tashkil qilgan. Ingliz lord – kansleri – Valter de Merton kollejlar uchun
qoidalar ishlab chiqqan. Ushbu kollej Kembridjj kolleji va Oxforddagi
boshqa kollejlar uchun namuna bo‘lib o‘z faoliyatini olib borgan.
Oxford kartasi, 1605 – yil Universitetga qabul: Yangi o‘quv yili
boshlanishidan oldin, oktabr – noyabr oylarida talabalar kollejlarga
hujjat topshiradilar. Maxsus komissiya faqat yuqori baholi (A – level)
abiturientlar bilan suhbat o‘tkazadi. Ba’zi bir hollarda bo‘lajak talabadan
yozma ishlar va yozma ravishda test olinadi. Universitetga kiruvchilar
ingliz tilini mukammal bilishlari zarur. Ta’lim – bepul emas: bir yil
uchun yashash xarajatlari – 8 ming funt; o‘qitish xarajatlari tanlangan
mutaxasislikka qarab to‘lanadi – san’at – 6300 funt; ilm – fan 8400 funt;
tibbiyot – 15400 funt. Magistratura va aspiranturada o‘qishni davom
ettirish uchun nomzodlar tegishli fakultetlarga hujjat topshiradilar. Bir
yilning o‘zida ham Kembridjj, ham Oxford Universitetlariga hujjat
topshirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Universitet 38ta kollej va 6ta yopiq o‘quv
muassasalaridan tashkil topgan. Hozirda Oxfordda 20000dan ortiq talaba
o‘qisa, ularning chorak qismi xorijliklar hisoblanadi. Talabalar soni
yozda ingliz tili maktablari ochilganida keskin ko‘payib ketadi. Oxford
rektori – ser Kris Patten. Qizlar 1920 – yildan boshlab qabul qilina
boshlangan. 70 – yillardan o‘g’il va qiz bolalarni ajratib o‘qitish bekor
qilingan. Oxford o‘qituvchilar shtabi da 4 mingga yaqin o‘qituvchi
mavjud. Ulardan 70tasi qirollik jamiyati a’zolari, 100 tasi esa Britaniya
akademiyasi a’zolari hisoblanadi. Universitetning asosiy yo‘nalishlari –
ijtimoiy fanlar, fizika, matematika, tibbiyot, hayot haqidagi fan.
Dostları ilə paylaş: