Nazorat savollari
1.
Sharqda antik davr rivojlanishi nechanchi asrlarga to‘g’ri keldi?
2.
Antik davrda Sharqda eng ko‘p e’tibor qaratilgan yo‘nalish qaysi?
3.
Antik davrda Yevropada eng ko‘p e’tibor qaratilgan yo‘nalish
qaysi?
4.
Ilm-fan jihatdan Yevropaning ilk rivojlangan mamlakatlarini
sanang.
5.
Al-Xorazmiyning to‘liq ismini va hisobga doir asarini to‘liq
nomini ayting.
1.4.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TA’LIM
TIZIMINING RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI
Tayanch tushunchalar: Bolonya jarayoni, ECTS, USCS, CATS,
UCTS, kredit, bakalavriat, magistratura, doktorantura, ikki bosqichli
bakalavriat, ta'lim dasturi, o‘quv dasturi, sillabus, o‘quv kursi, lektor,
tyutor, o‘quv rejasi, akademik kalendar, majburiy va tanlov fanlari,
fanning qisqa mazmuni, GER, Office Hours, kredit-soat, fanlarga
yozilish, Registrator ofisi, GPA, transkript, edvayzer, talabaning shaxsiy
o‘quv rejasi, ishchi o‘quv reja, kurs siyosati, ma'lumotnoma-ko‘rsatkich,
o‘qituvchi rahbarligidagi talabaning mustaqil ishi, talabaning mustaqil
ta'limi, fan kodi, "teaching" va "learninq" ta'lim formati.
Xorijiy davlatlardagi kredit ta’lim tizimlari.O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli
Farmoni
bilan
tasdiqlangan
“2017-2021-yillarda
O‘zbekiston
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha
Harakatlar Strategiyasi”da milliy kadrlarning raqobatbardoshligi va
umumjahon amaliyotiga asoslangan oliy ta'lim milliy tizimining sifati
oshishiga, Bolonya jarayoni ishtirokchi-mamlakatlari diplomlarini
o‘zaro tan olishga, o‘qituvchi va talabalar bilan almashuv dasturlarini
amalga oshirishga ko‘maklashuvchi 1999-yil 19-iyundagi Bolonya
deklaratsiyasiga qo‘shilish masalasini ko‘rib chiqish belgilab qo‘yilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi PF-
5847-son Farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy
ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”da oliy ta'lim
jarayonlariga raqamli texnologiyalar va zamonaviy o‘qitish usullarni
joriy etish, yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish, korrupsiyaga
qarshi kurashish, muhandislik-texnik ta'lim yo‘nalishlarida tahsil
olayotgan talabalar ulushini oshirish, kredit-modul tizimini joriy etish,
o‘quv rejalarida amaliy ko‘nikmalarni oshirishga qaratilgan
mutaxassislik fanlari bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar ulushini oshirish
bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoevning 2020 yil
24 yanvardagi Oliy Majlisga yo‘llagan murojaatnomasida 2020 yilga
“Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb nom
berishning taklif etilishi, maktab bitiruvchilarini oliy ta'lim bilan qamrab
olish darajasini bosqichma-bosqich oshirib borish, ta'lim yo‘nalishlari va
o‘qitiladigan fanlarni qayta ko‘rib chiqish, mutaxassislikka aloqasi
bo‘lmagan fanlar sonini 2 barobar qisqartirish, oliy ta'limda o‘quv
jarayoni kredit-modul tizimiga o‘tkazish, qator oliy ta'lim muassasalarini
o‘zini o‘zi moliyaviy ta'minlashga o‘tkazish, ta'lim sohasini to‘liq
raqamlashtirish, davlat-hususiy sheriklik mexanizmlarini ta'lim sohasiga
ham keng tatbiq etish masalalari shu kunning dolzarb masalalari ekanligi
ta’kidlab o‘tilgan.
Ushbu murojaatnomada birinchi o‘ringa xalqning bilim darajasini
oshirish masalasi qo‘yilgan, bu esa millatning raqobatbardoshligini
belgilovchi omil hisoblanadi. Shu sababli, tabiiyki, ushbu hujjatda
zamonaviy talablar va jahon standartlariga javob beradigan milliy ta'lim
tizimini yaratish muammosining elementlari ham o‘z aksini topgan.
1999 yilda 29 ta davlat tomonidan Bolonyada yagona ta'lim
muhitini yaratish jarayonida ishtirok etish haqidagi Deklaratsiya
imzolandi. Uning maqsadi taqqoslanadigan darajalar tizimini qabul
qilish,
akademik
va
kasbiy
tan
olishni
yengillashtirish
va
bitiruvchilarning ishga joylashish imkoniyatlarini ta'minlashga qaratildi.
Bolonya jarayoni barcha davlatlar uchun ochiq bo‘lib, bugungi kunga
kelib ishtirokchi davlatlar soni 50 ga yaqinlashib qoldi.
Bolonya deklaratsiyasini imzolagan barcha davlatlar oliy ta'limning
ikki bosqichli (bakalavriat – 3-4 yil, magistratura – 1-2 yil) tizimiga
o‘tishgan. Oliy ta'limdan keyin doktor (3-4 yil) darajasini olishga imkon
yaratiladi.
Xorijda ECTS (European Credit Transfer System) tizimi ta'lim
tizimining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Har bir o‘quv faniga
yuklama hajmidan, kelgusidagi kasbiy faoliyati uchun muhimligidan
kelib chiqib kredit bali belgilanadi. Talaba har bir fanni muvaffaqiyatli
o‘zlashtirgan taqdirda belgilangan kreditlarni oladi va bu kreditlar
yig‘indisi unga mos bo‘lgan bakalavr yoki magistrlik darajasini olishga
imkon beradi.
Xo‘sh, kredit-modul tizimi nimani nazarda tutadi? Bugungi kunda
ta'lim dasturlarini amalga oshirish uchun dunyo tajribasida kredit tizimi
deb nomlangan amaliyotdan keng foydalaniladi. Kredit tizimi o‘z ichiga
ta'lim va uning uchun sarflanadigan umumiy mehnat xarajatlari
miqdorini qamrab oladi. Jahon amaliyotida Amerika Qo‘shma Shtatlari
kredit tizimi (USCS), Kreditlarning to‘plash va o‘tkazishning Britaniya
tizim (SATS), yevropa kredit tizimi (ECTS), Universitet kreditlarini
o‘tkazishning Osiyo - tinch okeani tizimi (UCTS) eng keng tarqalgan
tizimlar hisoblanadi.
“Kredit soat” tizimi dastlab AQSHda paydo bo‘lgan va
takomillashgan. 1969 yilda Garvard universiteti Prezidenti, Amerika
ta'limining atoqli namoyandasi Charlz Eliot birinchi bo‘lib “kredit-soat”
tushunchasini kiritdi va 1870-1880 yillar davomida fan hajmini kredit-
soatlarda o‘lchashga imkon beruvchi tizimni joriy qildi. 1892 yildan
“kredit-soat” tizimini joriy qilishning ikkinchi bosqichi boshlandi.
Bunda AQSH milliy ta'lim qo‘mitasi “kollej-maktab” bo‘g‘inini
yaxshilash, o‘rta maktablarda o‘quv dasturlarini standartlash maqsadida
nafaqat kollejlarda, balki o‘rta maktablar uchun ham “kredit”
tushunchasini joriy qildi va keyinchalik bakalavriat dasturlari
mazmunini baholashning kredit tizimini magistratura va doktorlik ta'lim
bosqichlarigacha kengaytirdi.
Bakalavr darajasini (Bachelor of Arts - BA yoki Bachelor of
Science - BSc) olish 4 yil o‘qishni nazarda tutadi. Bu davr ichida talaba
o‘rtacha har biri 3 kreditlik 40 tacha fanni o‘zlashtirishi zarur bo‘ladi.
Birinchi va ikkinchi yil tayanch bilimlarni olish uchun ajratiladi
(ta'minan, 60-68 kredit) va u oraliq daraja (Associates) bilan
yakunlanadi, uchinchi va to‘rtinchi yillar mutaxassislik fanlarini jadal
o‘rganishga bag‘ishlanadi va bu jarayon malakaviy imtihon bilan
tugallanadi.
Oliy ta’limning ikkinchi bosqichi (Graduate Level) – bu o‘rta
hisobda ikki yillik o‘qish natijasida magistr darajasini (Master of Arts -
MA yoki Master of Science - MSc) olish uchun mo‘ljallangan magistrlik
dasturlaridir.
Yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashning ikkinchi bosqichi va
uchinchi pog‘onasi – doktorlik dasturlari bo‘yicha o‘qish bo‘lib, u tor
mutaxassislikga
o‘qish
va
mustaqil
ilmiy
izlanuvchilikga
yo‘naltilgandir.
Darajani olish uchun talaba belgilangan miqdordagi kredit-
soatlarni to‘plashi zarur. AQSh da qabul qilingan USCS (US Credit
System) tizimida kredit-soat – bu o‘qish vaqtiga asoslangan o‘lchovdir.
Masalan, bakalavriatda 1 kredit-soat talabaning semestr davomida har
haftadagi 1 akademik soat auditoriya ishiga teng. Bundan tashqari har
bir auditoriya mashg‘ulotiga 2 soat (100 minut) mustaqil ish qo‘shib
beriladi. Magistraturada, va ayniqsa doktoranturada bu mehnat hajmida
mustaqil ishning hissasi ko‘payib borishi nazarda tutiladi.
AQSh da bakalavr darajasini olish uchun 4 yilda kamida 120
kredit-soat, magistr uchun 1-2 yilda mos ravishda 30-60 kredit-soat,
doktorlik dasturlarida esa 3-4 yilda mos ravishda 60-90 kredit-soat
to‘plash talab etiladi.
Oliy ta'lim tizimida kredit-soat tushunchasi dars jadvalini tuzish,
GPA
o‘rtacha ballini hisoblash, kafedralar, o‘qituvchilar va
talabalarning yuklamasini aniqlash uchun asos hisoblanadi.
USCS tizimi Amerika talabalarining mobilligini oshiradi, chunki
bir universitetda olingan kreditlar boshqalarida ham hisobga olinadi va
talabalar o‘qishlarini bir oliy o‘quv yurtidan boshqasiga sinov
birliklarini saqlagan holda ko‘chirishlari mumkin. Bunday amaliyot
qoldirilgan o‘qish va o‘qishga tiklash jarayonlarini o‘zaro bog‘lash
uchun ham qo‘llaniladi.
Ispaniyada universitet ta'limi ko‘p pog‘onali bo‘lib quyidagi
davrlarni o‘z ichiga oladi:
• birinchi ta'lim davri: u kamida 3 yil davom etadi va 180-270 ispan
kreditlariga teng bo‘ladi;
• birlashtirilgan birinchi va ikkinchi davrlar: 4-5 yilga mo‘ljallangan
bo‘lib (tibbiyot mutaxassisliklari uchun 6 yil), birinchi davr - 2-3 yil,
ikkinchisi - 2 yil davom etadi. Ko‘rsatilgan 4,5 va 6 yilda talabalar 300-
500 kredit to‘plashadi.
• ikkinchi davr – yakka tartibda;
• uchinchi davr – doktorantura.
Birinchi davr yakunida talabalarga Diplomado, Arquitecto Tecnico va
Ingeniero Tecnico kabi akademik darajalar berilishi mumkin. Ikkinchi
davr yakunida esa - Licenciado, Arquitecto yoki Ingeniero Superior
darajalari berilishi mumkin. Doktorlik darajasi uchinchi davrda o‘qishni
yakunlagan va dissertatsiyani muvaffaqiyatli himoya qilgan talabalarga
beriladi.
Ispaniyada “kredit”ni aniqlashga o‘zgacha yondashiladi – har bir kredit
10 soat auditoriya mashg‘ulotlariga mos keladi, to‘plangan kreditlar
yig‘indisiga qarab talabaning o‘zlashtirishi baholanadi. Talabalar
tomonidan nazariy va amaliy mashg‘ulotlar bo‘yicha alohida kreditlar
to‘planadi, ularni hatto auditoriya mashg‘ulotlaridan tashqari boshqa
o‘quv ishlarini bajarib ham olish mumkin.
Shvetsiyada 1 shved krediti universitetda 1 hafta o‘qishga teng deb
qabul qilingan. Bu tizim o‘quv rejalarini tuzishni va talabalarning
bajargan o‘quv soatlarini hisoblashni yengillashtirish uchun joriy
etilgan. Shvetsiya universitetlarida o‘quv yili 40 hafta davom etadi va
kuzgi hamda bahorgi semestrlardan iborat bo‘ladi. Shunday qilib, talaba
o‘quv yili davomida ma'ruza, yakka tartibdagi ishlar va boshqa ishlarni
ham qo‘shib hisoblaganda 40 kredit to‘playdi.
Bakalavr darajasini olish uchun 3 yillik o‘qish davomida 120 kredit
olish kerak. Magistraturada o‘qish 1-1,5 yil (60 kredit), doktoranturada
esa – 2-4 yil davom etadi.
Shvetsiya kreditlarini yevropa ECTS kreditlari bilan taqqoslash
uchun ular 1,5 ga ko‘paytiriladi. Masalan bakalavriatdagi 120 Shvetsiya
krediti 180 ECTS kreditiga, magistraturadagi 60 Shvetsiya krediti - 90
ECTS kreditiga teng bo‘ladi.
Shvetsiya universitetlarida ta'lim jarayonlari ma'ruzalar, seminarlar,
bahs-munozaralar (o‘qituvchi ishtirokida yoki ishtirokisiz) shaklida
tashkil qilinadi. Har bir kurs yakunida imtihon seminarlari, auditoriyada
topshiriqlarni bajarish va yozish ko‘rinishidagi imtihonlarni topshirish
nazarda tutiladi.
Belgiyada kredit ta'lim tizimi yevropa ECTS kredit tizimlariga
moslashtirilgan va halqaro hamkorlik doirasida qo‘llaniladigan
ko‘rinishda taqdim etilgan.
Buyuk Britaniyada ta'lim tizimi Birlashgan Qirollikning CATS (Credit
Accumulation and Transfer Scheme/System – Kreditlarni to‘plash va
ko‘chirish sxemasi/tizimi) tizimiga asoslangan bo‘lib, uning maqsadi
ko‘p sonli malaka hujjatlari tizimini har bir tur uchun alohida kreditlar
belgilash orqali tartibga solish va yagonalashtirishdir. CATS tizimi
Birlashgan Qirollikda, Janubiy Afrikada va Yangi Zellandiyada keng
tarqalgan.
CATS bo‘yicha akademik yil 1200 shartli o‘quv soatlari yoki 120
kreditni o‘z ichiga oladi, 1 britaniya krediti 10 shartli o‘quv soatlariga
teng. Shartli o‘quv vaqti deyilganda, talaba fanni o‘zlashtirishi uchun
sarflaydigan soatlar miqdori tushuniladi. Shartli vaqt auditoriya
mashg‘ulotlari, asosiy amaliy ishlar, loyiha ustida ishlash, mustaqil
ta'lim mashg‘ulotlarini, imtihonlarga tayyorgarlik va ularni topshirish
kabi faoliyatlarni, ya'ni barcha turdagi o‘zlashtirish uchun zarur bo‘lgan
o‘quv faoliyatlarini o‘z ichiga qamrab oladi.
Britaniya universitetlarida bakalavr darajasini olish uchun 3 yil
davomida 360 britaniya kreditlarini qo‘lga kiritish kerak. To‘rtinchi yil
talabalarga “imtiyozli bakalavr” (Bachelor with Honours) darajasini
olishga imkon beriladi.
20-asrning so‘nggi o‘n yilliklarida yevropada oliy o‘quv
yurtlarining halqaro ta'lim dasturlaridagi ishtiroki muhim masalaga
aylandi,
oliy
ta'lim
o‘quv dasturlarini internatsionallashtirish
taraqqiyotning dolzarb yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qoldi. 1987 yilda
yevropa Ittifoqi asos solgan talabalar almashishning ERASMUS
(European Community Action Scheme for Mobility of University
Students) ta'lim dasturi eng namunali deb topilib asos sifatida qabul
qilindi va yevropaning 12 ta davlatida joriy etildi. To‘plangan tajribalar
qayta ishlanib barcha yosh guruhlari ta'limiga ixtisoslashgan yangi
SOCRATES dasturi uchun asos sifatida qabul qilindi. Bu dastur 2006
yilgacha rejalashtirildi va 31 davlatda amal qildi. Bulardan tashqari,
yevropada talabalar almashish dasturi bo‘yicha yevropaning ilm-fan va
universitetlar
beshigi
sifatidagi
mavqyeini
mustahkamlashga
yo‘naltirilgan Leonardo Da Vinci va Tempus-Tasis ta'lim dasturlari
amalga oshirildi.
Bu dasturlarni amalga oshirishda yevropada turli xillik va o‘zaro
mos kelmaslik holatlari yuzaga chiqdi, umumlashtirishda qiyinchiliklar
paydo bo‘ldi. Shunday instrument ishlab chiqish zarur edi, u milliy
ta'lim tizimlarini amalda yaqinlashtirishi, moslashuvchan va shaffof
qilishi, ta'limdagi hujjatlar esa – oson taqqoslanadigan bo‘lishi kerak edi.
Bunday tizim sifatida ERASMUS dasturining tajriba loyihasi sifatida
yuzaga kelgan va 1989-1995 yillarda 6 yil davomida eksperimental
tekshiruvdan o‘tgan ECTS (European Credit Transfer System) tizimi tan
olindi. Unda yevropaning 145 ta oliy o‘quv yurti ishtirok etdi.
1999 yilning iyunida 29 ta yevropa davlatlarining ta'lim vazirlari
Bolonya deklaratsiyasini imzolashdi, unda asosiy e'tibor ECTS va
umumevropa diplom ilovasiga qaratildi. Bunda ECTS ning vazifasi etib
2010 yilda yagonalashtirilgan oliy ta'lim tizimini yaratish emas, balki
xalqaro “shaffoflik” ka erishish va mavjud ta'lim tizimlarini va
malakalarini davlatlar va oliy o‘quv yurtlarining ta'lim siyosati
sohasidagi avtonomligini saqlab qolgan holda moslashtirish belgilandi.
Hozirgi kungacha deyarli barcha yevropa davlatlari o‘z milliy oliy ta'lim
tizimlarida islohotlar o‘tkazishdi, kredit ta'lim tizimini joriy qilishdi.
Biroq, ular milliy ijtimoiy-iqtisodiy masalalar yechimiga qaratilganligi
sababli o‘zaro jiddiy farq qilishadi. Har bir davlat o‘zining noyob ta'lim
tizimini, milliy, tarixiy va madaniy an'analarini saqlab qolishga harakat
qilgan.
Shunday qilib, yevropada mantiqan rad etib bo‘lmaydigan,
maksimal darajada yaqinlashish va milliy tizimlarning baholash
shkalalarini umumevropa andozasi bo‘yicha tenglashtirish uchun zarur
bo‘lgan ECTS tizimi paydo bo‘ldi. Unga ko‘ra yevropa krediti – tyutor
va talaba kontakt soatlari hajmining shartli birligi hisoblanadi. O‘rta
hisobda bir o‘quv yilida talaba 60 yevropa kreditlarini to‘plashi shart.
Yevropa, Amerika va Britaniya sinov birliklari tizimi bilan bir
qatorda Osiyo-Tinch Okeani regioni uchun UCTS (University Credit
Transfer System) universitet kreditlarini o‘tkazish tizimi ham mavjud.
Bu tizimga regionning yirik davlatlari, masalan, Yaponiya va Xitoy
umuman qo‘shilishmagan. Bu loyihaning tajriba sxemasi 5 yilga (1999-
2004 yy.) mo‘ljallangan edi. Uning maqsadi UMAP (Osiyo-Tinch
okeani regionida universitetlar mobilligi) tashkiloti tomonidan regionda
va UMAP faoliyat sohasiga kiruvchi hududlarda va dunyoning boshqa
regionlaridagi davlatlar bilan birgalikda xorijiy oliy o‘quv yurtlaridagi
olingan kreditlarni kafolatli tan olish orqali talabalar almashinuvini
samarali yo‘lga qo‘yishga yordam ko‘rsatish edi.
UCTS kreditlar shkalasi xuddi ECTS niki kabi bir akademik yil
uchun 60 kreditni tashkil qiladi (semestrda – 30). UCTS kreditlar
shkalasi faqat konvertatsiyalash shkalasi sifatida ishlatiladi. U qabul
qiluvchi va o‘qishga jo‘natuvchi oliy o‘quv yurtlaridagi mavjud kreditlar
tizimini (yoki o‘quv yuklamasini o‘lchashning boshqa turlarini)
almashtirish uchun mo‘ljallanmagan.
UCTS tizimi, akademik yil uchun 60 kredit va ECTS baholash
shkalasi joriy etilganligi sababli ECTS modeliga asoslangan bo‘lib, u
ECTS modelining soddalashtirilgan varianti hisoblanadi. UCTS tizimi
institutlar o‘rtasida faqat talabalarning yuklamalari va baholarini tan
olish va o‘tkazish maqsadida ishlab chiqilgan, u muayyan institutdagi
mavjud tizimni almashtirishni nazarda tutmaydi. UCTS tizimida fakultet
vakili faqat UCTS dan foydalanish bo‘yicha umumiy tavsiyalar beradi
va oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida muloqot yurituvchi shaxs hisoblanadi.
Talabaning o‘zi shaxsiy xorijiy ta'lim dasturini tuzadi. Talaba dasturni
tuzib bo‘lganidan so‘ng o‘qishga jo‘natuvchi va qabul qiluvchi
institutlar muayyan dasturdagi fanlarni o‘rganish uchun talabaga
beriladigan kreditlarga nisbatan o‘zlarining roziliklarini ma'lum
qilishadi.
UMAP talabalar almashinuvi shartlari batafsil ifodalangan ikki
tomonlama kelishuvlarni tuzishda universitetlarga yordam beradi va
ularni qo‘llab-quvvatlaydi.
Xuddi ECTS dagi kabi UCTS da ham, asosiy maqsad talabaning
xorijda olgan kreditlarini o‘qishga jo‘natuvchi institut tomonidan qayta
qabul qilinishini kafolatlash va shu orqali UMAP ning samarasini
oshirish hamda talabalarning mobilligini oshirishga qaratilgan.
Yaponiya sinov birliklari tizimi amerikaning USCS tizimi asosiga
qurilgan bo‘lib, uning faqat bitta farqli jihati – “kredit-soat” tushunchasi
“sinov birliklari” (units) atamasi bilan almashtirilganligidir. Shuni
ta'kidlash joizki, AQSh ning bir nechta universitetlari, xususan
Massachuset texnika universiteti ham ushbu atamadan foydalanadi.
Yaponiyalik talaba bakalavr darajasini olishi uchun universitetda 4 yil
o‘qishi kerak, undan 2 yili – keng umumta'lim tayyorgarlik, keyingi 2 yil
– mutaxassislik bo‘yicha ta'lim. Fanlar majburiy va tanlov fanlariga
bo‘linadi.
Shunday qilib, Yaponiyada bir sinov birligi talaba semestr
davomida biror fanni har haftada bir soat o‘qishini va bakalavr darajasini
olishi uchun 146 sinov birligi to‘plashi zarurligini anglatadi.
Yaponiyada oliy ta'limdan keyingi ta'lim ikki bosqichdan iborat:
"master course" – 2 yil davom etadi va magistrlik darajasini olish bilan
yakunlanadi va "doctor course" – 3 yil davom etadi va doktor darajasini
olish bilan yakunlanadi.
Magistr darajasini olish uchun talaba 30 sinov birligi to‘plashi
(bunda tanlov fanlari ilmiy rahbar bilan kelishib olinadi) va diplom
ishini yozishi kerak. Doktorlik darajasini olishi uchun magistrlik
darajasini olgandan so‘ng 3 yil davomida ilmiy rahbari nazoratida ilmiy
ish bilan shug‘ullanishi, bitiruv imtihonlarini topshirishi va doktorlik
dissertatsiyasini himoya qilishi zarur.
Xitoy ta'lim tizimini Chinxua universiteti, Pekin davlat universiteti,
Pekin texnika universiteti, Jilian universitetlari misolida o‘rganish shuni
ko‘rsatadiki, Xitoy Xalq Respublikasida Amerika ta'lim tizimiga
o‘xshash uch darajali ta'lim tizimi qabul qilingan. Bakalavr darajasini
olish uchun 120 kreditni, magistr darajasini olish uchun – 30-60 kreditni
qo‘lga kiritish kerak. O‘quv yili ikki semestrga ajratilgan va
1sentyabrdan boshlanadi. Biroq, semestr davomiyligi Amerika tizimidan
farq qilib 20 haftani tashkil qiladi. Universitetlarda o‘qish 4-5 yil,
tabbiyot universitetlarida – 7-8 yil va kasbiy-texnik maktablarda – 2-3
yilni tashkil etadi.
Shunday qilib, yuqorida keltirilganlardan ko‘rish mumkinki, nafaqat
davlatlarning ta'lim tizimlarida, balki “kredit” atamasini tushunish va uni
talqin qilishda ham sezilarli farqlar mavjud. Agar yevropa krediti o‘z
hajmi bo‘yicha barcha auditoriyadagi kontakt soatlarni va undan
tashqaridagi soatlarni aks ettirsa, Amerika kredit soati qat'iy ravishda
faqat auditoriyadagi kontakt soatlarni o‘zida ifodalaydi va talaba ikki
barobar ko‘proq mustaqil shug‘ullanishini, shu jumladan o‘qituvchi
rahbarligi ostida ham mustaqil shug‘ullanishini nazarda tutadi.
Yevropa kreditlarida doim talaba qancha vaqt auditoriyada
shug‘ullanishi haqidagi masala ochiq qoladi, va bu raqam fan, o‘qituvchi
yoki universitetga qarab o‘zgarishi mumkin. 2004 yilning aprelida Ednet
ta'lim tarmog‘i tomonidan o‘tkazilgan “Ta'lim bozorini globallashtirish:
Markaziy Osiyo universitetlari reformalari” mavzusidagi 4-Xalqaro
anjumanda 1 ECTS krediti - auditoriya mashg‘ulotlari, kollokviumlar,
anjumanlar, kutubxonalardagi bahs-munozaralar, tashqi tadbirlar va shu
kabida qatnashishni, ya'ni barcha turdagi kontakt mashg‘ulotlarini ham
hisobga olgan holda 24-36 ish soatlariga teng degan xulosaga kelingan.
ECTS tizimida taxminan 60 kredit – bir akademik yil, 30 kredit – bir
semestr, 20 kredit – bir trimestrdagi ta'limga mos keladi. Amerika krediti
(bir semestrda auditoriyadagi 12-18 soat mashg‘ulotga teng) bilan
taqqoslash uchun aytish mumkinki, yevropa davlatlarida talabalar
taxminan xuddi shuncha miqdorda auditoriyada shug‘ullanishadi, qolgan
vaqtni o‘qituvchi rahbarligidagi mustaqil ish deb hisoblash mumkin.
ECTS kredit – fanning o‘quv yuklamalarini o‘zlashtirish uchun mehnat
sarfini ifodalaydi, ish soatlari deganda esa – barcha turdagi kontakt
soatlar tushuniladi, deb aytish mumkin.
Kredit tizimlarining yuzaga kelgan keng qamrovli diversifikatsiyasi
sharoitida ECTS tizimi ko‘p millatli yevropa an'analarini inobatga olgan
holda turli ta'lim tizimlarini yaqinlashtiradi. O‘zbekistonda kredit ta'lim
tizimiga asoslangan milliy modelni ishlab chiqishda, yevropa ECTS
krediti va Amerika kredit soatlari tizimlarining yutuqlarini inobatga
olgan holda yuqori ta'lim sifatini va dunyo ta'lim jarayonlariga
integratsiyalashish uchun ishonchli asosni tanlash maqsadga muvofiqdir.
Yuqorida keltirilgan dunyo ta'lim tizimlari tahlilidan kelib chiqib
Amerika kreditlari (USCS) ni yevropa (ECTS) va Osiyo-Tinch Okeani
(UCTS) kreditlariga aylantirish ancha oson: 1 Amerika kredit-soati = 1
Xitoy krediti = 1 Yapon sinov birligi = 2 yevropa krediti = 2 Osiyo-
Tinch Okeani krediti = 4 Britaniya krediti.
Kredit ta'lim tizimini o‘rganish va tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki,
dunyoning turli davlatlarida u o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Shunga
qaramasdan, kredit ta'lim tizimining samarasi va maqsadga muvofiqligi
uning ko‘plab dunyo davlatlari ta'lim tizimlarida ko‘proq tarqalganligi
bilan asoslaniladi, chunki ta'lim dasturlarining talabalarda mustaqil
ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilishi ijodiy faollikni va
bilim olishga o‘zini safarbar qilishga, oxir-oqibat ta'lim sifatini
oshirishga imkon beradi.
Dostları ilə paylaş: |