Professor-o‘qituvchilarning eng muhim
vazifasi - yosh avlodga puxta ta’lim berish,
ularni jismoniy va ma’naviy etuk insonlar
etib tarbiyalashdan
iboratdir.
SH.M.MIRZIYOEV
Respublikamizda ta’lim tizimi tubdan isloh qilinib, uzluksiz ta'lim,
jumladan, oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimida ko’plab o‘zgarishlar
amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil
7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “2017-2021-
yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor
yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar Strategiyasi”da milliy kadrlarning
raqobatbardoshligi va umumjahon amaliyotiga asoslangan oliy ta'lim
milliy tizimining sifati oshishiga, Bolonya jarayoni ishtirokchi-
mamlakatlari diplomlarini o‘zaro
tan olishga, o‘qituvchi va talabalar
bilan almashuv dasturlarini amalga oshirishga ko‘maklashuvchi 1999-
yil 19-iyundagi Bolonya deklaratsiyasiga qo‘shilish masalasini ko‘rib
chiqish belgilab qo‘yilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi
PF-5847-son Farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi
Oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”da oliy
ta'lim jarayonlariga raqamli texnologiyalar va zamonaviy o‘qitish
usullarni joriy etish, yoshlarni ilmiy
faoliyatga keng jalb etish,
korrupsiyaga qarshi kurashish, muhandislik-texnik ta'lim yo‘nalishlarida
tahsil olayotgan talabalar ulushini oshirish, kredit-modul tizimini joriy
etish, o‘quv rejalarida amaliy ko‘nikmalarni oshirishga qaratilgan
mutaxassislik fanlari bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar ulushini oshirish
bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berilgan.
Shuningdek, mamlakatimizning barcha
sohalarida islohotlarni
amalga oshirish, odamlarning dunyoqarashini o‘zgartirish, yetuk va
zamon talabiga javob beradigan mutaxassis kadrlarni tayyorlashni
hayotning o‘zi taqozo etmoqda. Respublikada ta'lim tizimini
mustahkamlash, uni zamon talablari bilan uyg‘unlashtirishga
katta
ahamiyat berilmoqda. Bunda mutaxassis kadrlarni tayyorlash, ta'lim va
tarbiya berish tizimi islohatlar talablari bilan chambarchas bog‘langan
bo‘lishi muhim ahamiyat kasb etadi. Zamon talablariga javob bera
oladigan mutaxassis kadrlarni tayyorlash, Davlat talablari asosida ta'lim
va uning barcha tarkibiy tuzilmalarini takomillashtirib borish oldimizda
turgan dolzarb masalalardan biridir.
Jahonning rivojlangan mamlakatlari tajribalarini o‘rganish, mahalliy
shart-sharoit, iqtisodiy va intellektual resurslarni inobatga olgan holda
jamiyat hayotining barcha sohalarida tub islohotlarning amalga
oshirilayotganligi yangidan-yangi yutuqlarga erishishni ta’minlamoqda.
Shu bilan birga o‘zbek talabalarining rivojlangan
mamalakatlarning
nufuzli oliy ta’lim muassasalarilarda ta’lim olishlari, ham
mamlakatimiz, ham xorijiy ekspertlarning, shu jumladan oliy ta’lim
tizimida o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha dunyoning yetakchi ilmiy-ta’lim
muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalari o‘rnatish, o‘quv jarayoniga
ilg‘or xorijiy tajribalarini joriy etish, ayniqsa, istiqbolli pedagog va ilmiy
kadrlarni xorijning yetakchi ilmiy-ta’lim muassasalarida stajirovkadan
o‘tkazish va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish bo‘yich ishlar
olib borilmoqda.