Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti zaripova dilnoza anvarovna


-bob. Xalq ta’limi tizimining joriy holati va mavjud muammolar



Yüklə 1,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/89
tarix19.05.2023
ölçüsü1,84 Mb.
#116981
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   89
Ta\'limga kirish O\'quv qo\'llanma 2022 16 шрифт 3 2

2-bob. Xalq ta’limi tizimining joriy holati va mavjud muammolar 
 
Hozirgi vaqtda xalq ta’limi tizimi umumiy o‘rta va maktabdan 
tashqari ta’limni o‘z ichiga oladi. 
Xalq ta’limi tizimida turli ehtiyojga ega bo‘lgan bolalarga 
qaratilgan muassasalar — o‘qitish darajasi ta’lim standartlaridan yuqori 
bo‘lgan muassasalar (ixtisoslashtirilgan muassasalar) va imkoniyati 
cheklangan bolalar uchun ta’lim muassasalari faoliyat yuritadi. 
2019-yil 1-aprel holatiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasida 9 691 
ta umumta’lim maktablari (jumladan, ayrim fanlar chuqurlashtirib 
o‘qitiladigan 350 ta davlat ixtisoslashtirilgan muassasalari) mavjud. 
Umumta’lim maktablaridagi umumiy o‘quvchilar soni 5,8 
millionni tashkil qiladi. Shuningdek, 86 ta nodavlat ta’lim muassasasida 
13,8 ming nafarga yaqin o‘quvchi tahsil oladi. 
Bolalarning ijodiy qobiliyati va iqtidorini rivojlantirish imkoni 
yaratilgan maktabdan tashqari ta’lim muassasalari (“Barkamol avlod” 


markazlari) faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. “Barkamol avlod” markazlarida 5 
540 ta to‘garak tashkil etilgan va ularga 143 ming nafarga yaqin bolalar 
qamrab olingan. 
Respublikamizda umumiy o‘rta ta’lim tizimida boshlang‘ich kasb-
hunar ta’limi joriy etilgan bo‘lib, 51 turdagi ishchi kasblar bo‘yicha 
kasb-hunar kollejlari hamda umumta’lim maktablarida 1 748 ta o‘quv-
ishlab chiqarish majmualari tashkil etilgan. 
Xalq ta’limi tizimida jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni 
bo‘lgan bolalar uchun 86 ta ixtisoslashtirilgan maktab va 21 ta maktab-
internat mavjud bo‘lib, ularda 20 610 nafar bola ta’lim olmoqda. 
Shuningdek, jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan va 
uzoq muddatli davolanishga muhtoj 13 437 nafar bolalar uyda ta’lim 
olmoqda. 
Alohida sharoitlarda tarbiyalash va ta’lim berishga muhtoj 
bolalarning ta’limi 2 ta ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasasida 
amalga oshirilmoqda. 19 ta Mehribonlik uyi va 3 ta bolalar 
shaharchasida 2 577 nafar yetim hamda ota-ona qaramog‘idan mahrum 
bo‘lgan bolalar tarbiyalanmoqda. 
Xalq ta’limi tizimiga oid qonunchilikda, institutsional 
rivojlanishda, maktab yoshidagi bolalarga zamon talablariga mos 
ravishda ta’lim-tarbiya berishda ayrim bo‘shliq va kamchiliklar mavjud, 
shu jumladan: 
a) umumiy o‘rta ta’limni boshqarish sohasida: 

umumta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etishda ta’lim sifatini 
yuqori bosqichga ko‘tarish hamda mavjud muammolarni o‘z vaqtida 
hal etish talab etilmoqda; 

umumta’lim muassasalariga yuklatilgan vazifalarning deklarativ 
xaraktyerga egaligi, ularni amalga oshirish bo‘yicha tashkiliy-
huquqiy mexanizmlarning yetishmasligi amalga oshirilayotgan 
islohotlarning samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda; 

mahalliy davlat hokimiyati organlari umuta’lim muassasalari 
faoliyatini chuqur tahlil qilmasdan, faqatgina statistik va boshqa 
ma’lumotlarni to‘plash bilan chegaralanayotganligi joylardagi 
haqqoniy holatni aniqlashga to‘sqinlik qilmoqda; 

davlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish, umumta’lim muassasalarini 
boshqarish, ishlarni rejalashtirish va tashkil etish jarayonida 
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish 
darajasi pastligi qabul qilinayotgan qarorlarning samarali amalga 
oshirilishini ta’minlash, ushbu jarayonni tezkor kuzatib borish 


imkonini bermayapti, shuningdek davlat boshqaruvini ortiqcha 
byurokratlashtirish va uning sarf-xarajatlari oshishiga olib kelmoqda; 

xalq ta’limi tizimida ijtimoiy va davlat-xususiy sheriklikning 
rivojlanmaganligi nodavlat notijorat tashkilotlari va tadbirkorlik 
subyektlarining ta’lim sohasidagi muammolarni hal etishdagi 
ishtirokini cheklamoqda; 

xalq ta’limi tizimida boshqaruv vertikalini amalga oshirish 
mexanizmining yetarlicha rivojlanmaganligi tuman (shahar) xalq 
ta’limi bo‘limlari rolining sezilarli darajada pasayishiga sabab 
bo‘lmoqda; 

umumta’lim muassasalariga bolalarni qabul qilish, shuningdek o‘quv 
jarayonida turli shakldagi korrupsiya elementlariga barham berish 
bo‘yicha samarali mexanizmlarni joriy qilish talab etilmoqda; 
b) kadrlarni tayyorlash sohasida: 

matematika, fizika, kimyo, informatika, ingliz tili va boshqa chet 
tillari kabi fanlar bo‘yicha pedagog kadrlar yetishmovchiligi 
kuzatilmoqda; 

oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish jarayoniga uzoq hududlardagi 
talabalar uchun o‘qishga kirishda imtiyozlarning yo‘qligi sababli tog‘ 
va cho‘l hududlaridagi maktablarda o‘qituvchilarga ehtiyoj yuqori 
darajada qolmoqda; 

umumta’lim muassasalari o‘qituvchilarining 14 foizini o‘rta maxsus 
ma’lumotli mutaxassislar tashkil etmoqda; 

pedagogika 
yo‘nalishidagi 
oliy ta’lim muassasalari o‘quv 
dasturlariga 
bo‘lajak 
pedagog 
uchun 
mazmuniy 
yuklama 
bermaydigan ayrim fanlar kiritilgan; 

pedagogika va metodika fanlariga oid darsliklarning mazmunan 
eskirib qolganligi, shuningdek pedagogik amaliyotning yuzaki 
o‘tilishi bo‘lajak pedagogning kasbiy sifatlariga salbiy ta’sir 
ko‘rsatmoqda; 

oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari umumiy sonining qariyb 25 
foizini “Pedagogika” mutaxassisligi bitiruvchilari tashkil etishi va bu 
mutaxassislik eng ommaviylardan biri bo‘lishiga qaramasdan, uning 
jozibadorligi pastligi sababli pedagogika yo‘nalishidagi oliy ta’lim 
muassasalari bitiruvchilarining o‘z kasbi bo‘yicha mehnat qilish 
motivatsiyasi past darajada qolmoqda; 

pedagog kadrlarni ishga qabul qilishda ularning malaka darajasini 
aniqlash uchun aniq talablarni ishlab chiqish lozim; 



direktor va o‘qituvchilar bilishi va bajarishi kerak bo‘lgan aniq 
belgilangan milliy standartlarning mavjud emasligi, ularning 
salohiyati o‘sishiga hamda amaldagi muassasalar rahbarlarini tanlash 
va tayinlash tartibining samarasizligiga olib kelmoqda; 

mavjud malaka oshirish tizimi o‘qituvchilar ehtiyojlariga mos 
emasligi, malaka oshirish kurslari mazmuni va qo‘llaniladigan 
usullar 
eskirganligi, 
zamonaviy 
axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalari vositalarini qo‘llash orqali o‘qituvchilarni masofadan 
qayta tayyorlash mexanizmi yo‘lga qo‘yilmaganligi o‘qituvchilarning 
bilim va malakasini tizimli oshirib borish imkonini bermayapti; 

ko‘p yillik mehnat stajiga ega yuqori malakali va tajribali pedagoglar 
ingliz tili yoki kompyuter savodxonligi bo‘yicha yetarli bilimga ega 
emasligi sababli attestatsiyadan o‘ta olmaslik holatlari kuzatilmoqda; 

o‘quvchilar soni quvvatiga nisbatan kam bo‘lgan maktablarda kadrlar 
tarkibi salohiyati pastligi tufayli talab darajasidagi ta’lim sifati 
ta’minlanmayapti; 
v) o‘quv jarayonini tashkil etish sohasida: 

o‘quvchilarda ta’lim olishga kuchli motivatsiyani shakllantirish talab 
etilmoqda; 

ayrim maktablarda o‘quvchilar soni sinfda o‘quv jarayoni sifatining 
keskin pasayishiga olib keladigan darajada oshib ketgan; 

pedagoglarning metodik ta’minotini yaxshilash lozim; 

darsliklarni yaratish tizimida xilma-xillikning yo‘qligi ularni yaratish 
va nashr qilishni monopollashtirishga omil bo‘lib qolmoqda hamda 
ularning mazmuni, metodikasi va nashr sifatiga salbiy ta’sir etmoqda; 

davlat 
ta’lim 
standartlari 
kompetensiyaviy 
yondashuvga 
asoslanganligiga qaramasdan, o‘qitish va baholash metodlari, 
shuningdek darsliklar va boshqa o‘quv materiallarini asosan axborotni 
yodlash va bayon qilishga qaratilgan bo‘lib, tanqidiy fikrlash, 
axborotni mustaqil izlash va tahlil qilish ko‘nikmalari va boshqa 
malakalarni rivojlantirishga to‘sqinlik qilmoqda; 

foydalanilayotgan 
darsliklar 
sifatini 
oshirish, 
xorijiy 
o‘quv 
qo‘llanmalarini qo‘shimcha yoki muqobil o‘quv materiallari sifatida 
qo‘llash amaliyotini yo‘lga qo‘yish talab etilmoqda; 

xorijiy tillar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini o‘qitish 
jarayoni metodik yordamga muhtoj; 

xalq ta’limi tizimida inklyuziv ta’lim dasturlari yetarli darajada 
rivojlanmagan, mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalari dasturlarida 


o‘qituvchilarning inklyuziv ta’lim bo‘yicha maxsus tayyorgarligini 
ta’minlash lozim; 

maktablarda nizolarni hal qilish va jinoyatchilikning oldini olish 
bo‘yicha samarali ichki tizim, shuningdek o‘quvchilarni xavf 
guruhidan chiqarish uchun maktab o‘qituvchilari va psixologlari 
malakasini oshirish yuzasidan maxsus dasturlar ishlab chiqish talab 
etilmoqda; 
g) maktablarning moddiy-texnik ta’minoti sohasida: 

maktablarning sport zallari va maydonchalari kerakli inventarlar bilan 
jihozlanmaganligi, sinf xonalarida o‘quv mebel jihozlari, laboratoriya 
uskunalari, kompyuter texnikasining yetishmasligi, ularning o‘z 
vaqtida yangilanmasligi ota-onalarning ta’lim tizimiga nisbatan 
e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda; 

maktablarning 28 foizida qo‘shimcha jihozlashga ehtiyoj mavjud, 
ishlatilayotgan jihozlarning 50 foizi ma’nan va jismonan eskirganligi 
uchun almashtirilishi kerak; 

3 000 dan ortiq umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning sog‘lom 
ovqatlanishi uchun oshxonalar va bufetlar tashkil etish lozim

elektr, ko‘mir, sovuq va issiq suv, gaz ta’minoti va kanalizatsiya bilan 
bog‘liq infratuzilma muammolarini hal etishda mahalliy davlat 
hokimiyati organlari tomonidan yetarli e’tibor qaratilmayapti, ayniqsa 
uzoq aholi punktlari va qishloq joylardagi 1 726 umumta’lim maktabi 
qo‘lbola (burjuy) pechlar yordamida isitilmoqda; 

umumta’lim muassasalarining binolarini qurish, rekonstruksiya qilish 
va kapital ta’mirlash bo‘yicha zamonaviy standartlarni joriy etish 
kerak; 

2 907 ta umumta’lim maktabi qurilish-ta’mirlash ishlariga muhtoj; 

11 yillik ta’lim tizimiga o‘tilishi munosabati bilan qo‘shimcha 
o‘quvchi o‘rinlariga ehtiyoj mavjud. 
d) xalq ta’limi tizimini moliyalashtirish sohasida: 

xalq ta’limi tizimini moliyalashtirishda mablag‘larni samarali va 
shaffof tizim asosida taqsimlash va foydalanish talab etilmoqda; 

xalq ta’limi muassasalariga davlat budjetidan ajratilgan xarajatlarning 
asosiy qismi ish haqiga sarflanib, o‘quv jihozlari va materiallarini 
yangilashga, maktab binolarini ta’mirlashga yetarli mablag‘ 
yo‘naltirilmayapti. 



Yüklə 1,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin