Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti zaripova dilnoza anvarovna


Kredit-modul tizimida pedagoglar faoliyati



Yüklə 1,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/89
tarix19.05.2023
ölçüsü1,84 Mb.
#116981
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   89
Ta\'limga kirish O\'quv qo\'llanma 2022 16 шрифт 3 2

Kredit-modul tizimida pedagoglar faoliyati 
Kredit-modul tizimida akademik faoliyat turlari. Kredit ta'lim 
tizimini joriy etishning yangi sharoitlarida professor-o‘qituvchilarning 
roli ham sezilarli darajada o‘zgaradi. 
Kredit ta'lim tizimida o‘qituvchi (pedagog) o‘zining vazifasiga 
ko‘ra ta'lim jarayonining quyidagi sub'ektlari sifatida faoliyat olib 
borishi mumkin: 
• lektor; 
• tyutor; 
• edvayzer; 
• maxsus komissiya a'zosi. 
Lektor sifatida yuqori akademik professorlar yoki dotsentlar 
safidan malakali o‘qituvchilar tayinlanadi. Ular ma'ruza darslarini yuqori 
ilmiy-uslubiy darajada olib borishadi.
Ma'ruzalar akademik potoklarga, ya'ni mutaxassisligi yaqin 
bo‘lgan bir nechta guruhlarga o‘qiladi. Auditoriyadagi talabalar soni 
lektorning malakasidan va auditoriyaning texnik imkoniyatlaridan kelib 
chiqib belgilanadi.


Professor va dotsentlar o‘zlarining ilmiy saviyasi, ilmiy izlanish 
yo‘nalishlari va pedagogik mahoratidan kelib chiqib bir mutaxassislik 
ichida bir nechta fanlaridan ma'ruza o‘qishlari mumkin. 
Oliy o‘quv yurtining Ilmiy kengashi qaroriga ko‘ra ma'ruza o‘qish 
huquqi ilmiy darajasiz, lekin eng tajribali va yuqori malakali 
o‘qituvchilarga ham beriladi. 
Lektor, tyutor, edvayzer va boshqa sub'ektlarning vazifalari. Lektor 
o‘zining har bir ma'ruza mashg‘uloti bo‘yicha o‘qituvchi rahbarligisiz 
amalga oshiriladigan talabaning mustaqil ta'limiga (TMT) ga 0,5-1 soat 
oralig‘ida vaqt ajratishi maqsadga muvofiq. 
Tyutor – fan o‘qituvchisi sifatida amaliy va laboratoriya 
mashg‘ulotlarini olib boradi, maslahat beradi, O‘RTMI ni tashkil qiladi 
va amalga oshiradi, kurs ishlariga rahbarlik qiladi, amaliyotlarni tashkil 
qiladi. 
Tyutor har bir talabaning fanni o‘rganishini nazorat qiladi, shaxsiy 
topshiriqlarni bajarishini va amaliy mashg‘ulotlardagi faoliyatini 
baholaydi va zarur bo‘lsa yordam ko‘rsatadi. Shuningdek, tyutor 
talabaning aniq bir fanni o‘rganishdagi faoliyatini umumiy tahlil qilishi 
mumkin. 
Tyutorlar quyidagi sifatlarga ega bo‘lishlari lozim: 
o‘qituvchilik: amaliy mashg‘ulotlarni talab darajasida olib borish, 
talabalarga kasbiy o‘zini anglashda yordam berish, fanning o‘quv-
uslubiy materiallaridan to‘g‘ri va samarali foydalanishlarini ta'minlash; 
maslahatchilik: talabalarning bilish jarayonlarini muvofiqlashtirish, 
guruhli maslahat va muloqot darslarini olib borish, fanning turli 
masalalari bo‘yicha talabalarga yakka tartibda maslahatlar berish; 
menejerlik: talabalar guruhlarini yig‘ish va shakllantirish, guruhli 
mashg‘ulotlarni boshqarish, talabalarning fanni o‘zlashtirishini nazorat 
qilish. 
Tyutorning vazifalari quyidagilardan iborat: 

talabaning o‘qishi maksimal darajada samarali bo‘lishiga yordam 
berish; 

talabalarning o‘zlashtirishini muntazam nazorat qilish; 

bajarilgan topshiriqlar bo‘yicha talaba bilan aloqani ta'minlash; 

guruhli va yakka tartibda maslahatlar berish; 

butun o‘qish davrida o‘qishga bo‘lgan qiziqishini ta'minlash. 
Tyutor O‘RTMI uchun har bir amaliy mashg‘ulotga nisbatan 0,5-1 soat 
oralig‘ida vaqt ajratishi tavsiya etiladi. 


Shaxsiy o‘quv traektoriyasini tanlash va amalga oshirish, shuningdek 
o‘quv rejalarining mobilligi va moslashuvchanligini ta'minlash uchun 
kredit ta'lim tizimi sharoitida oliy o‘quv yurtlarida maslahat xizmati, 
ya'ni edvayzerlar – akademik maslahatchilar xizmati tashkil qilinadi. 
Ularning soni fakultetdagi talabalarning sonidan kelib chiqib aniqlanadi. 
Edvayzerlar talabalarning akademik manfaatlarini himoya qilishi 
va o‘quv jarayonini tashkil etish bo‘yicha barcha zarur axborot 
materiallarini tayyorlashda ishtirok etishi, ularni talabalarga elektron 
shaklda taqdim etishi va ularning shaxsiy o‘quv rejalarini tuzish va 
tuzatish kiritishda yordam berishi, uslubiy materiallarning o‘z vaqtida 
tayyorlanishi va mavjudligini, yo‘nalishning barcha fanlari bo‘yicha 
oraliq va yakuniy nazoratlarni o‘tkazish qoidalarining bajarilishini 
nazorat qilishi zarur. 
Edvayzer – o‘qish davri bo‘yicha shaxsiy o‘quv traektoriyasini tanlash 
va ta'lim dasturini o‘zlashtirishga yordam beruvchi o‘qituvchi 
hisoblanadi. Bundan tashqari, edvayzer talabaga kelgusidagi karerasiga 
oid masalalarni yechishda, bitiruv ishi mavzusini tanlashda, kasbiy 
amaliyot bazalarini aniqlashda maslahat yordamini ko‘rsatishi mumkin. 
Edvayzerning vazifalari quyidagilardan iborat bo‘ladi: 
• talabalarga shaxsiy o‘quv traektoriyalarini aniqlash va ta'lim dasturini 
o‘zlashtirishda yordam ko‘rsatish; 
• o‘quv traektoriyasini tanlashda talabalarning ehtiyojlari, qiziqishlari va 
istaklarini aniqlash; 
• talabalarga fanlarni tanlashda maslahatlar berish; 
• talabalarga shaxsiy o‘quv rejalarini tuzish va zarur bo‘lsa tuzatishga 
yordam berish;
• talabalarning o‘zlashtirishi va akademik mavqyei masalalari bo‘yicha 
ekspert komissiyalari ishida ishtirok etish. 
Edvayzerlar kafedra mudirlari bilan kelishilgan holda oliy o‘quv 
yurti rektori buyrug‘i bilan tayinlanadi. Edvayzer talabalarni oliy o‘quv 
yurtining o‘ziga xos jihatlari, ishchi o‘quv rejasi mazmuni, diplom olish 
uchun qo‘yiladigan talablar, tanlangan yo‘nalishning imkoniyatlari bilan 
tanishtiradi va talabalarning moyilligi, imkoniyatlari, qiziqishlari va 
maqsadlariga muvofiq shaxsiy o‘quv traektoriyalarini tanlashda 
yordamchi hisoblanadi. Edvayzer qayd qilish tadbirlarida ishtirok etadi. 
Har bir edvayzerga RO tomonidan ma'lum miqdorda talabalar 
biriktiriladi. Talabalar biriktirilgandan so‘ng edvayzer ular bilan shaxsiy 
rejimda ishlashga o‘tadi. Edvayzer tashkiliy-uslubiy ishlarda ishtirok 
etadi hamda fanlarni tanlash va ularga yozilish bo‘yicha maslahatlar 


beradi, yo‘nalishning tanlov fanlari kataloglari va ishchi o‘quv dasturlari 
bilan tanishtiradi. 
O‘quv yili davomida edvayzer fakultet dekani tomonidan 
tasdiqlanadigan maslahat jadvallariga muvofiq ishlaydi. Talabalarning 
shoshilinch akademik muammolarini hal qilish maqsadida edvayzer ish 
jadvalidan tashqari shaxsiy uchrashuvlarni ham belgilashi mumkin. 
Edvayzerning maslahatchilik faoliyati quyidagilarni o‘z ichiga 
oladi: 
• talabalarni ta'lim jarayonining qoidalari bilan tanishtirish; 
• talabalarning qarashlari, qadriyatlari, ularning moyilligi va 
imkoniyatlarini aniqlash; 
• namunaviy o‘quv reja va tanlov fanlari katalogi bilan tanishtirish 
(majburiy, tanlov fanlari ro‘yxatini, fanlarning prerekvizitlarini tuzishga 
qo‘yiladigan talablar bilan); 
• kreditlar miqdori va ularni o‘zlashtirish bo‘yicha tushuntirishlar olib 
borish. 
Kredit-modul tizimida xorijda keng tarqalgan supervayzerlik, 
moderatorlik, fasilitatorlik kabi faoliyat turlari ham ko‘zda tutilishi 
mumkin. 
Fasilitator - (ingliz tilida facilitator, latincha facilis–engil, qulay) - 
guruhlardagi faoliyat natijasini samarali baholash, muammoning ilmiy 
yechimini 
topishga 
yo‘naltirish, 
guruhdagi 
komunikatsiyani
rivojlantirish kabi vazifalarni bajaradi. 
Moderator - qabul qilingan qoidalarga amal qilish tekshiradi, 
tinglovchilarning 
mustaqil 
fikrlash 
va 
ishlash 
qobiliyatlarni 
rivojlantirish, 
bilish 
faolyatini 
faollashtirishga 
yordam 
beradi. 
Ma'lumotni, seminarni, treninglar va davra suhbatlarini boshqaradi, 
fikrlarni umumlashtiradi. 
Supervayzer - quyidagi to‘rt fazifani bajaradi: o‘qituvchi sifatida 
o‘rgatadi, fasilitatorlik, maslahatchi, ekspert vazifani bajaradi. 
Bizning ta'limda ushbu faoliyatlarning hammasi professor-o‘qituvchilar 
tomonidan bajariladi. O‘qituvchilik faoliyatini bunday turlarga ajratish 
bu faoliyat turining samarasini yanada oshiradi. 
O‘quv rejalari, ishchi o‘quv dasturi, talabaning mustaqil ishi 
sifatini nazorat qilish bo‘yicha komissiyalar. Kredit ta'lim tizimida oliy 
o‘quv yurtlarida o‘quv jarayonini samarali tashkil qilishga yordam 
beruvchi turli komissiyalar tuzilishi maqsadga muvofiq. Tajribalarni 
o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, qator xorijiy oliy o‘quv yurtlarida bunday 
komissiyalar sifatida: o‘quv rejalari bo‘yicha, ishchi dasturlar bo‘yicha, 


TMI sifatini nazorat qilish, o‘qituvchilar faoliyatini nazorat qilish va 
baholash, kasbga yo‘naltirish, o‘quv jarayoniga ilmiy yutuqlarni tatbiq 
etish bo‘yicha komissiyalar joriy etilishi mumkin. 
O‘quv rejalari bo‘yicha komissiya. Komissiya faoliyatining 
maqsadi – butun o‘quv davri uchun yo‘nalishlar bo‘yicha ishchi o‘quv 
rejalarini ishlab chiqishdir. Komissiya faoliyati quyidagilarni o‘z ichiga 
oladi: 
1) tanlov fanlari ro‘yxatini shakllantirish va tizimga solish; 
2) kafedralarga yo‘nalishlar bo‘yicha prerekvizitlarni aniqlashda yordam 
berish; 
3) ishchi o‘quv rejalarini tuzish. 
Komissiya a'zolarining majburiyatlari quyidagilardan iborat: 
1) o‘quv rejalari bo‘yicha komissiya ishida muntazam ishtirok etish; 
2) talabaning o‘quv traektoriyasini shakllantirish bo‘yicha seminarlar 
ishida ishtirok etish; 
3) tanlov fanlarini tanlash bo‘yicha asosiy holatlarni muntazam ravishda 
ishlab chiqish; 
4) tanlov fanlari ro‘yxatiga kiritish uchun fanlarning tayyorligini 
ekspertiza qilish; 
5) prerekvizitlar tizimini shakllantirish bo‘yicha asosiy yondashuvlarni 
ishlab chiqish. 

Yüklə 1,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin