Ta\'limga kirish O\'quv qo\'llanma 2022 16 шрифт 3 2
Kasb-hunar ta’limi tizimida tashkil qilinayotgan “A” toifasiga kiruvchi kollejlar. “A” toifadagi kasb-hunar kollejlarining maqsadi bu bakalavriyat dasturi
bilan integratsiyalashgan o‘rta bo‘g‘in mutaxassislarini tayyorlashdir.
Ushbu kollejlarining xususiyatlariga abiturientlar uchun oliy ta'lim
tizimiga alternativ xisoblanganligi, o‘quv dasturlari oliy ta'lim bilan
integratsiyalashtirilganligi, xamda bunday o‘qitish tizimida nazariya va
amaliyot = 50% / 50% olib borilishi va ~30% bitiruvchilarning oliy
ta'lim muassasalarida 2-kursdan o‘qishni davom ettirishlari imkoniyati
mavjud bo‘lganligida.
“A” toifadagi kasb-hunar kollejlarining sohalariga quyidagilar kiradi:
Ta'lim tizimi soxalari;
Qurilish soxalari;
Arxitektura va qurilish soxalari;
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari soxalari;
Dizayn va rassomchilik soxalari;
Turizm va uni yuritish soxalari;
Qishloq xo‘jaligi soxalari Misol tariqasida: (agronomiya,
veterinariya va mexanizatsiya);
Sanoat soxalarini Misol tariqasida: (oziq-ovqat, yengil sanoat,
avtosanoat);
Yurisprudensiya va huquqshunoslik soxalarini;
Sog‘liqni saqlash va farmatsevtika soxalarini o‘z ichiga oladi.
“A” toifadagi kasb-hunar kollejlarining ta'lim shaklilari kunduzgi,
kechki, sirtqi va masofaviy shakllardan iborat. Ushbu kasb-hunar
kollejlarining o‘quv muddati 2 yilni tashkil etadi. Kollejlarga qabul
tartibi tanlov (imtihon) asosida amalga oshiriladi. Shu toifadagi kasb-
hunar kollejlarining kontengenti maktab, akademik litsey, kollej
bitiruvchilari, xamda katta yoshdagilardir. Kollejlarining o‘qitish
harajatlarining moliyaviy ta'minoti vazirliklar, idora va yirik korxonalar
mablag‘lari va to‘lov-kontrakt asosida ta'minlanadi. Moddiy-texnik
ta'minoti esa (xom-ashyo, asbob-uskuna, jihoz), soha yo‘nalishidagi
vazirliklar va idoralar tomonidan amalga oshiriladi. Ushbu “A” toifadagi
kasb-hunar kollejlarining bitiruvchilarga beriladigan hujjat diplom
(mutaxassilik) guvohnomasidir.