Jadidchilik harakati namoyondalarining ma’rifat rivojiga
qo‘shgan hissalari
Jadidchilik – XIX asr oxiri – XX asr boshlarida faoliyat yuritgan va
ma'rifatchilikka asoslangan islohotlar g‘oyalarini ilgari surgan ijtimoiy-
siyosiy harakat. Yosh ma'rifatparvarchilardan iborat bo‘lgan ushbu
harakat O‘rta Osiyoda ananaviy talim tizimini tubdan isloh etish, jamiyat
hayotida ijtimoiy va madaniy o‘zgarishlarni amalga oshirish, milliy
mustaqillik g‘oyalarini hayotga tadbiq etish masalalarini o‘z oldiga
maqsad qilib qo‘ygan. Shuningdek, jadidlar turkiy tillar va adabiyotni
rivojlantirish, dunyoviy fanlarni o‘rganish, fan yutuqlaridan samarali
foydalanish va xotin-qizlarning teng huquqliligi masalalarini ilgari
surgan.
Maxmudxo‘ja Behbudiy (1875-1919) alloma, yozuvchi, jamoat
arbobi va o‘zbek dramaturgiyasi asoschisi. Jadidchilik harakati, ya’ni
yangicha o‘quv metodikasi lideri. Mahmudxo‘ja Behbudiy 1875 yil 20
yanvar kuni Samarqand shahrida muftiylar oilasida dunyoga kelgan.
Bexbudiy voyaga yetgan atrof-muhit uning dunyo qarashiga hech
qanday ta’sir ko‘rsatmagan.
Mahmudxo‘janing otasi islom dinining yirik mutaxassisi bo‘lgan
va dinga oid qator maqolalar yozgan, ilmiy ishlar olib borganligi bois,
ushbu atrof-muhim bolakayning dunyoqarashiga ta’sirsiz bo‘lmagan.
Behbudiy adabiyot, tarix fanlari bilan birga u siyosatni ham o‘rgangan.
Gazeta va jurnallar orqali dunyoda sodir bo‘layotgan yangiliklar bilan
tanishib borgan. Makka, Misr hamda Stambulga bo‘lgan sayohatlari
uning dunyoqarashini butunlay o‘zgartirib yuborgan. U gazeta va
jurnallar bilan hamkorlikni o‘rnatib, o‘z maqolalarini chop eta bolshladi,
ularda maktab va san’atni yaxshilash masalalarini ko‘tarar edi. Behbudiy
“Oyna” gazetasi asoschisi, muharrir I.Gasprinskiyning “Tarjumon”
gazetasini doimiy muallifi bo‘lgan. Mahmudxo‘ja 200 dan ziyod o‘zbek
va tojik tillaridagi nashrlar muallifi. Xususan, "Muntaxabi jug‘rofiyai
umumiy" - "Kiskacha umumiy jug‘rofiya" (1903), "Kitob-ul-atfol" -
"Bolalar uchun kitob" (1904) va boshqalar. Bexbudiyning yozuvchilik
poydevori nuqtasi 1911 yil Samarqandda yozilgan “Padarkush” dramasi
sanaladi. Unda yosh avlod ma’lumotli va madaniyatli bo‘lishi kerakligi
keltirilgan. Drama ilk bor 1912 yil “Turon” gazetasida bosib chiqarilgan,
1913 yilda esa alohida kitob ko‘rinishida nashr etilgan. Behbudiyning
sahna asari katta muvaffaqiyat qozongan va Samarqand, Buxoro hamda
Toshkent shaharlari teatrlarida sahnalashtirilgan. Kompozitsion nuqtai
nazardan asar odimona ko‘rinsada, g‘oyaviy juda murakkab va drama
janrining barcha talablariga javob bera oladi. O‘zbek dramaturgiyasining
birinchi qaldirg‘ochi bo‘lib, A. Qodiriyning “Baxtsiz kuyov”,
Mirmuxsina-Fikriyaning “Farzandsiz Ochildiboy” va Hamzaning bir
qator asarlarining yaratilishida turtki bo‘ldi. Behbudiy 1919 yil Qarshida
sayohat davri qo‘lga olindi va Said Olijonning buyrug‘iga binoan qatl
etildi.
Sadriddin Ayniy allomaning fojiali vafoti munosabati bilan bunday
yozgan: «Jafokash shoir Behbudiyning nomini musulmon Sharqi hurmat
bilan tilga oladi, chunki u 20 yil mobaynida o‘zining ongi va insoniy
qadru qimmatini bilgan barcha mavjudotni erkin hayot, nur va ma’rifat
uchun kurashga chorlab keldi». Qarshi shahri 1920-1930 yillarda
Behbudiy nomi bilan atalgan. Behbudiy nomi 1937 yilga kelib qatag‘on
qilinadi va 1956 yilda oqlanadi. Hozirgi kunda alloma qoldirgan boy va
rang-barang adabiy, madaniy va ma’rifiy meros o‘z xalqining istiqloliga
xizmat qilmoqda. 1977 yil Behbudiyning “Saylanma”si chop etildi.
Ushbu to‘plam o‘z ichiga darslik va o‘quv-qo‘llanmalarni olgan, hozirgi
kunda ko‘chalar va maktablarga uning nomi berilgan. U 1899 yilda
hajga borib, u yerdan muftiy unvoniga ega bo‘lib qaytgan. Behbudiy
o‘zbek va fors-tojik tillarida ikki yuzdan ortiq maqola va asarlar
yaratgan. Qarshi shahri 1920-1930 yillarda Behbudiy nomi bilan
atalgan. Behbudiy o‘zbek va fors-tojik tillarida ikki yuzdan ortiq maqola
va asarlar yaratgan. Jumladan, «Muntaxabi jug‘rofiyai umumiy»
(«Qisqacha umumiy jug‘rofiya» 1903), «Kitob-ul-atfol» («Bolalar
uchun kitob», 1904), «Muxtasari tarixi islom» («Islomning qisqacha
tarixi», 1904), «Amaliyoti islom» (1905), «Rusiyaning qisqacha
jug‘rofiyasi» (1908) kabi darslik va kitoblar yozgan. Uning 1901 yildan
boshlab «Turkiston viloyati gazeti», «Taraqqiy», «Xurshid», «Shuhrat»,
«Tujjor», «Osiyo», «Hurriyat», «Turon», «Sadoi Turkiston», «Ulug‘
Turkiston», «Najot», «Mehnatkashlar tovushi», «Tirik so‘z»,
«Tarjumon», «Sho‘ro», «Vaqt», «Toza hayot», «Samarqand», «Oyna»
kabi gazeta va jurnallarda chop etilgan maqolalari esa taraqqiyiarvar
kishilar va, ayniqsa, yoshlarning diqqat-e’tiborini qozongan. U ayni
chog‘da yangi usuldagi maktablarning asoschisi va targ‘ibotchisi, yangi
darsliklarning ilk muallifi ham bo‘ldi. Xullas, Mahmudxo‘ja Behbudiy
buyuk ma’rifatparvar va yetakchi jadidchi sifatida milliy madaniyatimiz
tarixidan mustahkam o‘rin egallaydi.
XIX asr oxiri XX asr boshidagi oʻzbek milliy madaniyatining
mashhur vakillaridan biri maʼrifatparvar shoir, dramaturg, jurnalist,
olim, davlat va jamoat arbobi Abdulla Avloniydir. U 1878 yilning 12
iyulida Toshkentning Mergancha mahallasida, toʻquvchi Miravlon aka
oilasida dunyoga keldi. Bolaligi Mirobod mahallasining egri-bugri
koʻchalarida, koʻpchilik qismini ruslar tashkil qilgan temir yoʻl
ishchilari bolalari orasida kechdi. Oʻqchidagi eski maktabda, soʻng
madrasada oʻqidi (1885–1886). Mustaqil mutolaa bilan shugʻullandi.
Arab, fors, rus tillarini oʻrgandi. Orenburg, Qozon, Tiflisda chiqib
turgan gazeta-jurnallarni kuzatib bordi. Qisqa muddat ichida u
maʼrifatparvar sifatida tanildi va oʻlkadagi ijgimoiy-madaniy
harakatchilikning faol namoyandalaridan biriga aylandi.
XX asr boshlarida Turkiston madaniy hayotida yuz bergan eng
muhim oʻzgarishlardan biri maktab oʻquv ishlarida oʻzgarish boʻldi.
Avloniy bu davrda jadidchilik harakatiga qoʻshilib, Toshkentdagi
jadidlarning faol ishtirokchilaridan biri boʻlib tanildi. Avloniy 1904
yilda Mirobodda, soʻngroq Degrezliqda (1903–14) xuddi shunday yangi
usulda, yangicha maktab ochib, dars berdi va darsliklar yozdi.
1909 yilda maktab maorif ishlariga yordam beruvchi “Jamiyati xayriya”
ochib, yetim bolalarni oʻqitdi. “Adabiyot yoxud milliy sheʼrlar” nomli
toʻrt qismdan iborat sheʼriy toʻplamining birinchi juzʼini nashr qildirdi.
Munavvarqori, Muhammadjon Podshoxoʻjayev, Tavallo, Rustambek
Yusufbekov, Nizomiddin Xoʻjayev, Shokirjon Rahimiy kabi
taraqqiychilar bilan sheriklikda “Nashriyot” (1914), “Maktab” (1916)
shirkatlarini tuzdi. “Taraqqiy”, “Shuhrat” (1907), “Osiyo” (1908),
“Turon” (1917) gazetalarini chiqardi. 1918 yilda Turkiston Shurolar
hukumatining birinchi gazetasi “Ishtirokiyun”ning tashkilotchilaridan va
uning birinchi muharrirlaridan boʻldi. U sovet davrida turli masʼuliyatli
lavozimlarda xizmat qildi, qaysi vazifada ishlamasin ilm-maʼrifat
tarqatish, taʼlim-tarbiya masalalari bilan shugʻullanib keldi,
bilimyurtlarida, oliy maktablarda oʻqituvchilik qildi. 1930–34 yillarda
Oʻrta Osiyo davlat universitetida (hozirgi ToshDU) kafedrani boshqardi.
U 1934 yilda vafot etdi.
Avloniy 1927 yilda Mehnat Qahramoni unvoniga sazovor boʻldi.
Avloniy 30 yildan ortiqroq ijod qildi. 1916 yilgi mardikorlik
voqealarining, soʻng inqilobiy talotumlaru milliy-ozodlik kurashlarining
guvohi boʻldi. Oʻtgan davr ichida, oʻzi taʼkidlaganidek, “oʻnlab sheʼr va
maktab kitoblari, toʻrt teatr kitobi” qoldirdi. Uning madaniyatimiz
tarixidagi oʻrni haqida gap ketganda, ikki jihatini alohida taʼkidlash
zarur: pedagogik faoliyati va adabiy badiiy ijodi. Uning pedagogik
faoliyati, taʼlim-tarbiya haqidagi fikrlari XX asrning boshlarida yangi
bosqichga koʻtarilgan maʼrifatchilikning xususiyatlarini belgilashda
muhim manbalardandir.
Avloniy maktabi gumanistik va erkin tarbiya asosiga qurilgan,
dunyoviy va ilgʻor ilm-fanni bolalarga oʻrgatishni oʻz oldiga asosiy
vazifa qilib qoʻygan, yoshlarni mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotiga
aralasha olish qobiliyatiga ega boʻlishini taʼminlaydigan haqiqiy xalq
maktabi boʻldi. Adib bu maktablar uchun darsliklar tuzdi. Uning avvalgi
sinf shogirdlari uchun “Birinchi muallim”i (1911) Oktyabr
oʻzgarishigacha 4 marta, “Alifbedan soʻnggi oʻquv kitobi” – “Ikkinchi
muallim” (1912) 3 marta kayta nashr etilgan. Axloqiy didaktik
mazmundagi “Turkiy Guliston yoxud axloq” darsligi (1913) XX asr
boshlari ijtimoiypedagogik fikr taraqqiyotida alohida oʻrin egalladi.
Unda tarbiya va axloq masalalari birinchi marotaba XX asrning talab va
ehtiyojlari nuqtai nazaridan tahlil qilingan. Avloniy xulqlarni anʼanaviy
yaxshi va yomonga ajratar ekan, mulohazalarini Gippokrat, Platon,
Aristotel, Saʼdiy Sheroziy, Bedil fikrlari bilan dalillagan holda
zamonaviylikni asosiy mezon qilib oladi. Adib Vatan muhabbatini uning
uchun kurashmoqni eng yaxshi insoniy xulqlardan hisobladi. Vatan – bu
har bir kishining tugʻilib oʻsgan shahar va mamlakati. Uni qadrlamoq,
sevmoq, yashartmoq kerak. Shoir Vatan va unga muhabbat deganda
shuni tushungan edi. Tilga, madaniyatga muhabbat esa, har bir kishining
oʻz xalqiga boʻlgan muhabbatidir: “Har bir millatning dunyoda
borligʻini koʻrsatadurgon oyinai hayoti til va adabiyotidir. Milliy tilni
yoʻqotmak millatning ruhini yoʻqotmakdur”.
Avloniy Hijron, Nabil, Indamas, Shuhrat, Tangriquli, Surayyo,
Shapaloq, Chol, Ab, Chegaboy, Abdulhaq taxalluslari bilan sheʼr,
hikoyalar va maqolalar yozgan. Shuni aytish kerakki, Avloniy ancha
murakkab hayot va ijod yoʻlini bosib oʻtdi. U adabiyotga gʻoyaviy
kurashlar gʻoyat keskinlashgan bir davrda kirib keldi. Hech
ikkilanmasdan maʼrifat va taraqqiyot uchun kurashishini maslak etib
qabul qildi. Shoir sheʼriyati bilan tanishar ekansiz, qiziq bir holga duch
kelasiz. Unda birorta ishqiy sheʼr yoʻq. U ijtimoiy muammolarni, el-yurt
gʻamini muhimroq biladi. Xalq va Vatan baxtsizligi oldida har qanday
muhabbatni rad etadi. Oʻz onadiyorini bamisoli “yor kabi sevadi”. Butun
mehrini shunga bagʻishlaydi. Asrimiz boshlari Turkiston takdirida
gʻoyat masʼuliyatli boʻlgan, uning hayot mamot masalasi hal
qilinayotgan bir payt edi. Buni Avloniy davrning peshqadam ziyolisi,
yirik maʼrifatparvar, jadidlar taʼlimotining faol tarafdori sifatida tezda
ilgʻab oldi.
Dastlabki poetik asarlari “Adabiyot yoxud milliy sheʼrlar” (I, II,
III, GUjuzlar), “Maktab gulistoni” (1916), “Mardikorlar ashulasi”
(1917) kitoblarida va “Sabzavor” tazkirasi (1914) hamda vaqtli matbuot
sahifalarida chop etilgan asarlaridir. Ularda ilm-maʼrifat targʻib qilingan,
jaholat va nodonlik, eski tuzumning ijtimoiy-axloqiy asoslari
qoralangan, ozod va baxtiyor zamon haqida fikr yuritilgan. Shu jihatdan
Avloniyning bu davrdagi sheʼrlari Hamza, Anbar otin poeziyasiga
ohangdoshdir. Avloniy barmoq vaznini adabiyotda keng qoʻllagan.
Milliy kuylarga moslab sheʼrlar yozgan va poeziyaning imkoniyatlarini
boyitgan.
Avloniyning adabiyot oldidagi muhim xizmatlaridan biri shu
boʻldiki, u mardikorlik sheʼriyati deb atalgan yangi adabiy hodisaning
yaratuvchilaridan boʻldi. 1916 yilgi mardikorlik voqealarini ifodalovchi
“Bir mardikorning otasi oʻgʻliga aytgan soʻzlari”, “Onasining oʻgʻliga
aytgan soʻzlari”, “Afsus” kabi sheʼrlar yozdi. Ona yurtdan uzoq
shimolning qorli-muzli yerlariga, front orqasidagi qora xizmatga olib
ketilgan mardikorlarning xayrlashuv manzaralarini, haqsizlikni yoritdi.
Bu sheʼrlarning ohang va uslubi xalq qoʻshiqlariga gʻoyat yaqin boʻlib,
ular xalqimizning milliy uygʻonishida muhim oʻrin tutdi.
Avloniy 1917 yil fevral inqilobini xursandchilik bilan kutib oldi
(“Qutuldik”, “Yotma” sheʼrlari). Oktyabrga bagʻishlab “Hurriyat
marshi” (1919), “Ishchilar qulogʻiga” kabi sheʼrlar yozdi, yangi
sotsialistik tuzumni ulugʻladi. Lekin koʻp oʻtmay, rus sovet tuzumi eski
chor tuzumining oldingidan battarroq shakli ekanligini, sovet siyosati
riyokorlik asosiga qurilganligini anglay boshladi. Jumladan, tantanavor
vaʼda qilingan erkinlikning berilmaganligi shoir ijodida gʻamgin
tushkun ohanglarning paydo boʻlishiga olib keldi (“Haftalik soatda”
1919). Shularga qaramasdan Avloniy turli mavzularda sheʼrlar yozdi.
1919–20 yilgi Afgʻoniston safariga doir “Afgʻon sayohati” kundaliklari
esa mamlakatimizning yon qoʻshnimiz bilan oʻzaro doʻstlik, totuvlik
aloqalarining oʻrnatilishi tarixini oʻrganishda muhim ahamiyatga ega.
Avloniy oʻzbek teatrining asoschilaridan edi. U 1913 yilda
“Turkiston” teatr truppasini tuzdi. “Turkiston” oʻzining qatiy nizomini
ham eʼlon qilgan edi. Uning tashkilotchisi ham, gʻoyaviy-badiiy rahbari
ham Avloniy edi. Truppa “Zaharli hayot” (Hamza), “Baxtsiz kuyov (A.
Qodiriy) kabi XX asr boshlari oʻzbek dramaturgiyasining eng yaxshi
namunalarini sahnalashtirgan, teatr ozarbayjon dramaturglari asarlari
(“Badbaxt kelin”, “Xoʻr-xoʻr”, “Jaholat”, “Uliklar”, “Joy ijaraga olgan
kishi”, “Man oʻlmisham”, “Layli va Majnun”, “Asli va Qaram”) ni
oʻzbekchaga tarjima qilib sahnaga qoʻygan. Avloniyning oʻzi Mallu
(“Layli va Majnun”), Fayziboy (“Baxtsiz kuyov”), Aliboy (“Toʻy”), Boy
(“Padarkush”) rollarini ijro etgan.
Avloniy “Advokatlik osonmi?” (1914), “Pinak” (1915)
komediyalari, 1914–17 yillarda yozgan “Biz va Siz”, “Portugaliya
inkilobi”, “Ikki sevgi” kabi fojeaviy asarlari bilan oʻzbek
dramaturgiyasining
maydonga
kelishi
va
teatrchilikning
xalq
orasigatomir otishiga muhim hissa qoʻshdi. Advokat Davronbek orqali
Turkistondagi
huquqsizlik,
dunyodan
xabarsizlikni
fosh
etdi.
“Advokatlik osonmi?” degan asarida bir qator koʻknori va qimorbozlar
obrazini yaratib, maʼnaviy turmushning tuban bir holga kelib qolganlini
koʻrsatdi. Monarxiyaga qarshi kurash, bayrogʻi ostida kechgan 1910
yilgi Portugaliya inqilobi, 1909 yili Turkiyada yuz bergan “Yosh
turklar” inqilobi (“Ikki sevgi”) haqida yozib, adabiyotimizda mavzu va
gʻoyalar koʻlamini kengaytirdi. “Biz va Siz” da esa XX asr boshidagi
Turkistonning eskilik va yangilik borasidagi kurashini aniq taqdirlar
misolida yoritib berdi.
Avloniy asosiy ijodiy faoliyatining eng sermahsul yillari 1917
yildagi Oktyabr toʻntarishiga kadar boʻlgan davrga toʻgʻri keladi.
Avloniy ijodi 60-yillarning oxiridan oʻrganila boshlandi. Hozirda uning
turli janrlardagi asarlaridan namunalar alohida kitoblar holida chop
etilgan.
Dostları ilə paylaş: |