Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti zaripova dilnoza anvarovna


-BOB. TA’LIM SOHASIGA OID QONUN, QONUNOSTI



Yüklə 1,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/89
tarix19.05.2023
ölçüsü1,84 Mb.
#116981
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   89
Ta\'limga kirish O\'quv qo\'llanma 2022 16 шрифт 3 2

2-BOB. TA’LIM SOHASIGA OID QONUN, QONUNOSTI 
HUJJATLARI VA ULARNING MAZMUNI 
2.1.O‘zbekiston respublikasi uzluksiz ta’lim tizimining 
rivojlanish kontseptsiyalari 
O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030-
yilgacha rivojlantirish KONSEPSIYASI 
 
1-bob. Umumiy qoidalar 
O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030-
yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi (keyingi o‘rinlarda — Konsepsiya) 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentabrdagi 
“Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3955-son qarorini ijro etish maqsadida 
ishlab chiqilgan bo‘lib, 2030-yilgacha maktabgacha ta’lim tizimini 
rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni o‘z ichiga oladi. 
Konsepsiya 
O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’limni 
rivojlantirishning maqsadlari, vazifalari, ustuvor yo‘nalishlari, o‘rta va 
uzoq muddatli istiqboldagi bosqichlarini belgilaydi hamda maktabgacha 
ta’lim sohasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan dasturlar va kompleks 
chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun asos bo‘ladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha
Rivojlantirish KONSEPSIYASI 
1-bob. Umumiy qoidalar 
1. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha 
rivojlantirish konsepsiyasi (keyingi o‘rinlarda — Konsepsiya) 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentabrdagi “Xalq 
ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha 
chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5538-son Farmoni ijrosi yuzasidan 
ishlab chiqilgan. 
2. Konsepsiya xalq ta’limi tizimining uzoq muddatli rivojlanishining 
asosiy yo‘nalishlarini belgilab beradi, jumladan: 

O‘zbekiston Respublikasining 2030-yilga kelib PISA (The 
Programme for International Student Assessment) Xalqaro 
miqyosda o‘quvchilarni baholash dasturi reytingi bo‘yicha 
jahonning birinchi 30 ta ilg‘or mamlakati qatoriga kirishiga erishish; 



uzluksiz ta’lim tizimi mazmunini sifat jihatidan yangilash, 
shuningdek professional kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va 
malakasini oshirish; 

o‘qitish metodikasini takomillashtirish, ta’lim-tarbiya jarayoniga 
individuallashtirish tamoyillarini bosqichma-bosqich tatbiq etish; 

xalq ta’limi sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalari va innovatsion loyihalarni joriy etish; 

xalq 
ta’limi 
muassasalarining 
moddiy-texnika 
bazasini 
mustahkamlash va budjetdan mablag‘ bilan ta’minlashning 
samaradorligini oshirish; 

yoshlarni tarbiyalash va ularning bandligini ta’minlashda 
maktabdan tashqari ta’limning zamonaviy usullari va yo‘nalishlarini 
joriy etish; 

davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish hisobiga davlat ta’lim 
tizimida raqobat muhitini kengaytirish

yoshlar ta’lim-tarbiyasi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratishga 
qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan beshta 
tashabbusni amaliyotga tatbiq etish

xalq ta’limi tizimida faoliyat ko‘rsatishning jozibadorligini oshirish 
maqsadida umumiy o‘rta ta’lim muassasalari xodimlarining 
mehnatiga haq to‘lash, moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy himoya 
qilish darajasini bosqichma-bosqich oshirib borish. 

Yüklə 1,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin