Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti zaripova dilnoza anvarovna



Yüklə 1,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/89
tarix19.05.2023
ölçüsü1,84 Mb.
#116981
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   89
Ta\'limga kirish O\'quv qo\'llanma 2022 16 шрифт 3 2

Abdul-Majid Qodiriy (1886-1938 Toshkent). olim, o‘zbek adibi, 
o‘zbek tilidagi birinchi adabiyot, tarix va matematika darsliklari 
muallifi, jamoat arbobi va publitsist, Turkistonda jadidchilik harakati 
asoschilaridan biri. Majid Qodiriy Fors, arab, usmoniy turk, rus va ingliz 
tillarini mukammal bilgan. 1906 yildan boshlab rus-tuzem maktablarida 
ta'lim bergan, 1917 yildagi inqilobdan avval Toshkentdagi o‘rta 
maktablarda dars bergan hamda ularda mudirlik qilgan. 1918-1921 
yillarda Toshkentda jadidchilik harakati tomonidan tashkil etilgan “6-
nchi Turon maktabi”da mudir. 1918 yilda Kommunistik partiya 
a'zoligiga qabul qilingan. 1920-1921 yillarda – Toshkentdagi tabiiy 
hamda tarix fanlari pedlabaratoriyasida mudirlik qilgan. 1921 yilda 
Boyskaut maktabida dars bergan. 1921 yildan boshlab Turkiston davlat 
universitetining Eski shahar ishchi fakultetida o‘zbek tili muallimi 
sifatida o‘z mehnat faoliyatini boshlagan. 1921—1923 yillarda Ishchi 
fakulteti 
dekani 
hamda 
universitetning 
“Tajriba-izlanish” 
laboratoriyasida mudir. 1923 yilning 23 martida mamlakat taraqqiyoti 
yo‘lidagi alohida mehnatlari uchun “Mehnat Qahramoni” unvoni bilan 
taqdirlangan. 1923—1925 yillarda “Tabiatni muhofaza qilish” muzeyi 
mudiri. 1924 yilda Toshkenda joylashgan Vaqf sho‘basi xodimi bo‘lib 
ham faoliyat yuritgan. 1925 yildan boshlab O‘rta Osiyo osoriatiqalarni 
saqlash qo‘mitasi xodimi. 1925 yilda Parijda ochilgan ko‘rgazmada 
O‘zbekiston Respublikasining vakili sifatida ishtirok etgan. Parijga 
ketayotib, Berlinda to‘xtab, Germaniyada tahsil olayotgan o‘zbek 
talabalari bilan uchrashgan. 1928 yilda Toshkent shahrida O‘rta Osiyo 
universiteti qoshida tashkil etilgan “Fizika kabineti” mudiri. 1928—
1930 yillarda O‘rta Osiyo universitetining Ishchi fakultetida dekan 
hamda tarix fanlari kabinetining mudiri. 1929 yilning boshida 
Kommunistik partiya a'zoligidan mahrum etildi va 1930 yilda barcha 
mas'ul lavozimlardan ozod etildi. Sababi, 1929-1930 yillardagi 
proletariat hamda sovet mustamlakachilarining ashaddiy tarafdorlari 


tomonidan yog‘dirilgan tuhmatlar hamda matbuotda bosilgan feletonlar. 
Isboti topilmagan gumonlar bilan ayblangan. Majid Qodiriy 1930 yildan 
so‘ng ham maktab va O‘rta Osiyo universitetida ta'lim berib kelgan. 
1937 yilda NKVD xodimlari tomonidan “xalq dushmani” aybi bilan 
qamoqqa olingan. Rasmiy hujjatlarda 1938 yilning 2 aprel kuni hibsga 
olingan deb ko‘rsatilgan. 1938 yilning 12 sentyabrida “troyka” 
tomonidan oliy jazoga hukm qilingan, hukm (SSSR Oliy sudining 
Harbiy kollegiyasi, 05.10.1938 — Oliy jazo hukmi) Turkiston tarixidagi 
eng qonli kun – 1938 yilning 5 oktyabr kuni ijroga keltirilgan (Rossiya 
Federatsiyasi davlat arxivi, 24 jild, 418 ish, 114 varaq). 
Abdurashidxonov Munavvarqori (1878–1931.23.4) – siyosat va 
ma'rifat arbobi, Toshkentda jadidchilik harakatining yirik rahbari. 20-asr 
o‘zbek milliy matbuoti va yangi usuldagi milliy maktab asoschisi, yangi 
milliy teatr tashkilotchilaridan biri, adib va shoir. 1901 yilda usuli jadid 
maktabini ochgan va shu maktablar uchun maxsus o‘quvdasturini 
tuzgan, darsliklar yozgan. 

Yüklə 1,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin