aniqlangandan so‘ng, ushbu asosda kafedralar shtatini shakllantiriladi,
bunda esa kafedra o‘quv yuklamalari hajmiga asoslaniladi.
Kredit-modul tizimida talaba-o‘qituvchi nisbati 16:1 va undan ham
yuqori bo‘lishi ko‘zda tutiladi. Bunga
auditoriya yuklamalarini
kamaytirish, talabaning mustaqil ishi hajmini oshirish, o‘quv rejalarni
unifikatsiyalash, darslarni katta auditoriyada tashkil qilish orqali erishish
mumkin.
Talabaning mustaqil ish turlari. Ochig‘ini
tan olishimiz
kerak, biz asosan “talabani qanday o‘qitishimiz kerak?” degan muammo
ustida bosh qotiramiz. Kredit-modul tizimida esa “talaba qanday o‘qishi
kerak?” degan muammo ko‘ndalang qo‘yiladi. Buni batafsil izohlab
o‘tamiz.
Amaldagi ta'lim tizimida asosan auditoriyadagi darslarga ko‘proq
e'tibor beriladi, talabaning mustaqil ishiga esa jiddiy e'tibor
qaratilmaydi, chunki bu faoliyat turi chuqur o‘rganilmagan.
Kredit-modul tizimida esa fan moduli tarkibidagi “O‘qituvchi
Rahbarligidagi Talabaning Mustaqil Ishi” (O‘RTMI) va o‘qituvchiga
bog‘liq bo‘lmagan “Mustaqil Ta'lim” (MT) muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘RTMI ga keyslar,
topshiriqlar, intervyu, krossvord, viktorina, esse,
dayjest, taqdimot, hisob ishi, hisob-chizma ishi, kurs loyihasi, kurs ishi,
ilmiy
izlanishlar, fan to‘garaklarida qatnashish va h.k.larni misol qilib
keltirish mumkin. Bunday faoliyat turlariga rahbarlik qilish uchun
alohida o‘quv yuklamalari joriy etilishi maqsadga muvofiq. MT ga esa
vodkastlar, o‘rgatuvchi testlar,
virtual trenajyorlar, FAQ, forumlarni
misol qilib keltirish mumkin. O‘RTMI va MT turlari ro‘yxatini,
glossariylarni, ularni qo‘llash bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalarni zarur
darajada shakllantirishimiz mumkin, lekin eng asosiy masala –
har bir
fan bo‘yicha o‘ziga xos O‘RTMI va MT turlarini ishlab chiqishdir.
Ayniqsa, ushbu mustaqil ish turlarini masofaviy ta'lim platformalarida
shakllantirish shu kunning eng dolzarb muammolaridan biridir. Bu
jarayonlarni ilg‘or pedagoglarning tajribalarini ommalashtirish orqali
jadallashtirish mumkin.
Dostları ilə paylaş: