Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti zaripova dilnoza anvarovna



Yüklə 1,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/89
tarix19.05.2023
ölçüsü1,84 Mb.
#116981
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   89
Ta\'limga kirish O\'quv qo\'llanma 2022 16 шрифт 3 2

O‘quv rejalarining mosligi. Hozirgi kunda O‘zbekiston oliy ta'lim 
tizimida bir xil yo‘nalishdagi o‘quv rejalarning turdosh OTM larda 
o‘zaro farq qilishini kuzatish mumkin. Kredit-modul tizimi joriy 
qilinishi bilan esa o‘quv rejalar Bolonya jarayoni ishtirokchi
davlatlaridagi o‘quv rejalarga to‘liq mos bo‘ladi va diplomlarning o‘zaro 
tan olinishiga sharoit yaratiladi. Buning uchun birinchi navbatda o‘quv 
rejalarimizning xorijiy o‘quv rejalarga mosligini tahlil qilishimiz zarur. 


Ta’lim natijalari. Kredit-modul tizimida ta'lim mazmuni “ta'lim 
natijalari” asosida rejalashtiriladi. Yanada aniqroq aytadigan bo‘lsak, 
talabalarga o‘qitiladigan fanlar va ularning mazmuni kelgusidagi kasbiy 
faoliyat turi uchun qanchalik zarurligidan kelib chiqib shakllantiriladi. 
Ochig‘i, hozirgi kunda biz bu borada maqtana olmaymiz, chunki o‘quv 
rejalariga ob'ektiv va sub'ektiv sabablarga ko‘ra har xil fanlar kirib 
qolgan. Bu muammoni hozirgi kunda ikki xil usulda yechish mumkin. 
Birinchidan – bakalavriat va magistratura ta'lim dasturlari bo‘yicha 
kompetensiyalar jadvalini shakllantirish, professiogrammalarni tuzish 
zarur. Bu juda aniq, lekin katta hajmdagi ish hisoblanadi. 
Ikkinchidan – o‘quv rejalarini xorijiy tahlil qilish zarur. Bunda 
yetakchi xorijiy oliy o‘quv yurtlarining o‘quv rejalari va sillabuslari 
mazmuniga mo‘ljal olinadigan bo‘lsa kamroq xatoga yo‘l qo‘yiladi va 
bu ishni mutaxassislik kafedralarining mas'ul o‘qituvchilarining 
imkoniyatlari darajasida hal qilish mumkin.
O‘quv rejalarini shakllantirib bo‘lganimizdan so‘ng “tanlov fanlari 
katalogi”ni tuzib, ularni talabalar tanloviga taqdim qilishimiz zarur. Shu 
orqali o‘quv rejalaridagi fanlar talabalarning qiziqishlariga, kadrlar 
iste'molchilarining talablariga qay darajada mos kelishini bilib olish 
mumkin. 
Registrator Ofisi. Amaldagi ta'lim tizimida talabalar kontingenti 
bilan dekanatlar, o‘quv bo‘limi, kadrlar bo‘limi, qabul bo‘limi kabi 
ko‘plab bo‘linmalar shug‘ullanishadi. Talabalar kontingenti bilan 
shug‘ullanadigan markazlashgan bo‘linma esa mavjud emas.
Kredit-modul tizimida talabalar kontingenti bilan markazlashtirilgan 
bo‘linma – Registrator Ofisi shug‘ullanadi. Uning vazifasi - akademik 
taqvim tuzish va uning o‘z vaqtida bajarilishini nazorat qilish, qabul 
komissiyasining ishini tashkil qilish, fanlarga yozilishni tashkil qilish 
(Enrollment), akademik guruhlarni shakllantirish, kirishda bilimlarini 
aniqlashni tashkil qilish va uni nazorat qilish, yakuniy nazorat va oraliq 
attestatsiyalarni 
tashkil 
qilish 
va 
o‘tkazish, yakuniy davlat 
attestatsiyasini tashkil qilish va o‘tkazishni nazorat qilish, talabalarning 
shaxsiy hujjatlarini arxivgacha saqlash, “Registrator” ma'lumotlar 
bazasini shakllantirish va muntazam yangilash, transkriptni yuritish va 
unga talabalarning baholarini kiritish, tantanali marosimlarni tashkil 
qilish va o‘tkazish (bitiruvchilarning diplomlarini rasmiylashtirish va 
tantanali ravishda taqdim etish), talabalar kontingenti bo‘yicha statistika 
yuritish kabi vazifalardan iborat bo‘ladi.


Bu tuzilma kredit-modul tizimida talabaga qaratilgan bo‘linma bo‘lib, 
uni kredit-modul tizimiga to‘liq o‘tilgunga qadar vaqtincha dekanat va 
bo‘limlardan xodimlarni jalb qilish orqali tashkil qilish mumkin. 

Yüklə 1,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin