1-BOB. TA’LIMGA KIRISН FANINIG MЕTODOLOGIK
ASOSLARI
1.1.
“TA’LIMGA KIRISH” FANINING MAQSADI,
VAZIFALARI VA BOSHQA FANLAR BILAN O‘ZARO
ALOQADORLIGI
Dunyoda ta'limni axborotlashtirish jarayonida kasb ta'limi pedagog
kadrlarning
innovatsion
faoliyatga
yo‘naltirish,
oliy
ta'lim
muassasalaridagi o‘quv jarayoniga elektron ta'lim texnologiyalarini
tadbiq etish, xorijiy tajribalarni o‘zlashtirish va maqsadli yo‘naltirish,
oliy ta'lim tizimini modernizatsiyalashdagi dolzarb vazifalar hisoblanadi.
Bu esa o‘z navbatida oliy ta'lim muassasalaridagi kasb ta'limi yo‘nalishi
talabalarining o‘quv-uslubiy faoliyati mazmunini takomillashtirish,
o‘qitishning innovatsion shakl va metodlari, zamonaviy axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini amaliyotga keng joriy etish zaruratini
shakllantiradi.
Mazkur fan dasturi AKT sohasida kasb ta'limi yo‘nalishida
o‘qitiladigan “Ta'limga kirish” fani bo‘yicha tuzilgan bo‘lib, unda
jamiyat rivojidagi ta'limning o‘rni, tarixi, ta'lim tizimini rivojlanishi,
mazmun mohiyati, ilmiy nazariy asoslari, pedagogik jihatlari va
dunyoning
rivojlangan
mamlakatlarining
ta'lim
tizimidagi
rivojlanishning maqsad vazifalari keltirilgan.
Fanni o‘qitishdan maqsad – zamonaviy ta'limni rivojlantirishdagi
muammo va yo‘nalishlar haqida tasavvurga ega bo‘lgan, rivojlangan
xorijiy davlatlarning ta'lim tizimi mazmun mohiyatini tahlil qila oldigan,
axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kasb ta'limi yo‘nalishi
bo‘yicha kasbiy mahoratlarini oshirishda elektron ta'lim muxitida
samarali faoliyat yurita oladigan mutaxassislarini tayyorlashdan iborat.
Fanning vazifasi – ta'lim jarayonida ishtirok etuvchi o‘quvchi shaxsi
ustivorligini ta'minlash, ta'lim maqsadining natijaga erishuvini amalga
oshirish, ta'lim mazmunini ta'minlovchi vosita, usul, shakllar
texnologiyasini yagona bir tizimga keltirish.
Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga
qo‘yidagi talablar qo‘yiladi. Talaba:
-
Respublikamiz ta'lim tizimi tarixi, ilmiy-uslubiy asoslari, elektron
ta'lim tushunchalarini hamda rivojlangan davlatlarning nufuzli
universitetlari ta'lim tizimi haqida tasavvurga ega bo‘lishi;
-
sharq va g‘arb mamlakatlari buyuk mutafakkir olimlarining ta'lim
tizimiga falsafiy qarashlari, ta'lim jarayonini tashkil etishda
pedagogning innovatsion faoliyati mazmunini, axborotlashgan
muhitda innovatsion texnologiyalarni bilishi va ulardan foydalana
olishi;
-
uzluksiz ta'lim tiziminig rivojlanish konsepsiyalari, ta'lim tizimini
halqaro standartlari, Baloniya kelishuvi, yevropa ta'lim tizimi va
ta'lim tizimini yanada takomilashtirish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi
kerak.
Innovatsiya va novatsiya tushunchasi va mazmuni. XX asr davomida
insoniyat tarixida ko‘plab yangi texnologiya va yechimlarning paydo
bo‘lishi va amaliyotga tatbiq etilishiga guvohi bo‘lib kelmoqdamiz.
Bular qatoriga televidenie, radio, personal kompyuterlar, tarmoqlar,
Internet, mobil aloqa, sun'iy yo‘ldosh (sputnik), kosmos, atom
energetikasi va boshqa ko‘plab misollarni keltirish mumkin.
Axborot - yuksak rivojlangan texnologiyalar asri deb yuritilayotgan
XXI asrga kelib, ta'lim jarayoniga innovatsiyani keng joriy qilish
masalasiga e'tibor yanada kuchaytirildi. O‘zbekistonda mustaqillikdan
so‘ng innovatsiya ta'lim tizimiga kirib keldi va innovatsiyani ta'lim
jarayonida qanday o‘z aksini topganligini quyidagilarda ko‘rishimiz
mumkin. Birinchi navbatda ushbu so‘zlarga aniq ta'riflarini bilib olsak
maqsadga muvofiq bo‘ladi.
“O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi” da ko‘rsatilishicha,
innovatsiya quyidagicha mazmun va tushunchalarga ega: “Innovatsiya
(ingl. “innovationas” – kiritilgan yangilik, ixtiro). “Innovatsiya”
tushunchasi mazmunan aniq holatni ifodalaydi. «Innovatsiya» so‘zi
lotinchadan kelib chiqqan, uning tarjimasi yangilanish, o‘zgartirish,
yangilik kiritish degan ma'noni bildiradi. Innovatsion jarayonning
mikrostrukturasini o‘rganib olishlar yangilik kiritishning «hayotiy sikli,
(davri)» konsepsiyasini alohida ko‘rsatdilar, u yangilik kiritish vaqt
davomida o‘tab boradigan jarayon degan fikrdan kelib chiqadi. Bu
jarayonda yangilikni yaratilishi va ijro etilishini ta'minlovchi
faoliyatlarni turlarga ajratuvchi bosqichlarga bo‘linadi. Demak,
innovatsiya – muayyan tizimning ichki tuzilishini o‘zgartirishga
qaratilgan faoliyatdir. Innovatsiyaga misol qilib, SMART texnologiyasi,
mobil Internet, 3D chop etish qurilmasi yoki an'anaviy naqd pul birligi
vositasiga alternativa sifatida kriptovalyutani joriy etish tushuniladi.
Agar faoliyat qisqa muddatli, yaxlit tizim xususiyatiga ega bo‘lib,
faqatgina tizimdagi ayrim elementlarni o‘zgartirishga xizmat qilsa u
novatsiya (yangilanish) deb yuritiladi. Bordi-yu, faoliyat ma'lum
konseptual yondashuv asosida amalga oshirilib, uning natijasi muayyan
tizimning rivojlanishiga yoki uni tubdan o‘zgartirishga xizmat qilsa, u
innovatsiya (yangilik kiritish) deb ataladi Ilmiy adabiyotlarda
“novatsiya” (yangilanish, yangilik) hamda “innovatsiya” (yangilik
kiritish) tushunchalarining birbiridan farqlanishiga alohida e'tibor
qaratiladi.
Novatsiya tushunchasiga misol qilib, dasturlash tilini ta'lim
tizimidagi o‘rnini olsak bo‘ladi. Ya'ni avval ta'lim tizimida dasturlash
tillaridan beysik tili qo‘llanilagn bo‘lsa, hozir esa zamonaviy dasturlash
tillaridan Piton dasturlash tilidan foydalanmoqdamiz. Shunga novatsiya
qilib beysik tilini oladigan bo‘lsak, bu tilni vaqt o‘tishi bilan yangiliklar
kiritib ta'lim tizimiga olib kirildi ya'ni innovatsiya amalga oshirildi.
Innovatsion faoliyat va uning bosqichlari. Innovatsion faoliyat –
yangi ijtimoiy talablarnin an'anaviy me'yorlarga mos kelmasligi yoki
yangi shakllanayotgan g‘oyalarning mavjud g‘oyalarni inkor etishi
natijasida vujudga keladigan majmuali muammolarni yechishga
qaratilgan faoliyatdir.
Olimlar innovatsion jarayon tuzilmasini tahlil qilishda hayotning
davriyligi konsepsiyasini farqlaydilar. Bu konsepsiya yangilik kiritishga
nisbatan o‘lchanadigan jarayon ekanligidan kelib chiqadi. Pedagogikaga
oid adabiyotlarda innovatsiya jarayonining sxemasi beriladi va u
quyidagi bosqichlarni qamrab oladi:
1. Yangi g‘oya tug‘ilishi yoki yangilik konsepsiyasini paydo qilish
bosqichi, u kashfiyot bosqichi deb ham yuritiladi.
2. Ixtiro qilish, ya'ni yangilik yaratish bosqichi.
3. Yaratilgan yangilikni amalda qo‘llay bilish bosqichi.
4. Yangilikni yoyish, uni keng tadbiq etish bosqichi.
5. Muayyan sohada yangilikning hukmronlik qilish bosqichi.
Misol qilib, elektron doskani keltirsak bo‘ladi.
1. Elektron doskani yaratish. Sensorli elektron doska markerlar
yordamida har xil foydalanuvchi interfeysini chaqirib oladigan, hajm
jihatidan katta bo‘lgan sensor ekrandir.
2. Elektron doska (SMART doska). Bunday uskunaning ishlashi
xujjatlarni jamoaviy muhokama qilish, seminar yoki ma'ruzalar
o‘tkazish, taqdimotni tashkil etish jarayonida vizualizatsiyaning barcha
afzalliklarini ochib berishga imkon beradi.
3. Ta'lim tizimida elektron doskadan foydalanish bu ta'lim
sohasidagi
qo‘llanilayotgan
ilg‘or axborot texnologiyalarining
asosiylaridan biri.
4. Butun dunyo bo‘yicha ta'lim tizimida elektron doskadan
foydalanish darslarni yanada qiziqarli va ko‘rgazmali tarzda o‘tishga
keng imkoniyatlar yaratadi.
5. Raqamli jamiyatni SMART doskalaridan foydalanish avzalligi bu
ma'lumotni tahrirlash ko‘lamining kengligi, natijalardan nusxa olish,
elektron pochta orqali jo‘natish, saqlash imkoniyatining mavjudligi,
matn, tovush, animatsiya, grafikalardan birgalikda foydalanish
imkoniyatining kengligi, virtual auditoriya yaratish imkonida nomoyon
bo‘ladi.
Pedagogik innovatsiyalar pedagogik faoliyatga yangiliklarning
izchil olib kirilishini tavsiflaydi. Pedagogik innovatsiyalarning didaktik
imkoniyatlariga ko‘ra ta'lim tizimi va jarayoni rivojlanib boradi.
O‘qituvchining innovatsion faoliyati pedagogik jamoani harakatga
keltiruvchi, olg‘a undovchi, bunyodkorlikka rag‘batlantiruvchi kuch
sifatida namoyon bo‘lib, ta'lim jarayonining sifatini kafolatlaydi. Shu
sababli har bir o‘qituvchi innovatsiyalarning mohiyatini to‘la tushungan
holda o‘z faoliyatiga izchil tatbiq eta olishi zarur.
Mamlakatimizda zamonaviy ta'lim tendensiyalari asosida kasbiy
ta'lim tizimini isloh qilish bo‘yicha keng qamrovli ishlar olib borilib,
uning samaradorligini oshirish orqali malakali kadrlar tayyorlashga
alohida e'tibor qaratilmoqda. Jumladan, professional ta'lim dasturlarini
YUNESKO tashkiloti tomonidan qabul qilingan ta'limning xalqaro
standart tasniflagichi (MSKO) darajalari bilan uyg‘unlashtirish, o‘quv
jarayoniga Milliy kvalifikatsiya tizimi to‘laqonli joriy etish talab etiladi.
O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar
strategiyasida “Uzluksiz ta'lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli
ta'lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy
ehtiyojlariga muvofiq yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini
davom” muhim ustuvor vazifa sifatida belgilangan. O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 sentyabrdagi PF-5812-sonli
“Professional ta'lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha
chora tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonida Xalqaro tasniflagichning 3-
darajasiga mos keluvchi ta'lim dasturlari asosida 9-sinf bitiruvchilarini
ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan boshlang‘ich professional ta'lim
bosqichida kadrlar tayyorlaydigan ta'lim muassasalari tashkil etish,
Xalqaro tasniflagichning 4-darajasiga mos keluvchi ta'lim dasturlari
asosida o‘rta professional ta'lim bosqichida kadrlar tayyorlaydigan ta'lim
muassasalarini tashkil etish, Xalqaro tasniflagichning 5-darajasiga mos
keluvchi
ta'lim
dasturlari
asosida
oliy
ta'lim
tizimi
bilan
integratsiyalashgan o‘rta maxsus professional ta'lim bosqichida kadrlar
tayyorlaydigan, oliy ta'lim muassasalari huzurida faoliyat yuritadigan
ta'lim muassasalarini tashkil etish vazifasi belgilab berildi.
Quyida keltirilgan ma'lumotlar kasb-hunar ta'limi tizimida tashkil
qilinayotgan “3” toifaga kiruvchi (“A” “V” “S”) kollejlar bo‘yicha
ma'lumotlar hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |