard natijada bolalarni boshlang’ich maktablarga puxta tayyorlab
berishga xizmat qilishi kerak.
Amerika ko‘p millatli mamlakat. Lekin har bir millat o‘z
farzandiga milliy urf-odatlarini tilini o‘rgatishga jiddiy ahamiyat beradi.
Ko‘pincha bu vazifalarni katta avlod amalga oshiradi. O‘zbeklar ham
o‘z ona-tilini, urf-odatlarini dinini o‘z farzanlariga singdirishga astoydil
intiladilar.
O‘zbek bolalari Markaziy Osiyoda o‘z
mamlakatlari borligini
biladilar, g’oyibona intiladilar, u haqda ko‘p narsalarni ko‘rish, eshitish,
o‘qishni istaydilar. O‘zbekistonga kelish har bir amerikalik
o‘zbeklarning muqaddas orzusidir.
Boshlang’ich maktablarning asosiy vazifasi 6 yoshdan 15
yoshgacha bo‘lgan bolalarga to‘laqonli bilim, ta’lim berish ularning
umuminsoniy,
axloqiy
xislatlariga
ega
bo‘lib
shaklanishini
ta’minlashdan iboratdir. Boshlang’ich sinflarda o‘qitiladigan o‘quv
predmetlari va dasturlari bolalarning yoshi, muhitiga moslashgan bo‘lib,
ular o‘quvchilarning umumiy savodxonligini ta’minlab berishdan
tashqari ma’lum darajada kasb yo‘nalishiga ham ega qiladi.
Sinfdan-sinfga ko‘chirish o‘quvchining o‘qish tezligi, yozuvi,
xusnixati, arifmetika, tarix, geografiya, musiqa va san’at kabi
predmetlarni boshlang’ich sinf dasturi
hamda darsliklari doirasida
qanday o‘zlashtirib olganligiga qarab belgilanadi. Amerika maktablarida
o‘quv-tarbiya ishlari bilan bog’liq masalalarni to‘laligicha xar bir shtat
o‘ziga mustaqil belgilab olish xuquqiga ega. Shu boisdan boshlang’ich
maktablarda o‘quv davomiyligi turli shtatlarda turlicha belgilangan.
Ya’ni boshlang’ich ta’lim 4,5,6,8 yillik bo‘lishi mumkin. O‘quvchilar
shu davr ichida ingliz tili, ijtimoiy fan, tabiat va gigiena, matematika,
xunarmandchilik va san’at, badantarbiya va sport predmetlaridan saboq
oladilar. AQSh maktablarida o‘qish har bir o‘quvchi
uchun faxr-iftixor
bo‘lishiga o‘quvchi bilimi imkoniyati, nuqtai nazariga ishonch hissini
tarbiyalashga katta e’tibor beriladi. O‘quvchilarni maktabdan bezdirish,
ularni darslarga ishtiyoqsiz va loqayd bo‘lib qolishlari favqulodda salbiy
holat hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: