“C” toifadagi kasb-hunar kollejlarining maqsadi o‘quvchilarni amaliy
ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan.
Uning xususiyatlari
bunday o‘qitish tizimida nazariya va amaliyot 70% va 30% (amaliyot
korxonalarda) ko‘rinishida bo‘ladi, o‘quvchilarga stipendiya va kiyim-
bosh
taqdim etiladi, xamda 3 mahal ovqatlantiriladi va egallagan kasbi
bo‘yicha toifa yoki razryad beriladi.
Ushbu “C” toifadagi kasb-hunar kollejlarining sohalari:
Qurilish, kommunal xo‘jalik va
transport sohasi;
Qishloq xo‘jaligi va agrosanoat sohasi;
Xizmat ko‘rsatish va boshqa ishchi kasblar sohasi kiradi.
Ushbu toifadagi kasb-hunar kollejlarining ta'lim shakli:
faqat
kunduzgi o‘qishdan tashkil topgan. O‘quv muddati 2 yil (10 va 11-sinf
mobaynida). Ushbu kollejlarining qabul tartibi umumiy o‘rta ta'lim
maktablari yo‘llanmalari asosida sinovsiz bo‘ladi. Ushbu kasb-hunar
kollejlarining kontengent 9-sinf bitiruvchilari
va chet el fuqarolari
xisoblanadi. Kollejlarining moliyaviy ta'minoti davlat byudjeti
mablag‘lari hisobidan bo‘ladi. «C” toifadagi
kasb-hunar kollejlarining
tamomlagan bitiruvchilarga beriladigan hujjat Diplom (razryad yoki
toifa ko‘rsatilgan guvohnoma / sertifikat)dir.
Nazorat savollari:
1.
Ta'limga kirish” fanining dolzarbligi, oliy ta'limdagi o‘rni, maqsad
va vazifasi nimalardan iborat.
2.
Innovatsiya va novatsiya tushunchalarini tushuntirib bering va
misollar keltiring.
3.
Novatsiya va innovatsiyaning asosiy farqlari nimalarda ko‘rinadi?
4.
Innovatsion faoliyat va zamonaviy ta'lim tushunchalari.
5.
Professional ta'limning turlari va
ularning qiyosiy tahlilini
tushuntirib bering.
Dostları ilə paylaş: