Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti zaripova dilnoza anvarovna


Amerikada o‘qish uchun imkoniyatlar va talablar



Yüklə 1,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/89
tarix19.05.2023
ölçüsü1,84 Mb.
#116981
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   89
Ta\'limga kirish O\'quv qo\'llanma 2022 16 шрифт 3 2

Amerikada o‘qish uchun imkoniyatlar va talablar. Bilim va 
ma’rifat inson hayotidagi eng ulug’ ne’matlardan va insoniyatni 
taraqqiyotga yetaklovchi kuch hisoblanadi. Dunyoning yetakchi bilim 
maskanlari bu ne’matni katta pul evaziga ulashadi. Qo‘shma 
Shtatlardagi yuzlab oliygohlar shu kunlarda kelasi yil uchun hujjat qabul 
qila boshlagan. 
Shu kunlarda Edmund Maski nomli dastur (Edmund S. Muskie 
Graduate Fellowship Program) orqali AQShda magistrlik darajasini 
o‘qish uchun hujjatlar qabul qilinmoqda. Uch bosqich, ya’ni anketa 
to‘ldirish, TOEFL va GRE imtihonlari, hamda suhbatdan muvaffaqiyatli 
o‘tgan talabalar AQShda 2 yil bepul ta’lim oladi. Hujjatlar 16-noyabrga 
qadar qabul qilinadi. Dastur shartlari AQSh elchixonasining veb-
sahifasida (www.usembassy.uz.) joylashgan. 
TOEFL va GRE imtihonlarini mustaqil tarzda ham topshirish 
mumkin. Buning uchun maxsus sayt – www.ets.org sahifasidan 
ro‘yxatdan o‘tib, test haqqini to‘lash zarur. Afsuski, test uchun pul 
to‘lash oson emas. Ko‘p hollarda, ayniqsa Internet orqali ro‘yxatdan 
o‘tsangiz faqat Visa, Master Card va American Express kartalari bilan 
to‘lashingiz mumkin. Bu kartalar haqida O‘zbekistondagi banklardan 
ma’lumot olishga harakat qiling. Ro‘yxatdan o‘tgach, Toshkentdagi 
Global Study markazi bilan bo‘glanasiz. 
Maktabgacha tarbiya. Amerika boy mamlakat. Lekin bu 
mamlakatda bollalar uch yoshga to‘lgunlaricha onalarga turli moddiy 
imtiyozlar berish ko‘zda tutilmagan. Farzandlarga qarab uyda o‘tiradimi 
yoki 
enaga 
yollab 
ishga 
tushadilarmi, 
bu 
onalarning 
ishi. 
O‘zbekistondagi kabi keng va shinam, ikki qavatli, o‘ynaydigan, 
uxlaydigan ovqatlanadigan alohida xonalari bo‘lgan bog’cha va yaslilar 
Amerikada odob tusigakirmagan. Enaga yollash oila uchun haftasiga 


200 dollardan kam tushmaydi. Bu mamlakatda 30-40 bolaga 
mo‘ljallangan xususiy va davlat tassarufidagi bog’chalar mavjud. Ular 
enaga yolashdan bir oz arzonroqqa tushadi. Lekin xar ikki holda ham, 
uydan olib borgan ovqatlarni yedirishadi, krovatchalar, ko‘rpa, to‘shak, 
yostiqni ota-onalar olib borishadi. Amerikada bizdagidek taomnomalar 
o‘quv dasturlari yo‘q. Bolalar yozda atrofdagi ko‘klamzorlarda o‘ynab 
dam oladilar. Bu bog’chalarda ham bolalar yoshlariga qarab turli 
guruhlarda tarbiyalanadilar. Ularga tarbiyachi mutaxassis qaraydi, 
ovqatni tayyorlab beradi, turli qo‘shiqlar, she’rlar o‘rgatadi, quvnoq 
o‘yinlar uyushtiradi. Ammo har kim o‘z uslubiga muvofiq ishlaydi. 
Umumiy qoidalar, o‘quv dasturlari joriy qilinmagan. Lekin bolalar 
uchun haqiqiy ta’lim-tarbiya jarayoni ular 5 yoshga to‘lganlaridan keyin 
boshlanadi. Ana shu yoshda ular «Kinder garden» deb ataluvchi 
tayyorlov bog’chalariga jalb etadilar. Ular hukumat tassarufida bo‘lib 
bog’chalar yoki maktablar tarkibida tashkil etiladi. Bolalarni maxsus 
«Maktab avtobusida» uyga olib keladilar va maktabga olib boradilar. 
Bunday avtobuslar yo‘l-transport xodisalardan to‘la muhofaza etilgan, 
sariq ranga bo‘yalgan. Uning signallariga barcha transport vositalari 
itoat etishga majburdirlar. Maktab avtobuslarini boshqa transport 
vositalari quvib o‘tishi mumkin emas, tartibni buzganlar qattiq 
jazolanadilar. 
AQSH televideniyasining alohida kanalida «Sezam ko‘chasi» deb 
nomlanuvchi ko‘rsatuvlar dasturi mavjud. u o‘quvchilarga ingliz tili, 
alifbo, arifmetik amallarni bajarish, sanash, koinot, tabiat, jug’rofiya, 
tarix bo‘yicha bilimlarni o‘ta qiziqarli tarzda singdirishga harakat qiladi. 
Besh yoshli bolalar bilan olib boriladigan mashg’ulotlarning 
asosini ularni maktabga tayyorlash tashkil etadi. Olti yoshli bog’cha 
guruhlarida bo‘lsalarda, lekin bu guruhlardagi ta’lim boshlang’ish 
sinfdagi ta’limga yaqin turib, amalda uning dastlabki bosqichi 
hisoblanadi. Maktabgacha tarbiya muassasalarning ta’lim dasturi ko‘p 
jihatdan ota onlar bilan hamkorlikda ish olib borishga mo‘ljalangan, u 
pirovard natijada bolalarni boshlang’ich maktablarga puxta tayyorlab 
berishga xizmat qilishi kerak. 
Amerika ko‘p millatli mamlakat. Lekin har bir millat o‘z 
farzandiga milliy urf-odatlarini tilini o‘rgatishga jiddiy ahamiyat beradi. 
Ko‘pincha bu vazifalarni katta avlod amalga oshiradi. O‘zbeklar ham 
o‘z ona-tilini, urf-odatlarini dinini o‘z farzanlariga singdirishga astoydil 
intiladilar. 


O‘zbek bolalari Markaziy Osiyoda o‘z mamlakatlari borligini 
biladilar, g’oyibona intiladilar, u haqda ko‘p narsalarni ko‘rish, eshitish, 
o‘qishni istaydilar. O‘zbekistonga kelish har bir amerikalik 
o‘zbeklarning muqaddas orzusidir. 
Boshlang’ich maktablarning asosiy vazifasi 6 yoshdan 15 
yoshgacha bo‘lgan bolalarga to‘laqonli bilim, ta’lim berish ularning 
umuminsoniy, 
axloqiy 
xislatlariga 
ega 
bo‘lib 
shaklanishini 
ta’minlashdan iboratdir. Boshlang’ich sinflarda o‘qitiladigan o‘quv 
predmetlari va dasturlari bolalarning yoshi, muhitiga moslashgan bo‘lib, 
ular o‘quvchilarning umumiy savodxonligini ta’minlab berishdan 
tashqari ma’lum darajada kasb yo‘nalishiga ham ega qiladi. 
Sinfdan-sinfga ko‘chirish o‘quvchining o‘qish tezligi, yozuvi, 
xusnixati, arifmetika, tarix, geografiya, musiqa va san’at kabi 
predmetlarni boshlang’ich sinf dasturi hamda darsliklari doirasida 
qanday o‘zlashtirib olganligiga qarab belgilanadi. Amerika maktablarida 
o‘quv-tarbiya ishlari bilan bog’liq masalalarni to‘laligicha xar bir shtat 
o‘ziga mustaqil belgilab olish xuquqiga ega. Shu boisdan boshlang’ich 
maktablarda o‘quv davomiyligi turli shtatlarda turlicha belgilangan. 
Ya’ni boshlang’ich ta’lim 4,5,6,8 yillik bo‘lishi mumkin. O‘quvchilar 
shu davr ichida ingliz tili, ijtimoiy fan, tabiat va gigiena, matematika, 
xunarmandchilik va san’at, badantarbiya va sport predmetlaridan saboq 
oladilar. AQSh maktablarida o‘qish har bir o‘quvchi uchun faxr-iftixor 
bo‘lishiga o‘quvchi bilimi imkoniyati, nuqtai nazariga ishonch hissini 
tarbiyalashga katta e’tibor beriladi. O‘quvchilarni maktabdan bezdirish, 
ularni darslarga ishtiyoqsiz va loqayd bo‘lib qolishlari favqulodda salbiy 
holat hisoblanadi. 

Yüklə 1,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin