Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti zaripova dilnoza anvarovna


 O‘zbekiston respublikasi uzluksiz ta’lim tizimining xorijiy



Yüklə 1,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/89
tarix19.05.2023
ölçüsü1,84 Mb.
#116981
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   89
Ta\'limga kirish O\'quv qo\'llanma 2022 16 шрифт 3 2

 
2.2. O‘zbekiston respublikasi uzluksiz ta’lim tizimining xorijiy 
davlatlar bilan xamkorligi 
Xalq ta’limi vazirligining xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan 
hamkorligi 
Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi qoshidagi 
Toshkentdagi “Koreya ta'lim markazi”. O‘zbekiston Respublikasi Xalq 
ta'limi vazirligi va Toshkentdagi “Koreya ta'lim markazi” o‘rtasida 
2012-yil 11-iyunda tuzilgan o‘zaro Anglashuv Memorandumi asosida 
umumta'lim maktablari koreys tili o‘qituvchilarini malakasini oshirish 
va o‘quvchilar uchun turli fan va madaniy tadbirlar o‘tkaziladi; 
1995-yil 22-maydagi Tashkent shahar xalq ta'limi bosh boshqarmasi 
va Seul ta'lim departamenti o‘rtasidagi hamkorlik shartnomasi. Ushbu 
shartnoma asosida Koreya Respublikasi tomonidan Toshkent shahridagi 
umumta'lim maktablariga texnik beg‘araz yordam sifatida kompyuter 
texnikasi taqdim etiladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi huzuridagi Multimediya 
umumta'lim dasturlarini rivojlantirish markazi va Koreya ta'lim va 
axborot tadqiqotlari xizmati (KERIS) o‘rtasida o‘zaro Anglashuv 


Memorandumi 
imzolangan. 
Mazkur 
Memorandum 
doirasida 
boshlang‘ich va o‘rta ta'lim maktablarida axborot-kommunikatsiya 
texnologiyarini rivojlantirish shuningdek ta'lim tizimida AKTni joriy 
etishni jadallashtirishda o‘zaro tajriba almashinib kelinmoqda. 
Xorijiy davlatlar idoralari. 
Fransiya, Buyuk Britaniya, Germaniya Federativ Respublikasi
Koreya Respublikasi, Yaponiya, Xitoy Xalq Respublikasi va Amerika 
Qo‘shma Shtatlarining O‘zbekistondagi elchixonalari bilan ta'lim 
sohasida o‘zaro hamkorlik olib borilmoqda. 
Xorijiy va xalqaro nodavlat tashkilotlar: 
O‘zbekistondagi Britaniya Kengashi vakolatxonasi (1993 yil 15 
oktyabrdagi O‘zbekiston Respublikasi va Buyuk Britaniya Hukumatlari 
o‘rtasidagi ta'lim, ilm-fan va madaniyat sohasidagi Hamkorlik 
Shartnoma asosida). Ingliz tili o‘qituvchilarining malakasini oshirish va 
ta'limga interaktiv usullarni tadbiq qilib va ulardan samarali foydalanish 
bo‘yicha “Ingliz tili”loyixasi amalga oshiriladi. 
Toshkentdagi Gyote-Instituti.Nemis tili o‘qituvchilarining malakasini 
oshirishi va ta'limda interaktiv usullarni tadbiq qilish va ulardan samarali 
foydalanish bo‘yicha “Maktablar: kelajak hamkorlari” loyihasi amalga 
oshirilmoqda. 
Germaniyaning xorijdagi maktablar markaziy boshqarmasi (SFA). 
Toshkentdagi Gyote-instituti, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi 
vazirligi va SFA boshqarmasi bilan hamkorlikda Respublikaning 
hamkor umumta'lim maktablarida nemis tilini o‘qitish, nemis tili 
bo‘yicha Xalqaro (“Fit in Deutsch 1”, “Fit in Deutsch 2”va “B1” 
imtihonlarini tashkillashtirish va diplomlar bilan taqdirlash hamda 
o‘qutuvchilar uchun Germaniyada tashkillashtiriladigan malakaviy 
kurslar amalga oshiradi. 

Yüklə 1,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin