Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti zaripova dilnoza anvarovna



Yüklə 1,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/89
tarix19.05.2023
ölçüsü1,84 Mb.
#116981
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   89
Ta\'limga kirish O\'quv qo\'llanma 2022 16 шрифт 3 2

Modulli o‘qitish. Kredit-modul tizimining amaldagi ta'lim 
tizimidan farq qiluvchi jihatlaridan yana biri shundaki, bunda fanlar 
modulli asosda tashkil qilinadi va o‘qitiladi. Ya'ni har bir modul (fan va 
uning bo‘limi) kirish nazorati, nazariy materiallar, amaliy va 
laboratoriya ishlari materiallari, mustaqil ish topshiriqlari, keyslar, 
nazorat materiallari, testlar, tarqatma materiallar, glossariy, adabiyotlar, 
chiqish nazoratlari va h.k. qismlardan tashkil topgan bo‘ladi. 
Talabaning shaxsiy traektoriyasi. Kredit-modul tizimida 
talabalarni 
hayotda 
mustaqil 
bo‘lishga 
ko‘niktirish 
amaliyoti 
qo‘llaniladi. Ya'ni, talabaga o‘z shaxsiy traektoriyasini tuzish va har 
semestrda boshqa akademik guruhda o‘qish imkoni beriladi.
Shuningdek, talabalarni tabaqalab o‘qitishga jiddiy e'tibor qaratiladi, 
bunda ilg‘or talabalarni alohida o‘qitish orqali ta'lim samarasi oshirish, 
ularning akademik yutuqlariga zamin yaratish mumkin. 
Yozgi semestr va ekstern imtihonlar. Sust o‘qiydigan 
talabalarning fanlarni qayta-qayta topshirishlariga chek qo‘yiladi. Fanni 
birinchi qayta topshirishdan o‘ta olmagan talabaga yozgi semestrda 
fanni qayta o‘qishga imkon beriladi. 
Ilg‘or talabalarga esa semestr boshida ekstern imtihon topshirish orqali 
kreditlarni oldindan olish imkoni ham taqdim etilishi mumkin. 
Baholash tizimining shaffofligi. Amaldagi ta'lim tizimida 
haligacha “o‘qituvchining o‘zi o‘qitib - o‘zi baholash” amaliyotini 
kuzatish mumkin.
Kredit-modul tizimida esa o‘qituvchi asosan o‘qitish bilan 
shug‘ullanadi. Baholashni esa komissiya amalga oshiradi. Ya'ni, 
pedagoglar “lektor” va “tyutor” larga ajratiladi. Lektor – nazariy bilim 
beradi, tyutor – nazariy bilimlar asosida talabalarning amaliy 
ko‘nikmalarini shakllantiradi, oddiy qilib aytganda talabalarni 
imtihonga tayyorlaydi. Imtihonni esa komissiya qabul qiladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5-iyundagi PQ-
3775-sonli Qarorida muayyan fandan dars bergan pedagogning yakuniy 
nazorat jarayonlaridagi ishtiroki istisno etildi va talabaning o‘zlashtirish 
darajasi – professor-o‘qituvchilar faoliyatini baholashning asosiy mezoni 
etib belgilandi. Ya'ni, endilikda “o‘qituvchining o‘zi o‘qitib - o‘zi 
baholash” usuli kun tartibidan olib tashlandi. 

Yüklə 1,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin