al-Xorazmiy nomidan olingan. Uning Al-jabr val-muqobala (Tiklash va
qiyoslash) risolasi ayniqsa mashhur.
Bundan tashqari, uning Ustunlar
haqida risola, Quyosh soatlari togrisida risola,
Tarix risolasi, Musiqa
risolasi singari asarlari bor
Risola uch qismdan iborat bo‘lib, birinchisi-algebraik
qism uning
oxirida savdo muomlasiga oid kichik bir bo‘lim keltiriladi. Ikkinchi -
geometrik qism algebraik usul qo‘llab o‘lchashlar haqida, uchinchi qism
- vasiyatlar xaqida bo‘lib, muallif unar "Vasiyatlar kitobi" deb ataydi.
Al-Xorazmiy
matematika
fanida
abstraksiya
(mavxumiylik)
tushunchasini kengaytirdi. Induksiya yo‘li bilan umumiy yechish
usullarini xal etdi, deduksiya yo‘li bilan umumiy usullar yordamida turli
xususiy masalalarni yechdi. "Al-Jabr va muqobala"
asari bilan xam
matematika fanini rivojlantirib o‘zidan avvalgi bilimlarni o‘rgandi va
ularni sintezlashtirish xamda amalda qo‘llash usullarini bayon etdi. Shu
asar tufayli "Al-Xorazmiy" nomli lotincha transkripsiyada "Algoritm"
shaklini oldi, keyinchalik xozirgi zamon xisoblash matematikasining
asosiy tushunchasi algoritm algorifmga aylandi. U matematikaning
nazariy rivojlanishi bilan birga, undan turmushda foydalanish yo‘llarini
xam berdi, meros taqsim qilishda vasiyatnomalarni tuzishda, mol taqsim
etishda odamlarga kerak bo‘ladigan ishlari natijasi bo‘ldi.
Unda olim
Sharq mamlakatlari ustida kuzatishlar olib borib mamlakat va
shaxarlarning xarakatlarini tuzadi, nomlar ruparasida uzunlik va kenglik
darajalarini ko‘rsatadi. U geografiyaga oid yasashida Yerni yetti
iqlimiga
bo‘ladi,
yer
xaritasini
tuzadi.
Tashkilotchilarning
ma’lumotlariga
ko‘ra
olamning
to‘rt
xaritasini
tuzadi.
Tadqiqotchilarning ma’lumotlariga ko‘ra- olamning to‘rt xaritasi - Azov
dengizi, Nil daresi Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlari xaritasi saqlanib
qolgan. Uning yuqoridagi asari xam Sharq va G’arbda katta axamiyatga
egadir. Xorazmiy bilim olishda talabaning shaxsiy kuzatishlariga xamda
olgan bilimlaridan foydalanishga katta e’tibor berdi.
Bunda u ilm
izlovchilarning ilmiy manbalarni to‘plash ularni ifodalash va
kuzatilganlarni yushtira olish malaka va ko‘nikmalarni xosil qilishga
katta baxo beradi. "Ul-kitob al muxtasar fi xisob aljabr va al-mukobala"
asarida olmishlarni uch guruxga bo‘ladi. Ulardan o‘zidan avvalgilar
qilgan ishlarni amalga oshirishda boshqalaridan o‘zib
ketadi va uni
o‘zidan keyin keluvchilarga meros qilib qolidiradi.
Dostları ilə paylaş: