Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti zaripova dilnoza anvarovna


Kredit tizimi asosida ta’lim jarayonlarini rejalashtirish, tashkil etish



Yüklə 1,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/89
tarix19.05.2023
ölçüsü1,84 Mb.
#116981
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   89
Ta\'limga kirish O\'quv qo\'llanma 2022 16 шрифт 3 2

 


Kredit tizimi asosida ta’lim jarayonlarini rejalashtirish, tashkil etish 
va uning sifatini ta’minlashning innovatsion metodlari 
Oliy maktabdagi o‘quv jarayoni oliy malakali mutaxassisni 
tayyorlashdagi tashkiliy, boshqaruv, bilish faoliyatini rivojlantirish kabi 
ko‘p qirralarni o‘z ichiga oluvchi murakkab jarayondir. 
O‘quv jarayoni asosan o‘quv mashg‘ulotlari va nazorat 
jarayonlaridan tashkil topgan. O‘quv mashg‘ulotlari barcha turdagi 
akademik mashg‘ulotlarni, talabalarning mustaqil ta'limi va malakaviy 
amaliyotlarni o‘z ichiga oladi. Nazorat jarayonlari talabalarning ta'lim 
dasturini qay darajada o‘zlashtirganligini ko‘rsatadi. 
O‘quv jarayonini rejalashtirish oliy o‘quv yurtining o‘quv 
faoliyatini boshqarishda muhim elementlaridan biri hisoblanadi. U 
quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi: 
• dastlab o‘quv yili davomidagi asosiy o‘quv jarayonlari va ularni 
amalga oshirish muddatlari aks ettirilgan akademik taqvim tuziladi; 
• namunaviy o‘quv rejaga qo‘shimcha ravishda tanlov fanlarining 
ro‘yxati shakllantiriladi; 
• namunaviy o‘quv reja va tanlov fanlari ro‘yxatiga mos ravishda 
edvayzerlar yordami bilan, Registrator Ofisi va dekan nazorati ostida har 
bir talabaning shaxsiy o‘quv rejasi shakllantiriladi; 
• ishchi o‘quv rejalari tuziladi; 
• fanlarning ishchi o‘quv dasturlari (syllabus) ishlab chiqiladi;
• yo‘nalish va mutaxassisliklarning ishchi o‘quv rejalariga mos ravishda 
kafedralarning o‘quv yuklamalari rejalashtiriladi va professor-
o‘qituvchilarning shtat jadvali hamda ularga taqsimlangan kreditlar 
tasdiqlanadi; 
• akademik potoklar va guruhlar kesimida dars jadvallari tuziladi. 
Bakalavriat namunaviy o‘quv rejalari 4 ta blokdan iborat bo‘ladi: 
1) tabiiy-ilmiy va gumanitar fanlar bloki; 
2) umumkasbiy fanlar bloki; 
3) ixtisoslik fanlari bloki; 
4) qo‘shimcha fanlar bloki. 
Magistratura namunaviy o‘quv rejalari 2 ta asosiy blokdan iborat 
bo‘ladi: 
1) umummetodologik fanlar bloki; 
2) mutaxassislik fanlari bloki. 
Fan bloklaridagi fanlar majburiy va tanlov fanlari bo‘lishi mumkin. 
Majburiy fanlarga malaka talablarida keltirilgan, o‘zlashtirilishi shart 


bo‘lgan fanlar kiradi. Tanlov fanlariga kadrlar buyurtmachilari talabi 
bilan oliy o‘quv yurti tomonidan taklif etiladigan fanlar kiradi. 
Namunaviy o‘quv rejalarda majburiy o‘zlashtiriladigan fanlar 
ularga ajratilgan kreditlar bilan birga keltiriladi. Tanlov fanlari bo‘yicha 
kreditlar oliy o‘quv yurtlari tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi. 
Yo‘nalish va mutaxassislikning ishchi o‘quv rejalari xarajatlarni 
optimallashtirish maqsadida eng ko‘p talabalar kontingentining shaxsiy 
o‘quv rejalaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqiladi. Ishchi o‘quv 
rejalarining talabalarning kelgusidagi kasbiy faoliyatini to‘laroq qamrab 
olgan holda katta kontingentga moslashtirilishi, o‘quv jarayonining 
samarasini oshiradi. 
Kredit ta'lim tizimida o‘quv ishlari hajmi o‘qitiladigan material 
hajmi bo‘yicha aniqlanadi va kreditlarda o‘lchanadi. 
Kredit – o‘quv ishlari hajminining o‘lchov birligi bo‘lib, 30 akademik 
soatga teng bo‘lishi mumkin (15 haftalik semestrda). Bunda auditoriya 
va mustaqil ta'lim soatlari bakalavriat va magistraturada – 1:1 nisbatda 
bo‘lishi mumkin. 
Har bir fanning hajmi butun sonli kreditlar bilan ifodalanadi. O‘rta 
hisobda fanlar soni 40 tadan oshmasligi sharti bilan bitta fanga o‘rtacha 
240/40=6 kredit ajratilishi mumkin, fanlar uchun kreditlar undan kam 
yoki ko‘p ham bo‘lishi mumkin. 
Ishchi o‘quv rejalarida auditoriya mashg‘ulotlarining nisbatlari 
(ma'ruza, amaliy, laboratoriya mashg‘ulotlari va h.k.) fanning o‘qitilish 
usullaridan kelib chiqqan holda oliy o‘quv yurtining ilmiy-uslubiy 
kengashi tomonidan komissiyalar xulosasiga ko‘ra belgilanadi. 
O‘quv rejasining har bir fani o‘ziga xos betakror nomga ega 
bo‘lishi lozim. O‘quv rejasida har bir fanga harfli va raqamli yagona 
kodlash tizimini qo‘llash lozim. Bunda fanning kodi uning nomiga mos 
bir nechta lotin harfi va tartibini ifodalovchi raqamlaridan iborat bo‘lishi 
va harfli kodini belgilashda xalqaro nomlanishdan kelib chiqish 
maqsadga muvofiq. Masalan, MATS203 kodi 2-kursda o‘qitiladigan 
matematikaning uchinchi murakkab bo‘limini (“Ehtimollar nazariyasi va 
matematik statistika”) anglatadi. Magistraturada o‘qitiladigan “Ilmiy-
tadqiqot metodologiyasi” fani RESM101 kodi bilan belgilanishi 
mumkin.
Bakalavriatda fanlar soni kamroq va yirik hajmli bo‘lishi 
maqsadga muvofiq. O‘quv rejadagi majburiy va tanlov fanlari ulushini 
belgilashda mutaxassisning tayyorgarlik darajasiga bo‘lgan talablar, 
fanlar mazmuni va ta'lim natijalari, fanlar tuzilmasi va ularning o‘zaro 


aloqadorligi va unifikatsiyalanish darajasi hamda xalqaro tajribalardan 
kelib chiqish maqsadga muvofiq. 
Barcha turdagi amaliyotlar va diplom ishlari, qo‘shimcha fanlar 
ta'lim dasturi doirasida amalga oshiriladi va umumiy kreditlar hisobiga 
kiritiladi. Bunda bitiruv semestrida amaliyotlar uchun 15 kredit va 
bitiruv ishini bajarish uchun 15 kredit ajratilishi maqsadga muvofiq. 
Jismoniy tarbiya fani qo‘shimcha fanlar hisobidan, sport seksiyalarida 
o‘qitilishi maqsadga muvofiq. 
Umumiy haftalik yuklama bakalavriatda 60 soatni tashkil etadi, 
undan 30 soati auditoriyada va 30 soati talabaning mustaqil ta'limiga 
ajratiladi, shu jumladan 8-14 soati o‘qituvchi rahbarligidagi mustaqil 
ishiga ajratilishi maqsadga muvofiq. 
Talabaning vaqt byudjeti quyidagicha bo‘ladi: nazariy ta'lim – 
240x30=7200 soat, shu jumladan auditoriyada – 15x240=3600 soat va 
mustaqil ta'lim shaklida shug‘ullanish uchun – 15x240=3600 soat 
ko‘zda tutiladi. 
Bundan ko‘rish mumkinki, talabaning semestrdagi o‘quv yuklamasi 
auditoriya va mustaqil ta'lim yuklamalarining 1:1 nisbatdagi yig‘indisi 
sifatida 30 kreditni tashkil qiladi (240 kredit : 8 semestr = 30 kredit). 
Kredit ta'lim tizimi joriy o‘quv yili uchun professor-
o‘qituvchilarning hamda talabalarning shaxsiy ta'lim traektoriyasidagi 
o‘quv faoliyatlarini rejalashtirishni nazarda tutadi. 
Har qanday o‘quv jarayoni asosida talabaning shaxsiy o‘quv rejasi 
yotadi, u o‘quv jarayonlari boshlanishidan oldin talaba tomonidan 
edvayzerning maslahati bilan tuziladi. Uni tuzish uchun namunaviy 
o‘quv rejasi asos bo‘ladi, uning tarkibiga malaka talablarida ko‘rsatilgan 
majburiy fanlar va tanlov fanlari kiradi. 
Shaxsiy o‘quv rejalarida mehnat bozorining ehtiyojlari, ish 
beruvchilarning talablari va talabalarning qiziqishlari aks ettirilishi 
lozim. Shu bilan birga ular bakalavrlarning mehnat bozorida erkin 
mo‘ljal olishlari va kelgusida ta'limni davom ettirishlari uchun umumiy 
savodxonlikning, ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy-boshqaruv, umumilmiy, 
kasbiy va ixtisoslik malakalarining shakllanishiga yordam beradi. 
Shunga ko‘ra, oliy o‘quv yurtlarining aniq yo‘nalishlari va 
mutaxassisliklari bo‘yicha shaxsiy o‘quv rejalarini tuzishda talabalarga 
davlat ta'lim standartlari va malaka talablarida belgilangan kasbiy 
malakalarni to‘liq egallashga imkon beradigan fanlar ro‘yxati tavsiya 
qilinadi. 
Masalan, 
texnik 
yo‘nalishdagi 
bakalavrlarni 
kasbga 
tayyorlashda ularning tabiiy-ilmiy fanlar, axborot texnologiyalari, 


muhandislik grafikasi fanlarida o‘qitiladigan umumtexnik bilimlarini 
olishi nazarda tutiladi. Shunga ko‘ra, umumta'lim fanlari blokining 
tanlov qismiga kasbiy faoliyat uchun asos bo‘ladigan fanlarni kiritish 
maqsadga muvofiq. 
Ishchi o‘quv rejalar barcha talabalarning tasdiqlangan shaxsiy 
o‘quv rejalari asosida tuziladi. Bunda talabalarning ongli ravishda 
yondashishi uchun sharoitlar yaratish juda muhim. Bo‘lg‘usi 
mutaxassisning kasbiy tayyorgarlik darajasi talabalarning ta'lim 
traektoriyasi qanchalik puxta o‘ylanganligi va mukammalligiga bog‘liq. 
Shu sababli, oliy o‘quv yurtlari o‘z tashkiliy tuzilmasida edvayzerlar 
xizmatini yo‘lga qo‘yishlari zarur bo‘ladi. Edvayzerlar sifatida 
talabalarning shaxsiy o‘quv rejalarini shakllantirish layoqatiga ega 
bo‘lgan, mutaxassislik kafedralarining tajribali o‘qituvchilari hamda 
o‘rindosh sifatida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona mutaxassislari 
faoliyat yuritishlari mumkin. 
Talaba o‘zining shaxsiy o‘quv rejasini shakllantirishda har bir 
semestr uchun 30 kredit hajmdagi fanlarni o‘zlashtirishni ko‘zda tutishi 
lozim, ular tarkibida namunaviy o‘quv rejasidagi majburiy fanlar 
bo‘lishi shart. 
Bulardan tashqari, talaba fan o‘qituvchilarini tanlash huquqiga ham 
ega. Talabalarga o‘qituvchilarning ilmiy darajasi, lavozimi haqida 
ma'lumotlar hamda ular tomonidan ishlab chiqilgan o‘quv-me'yoriy 
hujjatlar taqdim etilishi zarur bo‘ladi. Talabalarning o‘qituvchini 
tanlashiga sharoit yaratish maqsadida o‘quv semestrining dastlabki 
haftasida fanni o‘qitishga talabgor o‘qituvchilarning ochiq darslari 
o‘tkaziladi, bu o‘qituvchilarning darslari turli vaqtlarga rejalashtirilishi 
maqsadga muvofiq.
Oliy o‘quv yurtining va kafedralarning o‘quv yuklamalarini 
rejalashtirish o‘quv faoliyatining muhim masalalaridan biri hisoblanadi. 
O‘quv ishlarini rejalashtirishdan oldin pedagogik yuklama me'yorlari 
tasdiqlangan bo‘lishi zarur. Hozirgi kunda pedagogik yuklama 
me'yorlari oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan tavsiya 
qilinmoqda. Hozirgi globallashuv va oliy ta'limdagi islohotlar muhitida 
oliy o‘quv yurtlarining reytingini belgilovchi qator omillar kun tartibiga 
qo‘yilmoqda. Shunday ekan, har bir oliy o‘quv yurti ularni inobatga 
olgan holda o‘z reytingini oshirish hamda o‘quv jarayonini zamonaviy 
shaklda tashkil etish nuqtai-nazaridan pedagogik yuklama me'yorlariga 
tuzatishlar kiritishi maqsadga muvofiqdir. Oliy va o‘rta maxsus ta'lim 
vazirligi tomonidan oliy o‘quv yurtlariga bunday imkoniyatlarning 


berilishi pedagoglar faoliyatining samarali bo‘lishini hamda oliy ta'lim 
muassasalari reytingining oshishiga mustahkam zamin yaratadi. 
Oliy o‘quv yurti kesimida kafedra o‘quv yuklamalari va shtatlar 
jadvalini rejalashtirishni bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura 
mutaxassisliklarining ishchi o‘quv rejalari asosida amalga oshirish 
lozim. Bunda o‘quv yuklamalari hisobi kreditlar bo‘yicha amalga 
oshiriladi. 
Kredit ta'lim tizimi sharoitida o‘quv yuklamalarini rejalashtirish 
akademik potoklar soni va ularning sig‘imiga ham bog‘liq. Kredit ta'lim 
tizimida akademik potoklar va guruhlar fanlarga yozilgan talabalar 
kontingentidan kelib chiqib shakllantiriladi. Bunda o‘quv semestrining 
dastlabki haftasida fanni o‘qishga tavsiya etilgan barcha nomzodlar 
tomonidan talabalarning ixtiyoriy qatnashishi asosida mashg‘ulotlar olib 
boriladi va bu jarayon talabalarning o‘zi tanlagan o‘qituvchining faniga 
yozilishi bilan yakunlanadi. Keyingi haftadan boshlab akademik 
potoklar va guruhlar talaba tanlovi asosida shakllantiriladi. 
Akademik potoklar va guruhlar sonini aniqlash uchun oliy o‘quv 
yurti fanlarning ma'ruza, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari bo‘yicha 
talabalar sonining ruxsat etilgan chegaralarini oldindan belgilab olishi 
lozim. 
Lavozimlar bo‘yicha professor-o‘qituvchilar shtati o‘quv yuklama 
turlariga bog‘liq bo‘ladi. Barcha o‘qituvchilik lavozimlari kredit ta'lim 
tizimiga o‘tilishi munosabati bilan professor-dotsent-assistent ierarxiyasi 
qayta ko‘rib chiqilishi lozim. Qoidaga ko‘ra professor yoki dotsent – 
lektorlik, assistentlar – tyutorlik qilishlari mumkin. Bunda lektorlik va 
tyutorlik shtatlari ma'ruza va boshqa turdagi mashg‘ulotlarning 
nisbatidan kelib chiqib aniqlanadi. 
Oliy o‘quv yurti bo‘yicha jami o‘quv yuklamalari hajmining 
professor-o‘qituvchilar soniga nisbati bitta professor-o‘qituvchi uchun 
to‘g‘ri keladigan o‘rtacha yuklamani belgilaydi. Oliy o‘quv yurti 
kafedralarining professor-o‘qituvchilari shtatlari soni, an'anaga ko‘ra, 
o‘quv yuklamasini bitta professor-o‘qituvchi uchun to‘g‘ri keladigan 
o‘rtacha yuklamaga bo‘lish va natijani 0,25 ga yaxlitlash orqali 
aniqlanadi. 
Kafedra professor-o‘qituvchisining o‘rtacha yuklamasi professor, 
dotsent, katta o‘qituvchi va assistent lavozimlari bo‘yicha differensial 
tarzda taqsimlanishi maqsadga muvofiq. Shundan so‘ng kafedralar 
berilgan yuklamalardan kelib chiqqan holda professor-o‘qituvchilar 
tarkibi rejalashtirishni va pedagoglarga taqsimlashni boshlashadi. Bunda 


bir semestrda to‘liq shtatdagi bitta o‘qituvchiga to‘g‘ri keladigan fanlar 
soni mutaxassislik kafedralarida 3-6 bo‘lishi tavsiya etiladi.
O‘qituvchilarning umumiy pedagogik yuklamasiga barcha turdagi 
auditoriya yuklamalari (ma'ruza, amaliy, laboratoriya va h.k.), o‘qituvchi 
rahbarligidagi talabalarning mustaqil ish turlari (hisob ishlari, kurs 
ishlari, bitiruv ishlari, magistrlarning ilmiy-pedagogik faoliyatiga va 
magistrlik dissertatsiyalariga rahbarlik va sh.k.), malakaviy amaliyotlar 
va boshqalar kiradi. 
Akademik yilni rejalashtirish jarayoni dars jadvallarini tuzish bilan 
yakunlanadi, ularning nusxalari o‘qituvchi va talabalarga tarqatiladi. 
Dars jadvallarini tuzishda o‘qituvchi va talabalarning yuklamalari hafta 
davomida bir tekisda taqsimlanishi tavsiya etiladi.
O‘quv jarayonini tashkil etish. O‘quv jarayoni tasdiqlangan o‘quv 
rejalari, akademik taqvim, professor-o‘qituvchilar shtatlari jadvali,
akademik potok va guruhlar, darslar jadvali va talabalarning o‘qituvchi 
rahbarligidagi mustaqil ishlari asosida tashkil qilinadi. O‘quv jarayonini 
tashkil qilish bo‘yicha barcha ma'lumotlar fakultet va kafedralarning 
oynalariga, hamda oliy o‘quv yurtining saytiga joylanadi. 
Kredit ta'lim tizimida faoliyat yuritayotgan oliy o‘quv yurti o‘z 
talabalariga Davlat ta'lim standartlari va malaka talablari doirasida 
mutaxassislik fanlarini o‘zlashtirishlari hamda o‘qishni muvaffaqiyatli 
yakunlab akademik daraja olishlari uchun maksimal darajada qulay 
sharoitlar yaratishi lozim. Bunda oliy o‘quv yurti o‘quv jarayonining 
uslubiy ta'minoti uchun javobgar hisoblanadi. 
Shu maqsadda quyidagilar ishlab chiqiladi: 
1) har bir talaba uchun ma'lumotnoma-yo‘riqnoma; 
2) har bir fan bo‘yicha sillabuslar (ishchi o‘quv dasturlari); 
3) fanlar bo‘yicha auditoriya mashg‘ulotlari uchun o‘quv materiallari 
(ma'ruza matnlari, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari bayoni, 
interfaol tarqatma materiallar, multimedia ilovalari va h.k.); 
4) talabalarning o‘qituvchi rahbarligidagi mustaqil ta'limi uchun 
materiallar (uy vazifalari va topshiriqlari, o‘z-o‘zini baholash uchun 
nazorat materiallari, referat va kurs ishlari (loyihalari) mavzulari va 
ularni bajarish bo‘yicha uslubiy materiallar, elektron o‘quv materiallari); 
5) bilimlarni tekshirish uchun materiallar (yozma nazorat topshiriqlari, 
yozma va elektron testlar, imtihon biletlari); 
6) malakaviy amaliyotlarda qo‘llaniladigan materiallar (amaliyot 
o‘tkazish rejalari va dasturlari, kundaliklar, hisobot hujjatlari shakllari); 


7) talabalarning mustaqil ishi uchun materiallar (dayjestlar, ko‘p 
so‘raladigan savol-javoblar banki (FAQ), o‘rgatuvchi dasturlar, 
masofaviy ta'lim platformasi va forumlar). 
Talabalarning fanlarga yozilishini (o‘qituvchilarni tanlashini) 
tashkil qilish o‘quv jarayonining muhim jihati hisoblanadi. Buning 
uchun talabalar dekan nazoratida va edvayzer maslahatchiligida fanlarni 
tanlashadi. O‘quv semestrining birinchi haftasida esa o‘qituvchilarning 
darslariga tashrif buyurish, tahlil qilish orqali ularni tanlashadi. 
Registrator ofisi (RO) tomonidan talabalarni fanlarga yozish 
quyidagi tartibda amalga oshiriladi: 
1. O‘qishga yangi kirgan talaba o‘quv mashg‘ulotlari boshlanishidan 
oldin avgust oyida dekanatdan 1-kurs uchun ishchi o‘quv rejasini oladi. 
Edvayzer bilan maslahatlashib fanlarni tanlab olgach u o‘qishning 
birinchi haftasi davomida o‘zi tanlagan fanlarga yoziladi, o‘zining 
akademik yil uchun shaxsiy o‘quv rejasini shakllantiradi va fan 
o‘qituvchilarining darslariga tashrif buyurish orqali ular bilan tanishadi,
o‘zini qiziqtirgan savollarga javob oladi va o‘ziga ma'qul bo‘lgan fan 
o‘qituvchilarini tanlaydi. Shundan so‘ng shaxsiy o‘quv rejasini joriy 
o‘quv yili uchun o‘zgartirishga ruxsat etilmaydi. 
2. Kuzgi semestrning noyabr va bahorgi semestrning aprel oyining 
birinchi haftasida talabalar keyingi semestr uchun fanlarni tanlashadi va 
shaxsiy ish rejalariga tuzatish kiritishadi. Tuzatish kiritilgan shaxsiy 
o‘quv reja talaba tomonidan imzolanadi va RO ga topshiriladi. 
3. RO dekanatlar bilan kelishgan holda fanlar bo‘yicha o‘qiydigan 
talabalarning eng kam sonini, har bir o‘qituvchi uchun esa – akademik 
potokda (guruhda) o‘qiydigan talabalarning maksimal sonini belgilaydi. 
4. Agar biror tanlov faniga belgilanganidan kam miqdordagi talabalar 
yozilgan bo‘lsa, bu fan ochilmaydi va u ishchi o‘quv rejasiga 
kiritilmaydi. RO bu haqda bir hafta muddatda axborot oynasiga va oliy 
o‘quv yurtining saytidagi fakultet sahifasiga e'lon chiqaradi. Bekor 
qilingan tanlov faniga yozilgan talaba e'lon chiqqanidan so‘ng bir hafta 
muddatda fanlarni qayta tanlashi va RO ga shaxsiy o‘quv rejasiga 
o‘zgartirishlar kiritish haqida ariza berishi kerak. 
6. Agar fanga yozilgan talabalar soni belgilangan chegaradan oshib 
ketadigan bo‘lsa, dekanat ikkinchi akademik potokni shakllantiradi va 
o‘z xohishi bo‘yicha tegishli malakaga ega bo‘lgan o‘qituvchilarni 
tayinlaydi. Talabalar akademik potoklarga (guruhlarga) yozilish navbati 
bo‘yicha qayd qilinadilar. Bundan ko‘rinadiki, talaba butun o‘qish davri 


davomida bitta akademik potokda yoki guruhda emas, o‘z tanlovi 
bo‘yicha turli akademik potok va guruhlarda ta'lim olishi mumkin. 
7. O‘quv yilini yoki o‘quv semestrini muvaffaqiyatli yakunlagan talaba 
belgilangan vaqtda RO ga o‘zining shaxsiy ish rejasini topshirmagan 
bo‘lsa, unga kurs bo‘yicha tasdiqlangan ishchi o‘quv rejasi asos qilib 
olinadi. 
Fanlarga yozilish tugaganidan so‘ng fakultet dekani tomonidan 
talabalarning shaxsiy ish rejalari tasdiqlanadi va ishchi o‘quv rejalarini 
ishlab chiqish hamda joriy o‘quv yili yoki o‘quv semestri bo‘yicha 
o‘quv yuklamalari va ta'lim xarajatlarini hisoblash uchun asos qilib 
olinadi. 
Birinchi kurs talabalarining yangi ta'lim tizimiga tezroq 
moslashishlari uchun 15-25 avgust kunlari RO, edvayzerlar va ARM 
xodimlari tomonidan tegishli tashkiliy-uslubiy va maslahat ishlarini 
tashkil qilinishi tavsiya etiladi. 
Talaba shaxsiy ta'lim traektoriyasini shakllantirishida va tanlov 
fanlariga yozilishida, ushbu fanga asos bo‘ladigan fanlarni o‘qiganligi 
(prerekvizitlar) hisobga olinadi, aks holda talaba bu fanni tanlash 
huquqiga ega bo‘lmaydi. Talaba o‘zi tanlayotgan fan kelgusida qaysi 
fanlar (postrekvizitlar) uchun asos bo‘lishini bilishi ham juda muhim. 
Yozgi semestr kredit ta'lim tizimi sharoitida o‘quv rejasining 
muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. U talabaning tashabbusi 
bilan qo‘shimcha bilim olish, akademik qarzlarni topshirish, ta'lim 
dasturidagi farqlarni yo‘qotish maqsadida pullik asosda tashkil qilinadi. 
Yozgi semestrning davomiyligi akademik taqvim asosida yo‘nalishlar, 
mutaxassisliklar va kurslar kesimida belgilanadi. 
Yozgi semestrda o‘qishga quyidagi holatlarda ruxsat etiladi: 
• “yaxshi” va “a'lo” baholarga o‘qiyotgan talabalar (qo‘shimcha bilim 
olish maqsadida); 
• reyting-nazorat natijalari bo‘yicha imtixonga qo‘yilmagan talabalar 
(fanni to‘liq o‘zlashtirishi uchun); 
• oldingi akademik davrlar bo‘yicha akademik qarzi mavjud talabalar 
(akademik qarzini topshirishlari uchun); 
• o‘qishga tiklanayotgan, o‘qishini ko‘chirayotgan va akademik ta'tildan 
qaytgan talabalar (fanlar bo‘yicha farqlarni yo‘qotishlari uchun). 
Yozgi semestrda o‘qishga ruxsat berishda RO talabalarning GPA 
darajasini inobatga olishi shart. Masalan, 3 va undan yuqori GPA (B) – 4 
tagacha fanni, 2,0-3 GPA darajasi – 3 tagacha fanni o‘qishga ruxsat 
beradi. 


Yozgi semestr quyidagi reglament asosida tashkil qilinadi: 
• talaba yozgi semestr boshlanishigacha RO ga o‘zining yozgi semestrda 
o‘qishi sabablarini va qiziqishlarini ko‘rsatib ariza bilan murojaat qiladi; 
• RO talabalarning arizalarini ko‘rib chiqadi; 
• RO bahorgi sessiya yakunida talabalarni yozgi semestrga qabul qilish 
haqida qaror chiqaradi; 
• RO yozgi semestr uchun dars jadvalini tuzadi va talaba to‘lov pulini 
to‘laganidan so‘ng uni o‘quv ishlari prorektoriga tasdiqlatish uchun 
taqdim etadi. Dars jadvali yozgi semestrga jalb qilingan lektor va 
tyutorlarning bo‘sh vaqtiga qarab tuziladi
• yozgi semestr amaldagi baholash tizimi va talabalarning mustaqil 
baholanishi tamoyiliga ko‘ra tashkil qilinadi; o‘quv rejasidan tashqari, 
talabalarning qiziqishlari asosida tashkil qilingan fanlar bo‘yicha 
yakuniy baholashlarni yozgi semestrda dars olib borgan lektor va 
tyutorlar amalga oshirishlari mumkin; 
• RO yozgi semestr uchun to‘lovlarning o‘z vaqtida amalga oshirilishi 
uchun mas'ul hisoblanadi. 
Yo‘nalish va mutaxassisliklar o‘quv rejalari fanlari bo‘yicha yozgi 
semestrda o‘zlashtirilgan imtihon natijalari keyingi o‘quv yili uchun 
GPA darajasini belgilaydi. 

Yüklə 1,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin