Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti zaripova dilnoza anvarovna



Yüklə 1,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/89
tarix19.05.2023
ölçüsü1,84 Mb.
#116981
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   89
Ta\'limga kirish O\'quv qo\'llanma 2022 16 шрифт 3 2

Abu Rayhon BERUNIY (973-1048). Abu Rayhon Beruniy 
Muhammad 
ibn 
Ahmad 
Xorazmning 
Kot 
shahrida 
(hozirgi 
Qoraqalpogiston avtonom respublikasidagi Beruniy tumani) tugilgan. 
Orta asrning buyuk qomusiy olimi. U barcha fanlarni, birinchi navbatda, 
astronomiya, fizika, matematika, geodeziya, geologiya, mineralogiya, 
etnografiya fanlarini puxta egallagan va bu sohalarda yirik asarlar 
yaratgan. Uning Geodeziya, Hindiston, Qonuni Masudiy, Saydana 
singari mashhur asarlari bor yilning dekabr oyida Gazna shahrida vafot 
etgan. 
Аrastuning fanlar tizimidagi harakatlari. Arastu yoki Aristotel 
(yun.: Ἀριστοτέλης; miloddan avvalgi 384/383, Stagira – miloddan 
avvalgi 322/321, Xalqida) qadimgi yunon faylasufi, Aflotun shogirdi va 
Iskandar Zulqarnayn ustozi boʻlgan. U fizika, metafizika, nazm, teatr, 


mantiq, ritorika, siyosat, etika, biologiya hamda zoologiyaga oid ishlar 
yozib qoldirgan.  
Miloddan avvalgi 367 yilda Afinaga borib, Platon akademiyasida tahsil 
koʻrdi, 20 yoshida uning ishlarida ishtirok etdi. Miloddan avvalgi 343 
yildan eʼtiboran Makedoniya podshohi Filipp taklifi bilan shahzoda 
Aleksandrga murabbiylik qildi. Miloddan avvalgi 335 yilda Afinaga 
qaytib, oʻzining Likey maktabini tashkil qildi. Aleksandr vafotidan 
soʻng 323 yilda xudosizlikda ayblanib, Evbeya Xalqidasiga qochishga 
majbur boʻldi va umrining oxirigacha shu yerda yashadi.
Arastu qomusiy bilimlar sohibi, peripatetika maktabi asoschisi, 
uning taʼlimoti ayrim, alohida fanlarni falsafiy nuqtai nazardan yoritib 
berdi. Fan sohalarini tasniflashda falsafiy tizim yaratish bilan Arastu 
insoniyat tafakkurini rivojlantirishga juda kuchli taʼsir koʻrsatdi. Arastu 
ijodi oʻz zamonidagi deyarli barcha bilim sohalarini qamrab oldi. 
Oʻzining „ilk falsafa“ ga oid („Metafizika“) asarida Platonning gʻoyalar 
nazariyasini tanqid qildi. „Platon gʻoyalari“ moddiy predmetlarning 
oddiy nusxasi, aynan oʻzi ekanini koʻrsatdi. Arastu ayrimlik va 
umumiylikning oʻzaro munosabati masalasini hal etdi. Ayrimlik „biron-
bir joy“dagina va „hozir“dagina mavjuddir, uni his bilan idrok etish 
mumkin. Umumiylik esa har qanday joyda va har vaqtda („hamma 
yerda“ va „hamma vaqt“) mavjud, u muayyan sharoitda ayrim holda 
yuzaga kelib, shu ayrimlik orqali idrok qilinadi. Shuningdek 
umumiylik – fan predmeti, uni aql vositasida bilib olish mumkin.
Arastu olamdagi hodisalar va predmetlarning sabablarini toʻrt guruhga 
boʻladi: 

moddiy sabab yoki materiya;

shakliy sabab yoki shakl; 

yuzaga keltiruvchi sabab; 

oxirgi sabab yoki maqsad.
Garchi Arastu materiyani dastlabki sabablardan biri, deb eʼtirof etsa 
ham, uni faqat passiv asos, imkoniyat xolos, qolgan uch sababni esa – 
faol sabab, deb hisoblaydi. Masalan, uning fikricha, shaklsiz hech 
qanday narsaning boʻlishi aslo mumkin emas, shakl – borliq 
mohiyatidir, shakl – abadiy, oʻzgarmas va moddiy sababdan ustunroqdir. 
Yuzaga keltiruvchi sabab harakat yoxud turgʻunlik manbaidir. Harakat, 
deydi Arastu, biron-bir narsaning imkoniyatdan voqelikka oʻtishidir. 
Harakatning toʻrt turi bor, bular: sifatli harakat yoki oʻzgarish; miqdoriy 
harakat yoki koʻpayish va kamayish; joyni oʻzgartirish yoki makondagi 
harakat; vujudga kelish va yoʻq boʻlishdan iborat. Oxirgi sabab yoki 


maqsad – harakat, oʻzgarish, inson faoliyatining oqibatidir. Arastu 
taʼlimotiga binoan, xudo – oʻz qonunlari boʻyicha rivojlanayotgan 
barcha shakllar, tabiatdagi jamiki hodisalar va hamma mavjud 
narsalarning oliy maqsadi, „shakllarning shakli“, maqsadi, olamni 
harakatga keltiruvchi ilk kuchdir. Arastu nazariyasiga koʻra, har qanday 
real mavjud boʻlgan ayrim narsa “materiya»“ bilan “shakl“ning 
birligidan iborat, “shakl” esa narsaning oʻziga xos “koʻrinishi“dir, unga 
ham “materiya”, ham shakl deb qarash mumkin. Shu tariqa butun voqe 
olam „materiya“dan – “shakl” ga va „shakl“dan – “materiya“ga izchil 
ravishda oʻtish jarayonidan iborat. Arastu bilish haqidagi taʼlimotida 
“dialektik” bilish bilan “apodiktik” bilishni bir-biridan farqlaydi. 
“Dialektik” bilish – tajriba samarasi boʻlmish “fikr”ni, “apodiktik” bilish 
esa ishonchli bilimni vujudga keltiradi. Ammo Arastu tajribani ishonchli 
bilimning oliy darajasi, deb hisoblamaydi, uning fikricha, bilimning eng 
oliy qonun qoidalari bevosita aql vositasidagina idrok etiladi.
Arastu mantiq ilmining asoschisidir. Arastu yaratgan va „analitika“ 
deb nomlagan mazkur fan tafakkurning tushuncha, muhokama, xulosa 
kabi asosiy shakllaridan, ayniyat, qarama-qarshilik va uchinchisi istisno 
qonunlaridan, fikrni isbotlash yoxud rad etish uslublaridan, bir qancha 
kategoriyalardan iborat. Mantiq “ilk falsafa” (metafizika) bilan 
birgalikda fan sohalarining falsafiy tasnif tizimini tashkil etadi. 
Biologiya sohasidagi Arastu ilmiy xizmatlaridan biri – oʻsimlik va 
hayvonot turlarining biologik jihatdan maqsadga muvofiqligi haqidagi 
taʼlimotidir. Oʻsimliklarning urugʻdan oʻsib-rivojlanishi, hayvonlardagi 
instinktlarning maqsadga muvofiq tarzda yuzaga kelishi, aʼzolarining 
oʻzaro mutanosib ravishda harakat qilishi – tabiatdagi maqsadga 
muvofiqlik namunasidir. Arastu jahon ilm tarixida ilk bor axloq fani – 
etikaga asos soldi. Uning axloq sohasidagi maʼnaviy ideali Xudodir
Xudo eng oliy faylasuf va mutafakkirdir. Arastu aql-zakovatning 
kuzatish, mushohada qilishdan iborat faoliyatini barcha neʼmatlardan 
ustun qoʻyadi, uni ezgulik, rohat va lazzat manbai, deb biladi. Amaliy 
faoliyat esa hamisha ham aql hukmiga boʻysunavermaydi, binobarin 
kundalik ishlarda ham aql, ham hayotiy tajribani ishga solib oʻrta yoʻlni 
tanlagan maʼqul. Arastuning siyosiy qarashlari „inson – ijtimoiy 
mahluqdir“ degan gʻoyaga asoslanadi, yaʼni oila, jamiyat, davlat – inson 
hayoti va faoliyatining asosiy sohalaridir, bularsiz u yashay olmaydi. 
Arastu oilaviy va ijtimoiy tarbiyani davlat tuzumini mustahkamlash 
vositasi, deb biladi, binobarin maktab faqat davlatniki boʻlishi, unda 
barcha fuqarolar (qullardan tashqari) avvalo davlat tuzuk tartibotidan 


saboq beruvchi ilmlarni egallashi shart. Arastu davlat masalasida har 
qanday arbob qulay siyosiy shart-sharoit vujudga kelishini kutib 
oʻtirmay, mavjud imkoniyatdan kelib chiqib, yaxshi konstitutsiya 
asosida kishilarni boshqara bilishi, birinchi galda yosh avlodning 
jismoniy va aqliy tarbiyasi haqida qaygʻurishi lozim, deb hisoblaydi.
Arastu davlatni idora etishning uchta maʼqul va uchta nomaʼqul 
shakli mavjud, degan gʻoyani olgʻa suradi. Yaxshi boshqaruv shakllari 
amal qilgan davlatda undan gʻarazli maqsadlarda foydalanish imkoni 
istisno etiladi, hokimiyat esa butun jamiyat xizmatida boʻladiki, bular – 
monarxiya (yakka podsho hukmronligi), aristokratiya (aslzodalar 
hukmronligi) va „politiya“ (oʻrta tabaqa, moʻʼtadil demokratiya 
hukmronligi)dir. Aksincha, tiraniya (zolimona hukmronlik), sof 
oligarxiya (qudratli kishilar toʻdasining hukmronligi) va oxlokratiya 
(haddan oshgan olomon hukmronligi) – monarxiya, aristokratiya va 
„politiya“ shakllarining vaqt oʻtishi bilan batamom aynigan, yuz tuban 
ketgan koʻrinishidir.
Arastuning tarbiya nazariyasi zamirida axloqiy va ruhiy qarashlari 
yotadi: tarbiyadan maqsad – ruhning oliy jihatlari boʻlmish aql-zakovat 
va irodani kamol toptirishdir. Tarbiyaning oʻzaro chambarchas bogʻliq 
uch jihati – jismoniy, axloqiy va aqliy tarbiya – ruhning uch turiga 
muvofiq keladi, yaʼni kamolatga erishishning harakatlantiruvchi 
kuchlari – tabiiy qobiliyat, koʻnikma va aql-idrokdan iborat hamda 
tarbiya ishi ayni shu kuchlarga asoslanishi zarur. Arastu oʻz iqtisodiy 
taʼlimotida qullik – tabiiy bir hodisa va u doimo ishlab chiqarish? negizi 
boʻlishi lozim, degan nuqtai nazarga suyanadi. U tovar-pul 
munosabatlarini tadqiq etib, natural xoʻjalik bilan tovar ishlab chiqarish? 
oʻrtasidagi tafovutlarni anglab etish darajasiga yaqin keldi. Uningcha, 
boylik ikki turdan iborat: isteʼmol qiymatlari yigʻindisi sifatidagi boylik 
va tovar ayirboshlash qiymatlari sifatidagi boylik. 1-tur boylik (uni 
Arastu “tabiiy boylik” deb ataydi) manbai – dehqonchilik va 
hunarmandchilik boʻlib, kishilarning tub ehtiyojlarini qondirish uchun 
xizmat qiladi. 2-tur boylik esa (uni Arastu „gʻayritabiiy boylik“ deb 
nomlagan) aksincha, bevosita ehtiyoj buyumlaridan iborat boʻlmay, 
oʻzaro ayirboshlash, muomala negizida vujudga keladi. Boylik 1-
turining miqdori inson ehtiyojlari bilan chegaralansa, 2-turining 
miqdorini esa aslo cheklab-chegaralab boʻlmaydi. Shuningdek Arastu 
isteʼmol qiymati bilan tovar qiymati oʻrtasidagi chegarani birinchi boʻlib 
belgilab berdi, turli xil tovarlari faqat pul vositasida oʻzaro qiyoslash 
mumkin, deb hisobladi.


Arastudan juda boy falsafiy meros qolgan. Ular orasida eng mashhurlari: 
“Politiya”Gʻoyalar haqida“, “Farovonlik haqida“, „Birinchi analitika“, 
“Ikkinchi analitika“, „Kategoriyalar“, „Fizika“, Metafizika“, „Jon 
haqida“, “Nikomax axloqi“, “Yevdem axloqi“, “Axloqi kabir”, 
“Siyosat”, “Ekonomika”,“Etika”, “Poetika”, “Ritorika” asarlaridir. 
Arastu barcha zamonlar olimlari ustoz deb bilgan buyuk alloma. 
Uning qomusiy asarlari, Sharq mutafakkirlari ijodida ham chuqur iz 
qoldirgan. 7 – 8-asrlardan boshlab ayniqsa Horun ar-Rashid va Maʼmun 
davrida Arab xalifaligi hududida Arastu asarlari tarjima etilib oʻrganildi, 
ularga oʻnlab izoh va sharxlar bitildi. Bu ishda Oʻrta Osiyoning ulugʻ 
olimlari katta rol oʻynadi. Abu Nasr Forobiy Arastuning „Metafizika“, 
„Jon haqida“, „Etika“, „Kategoriyalar“, „Topika“, „Analitika“ asarlariga 
ilmiy sharxlar yozib, „Sharq Arastusi“ degan unvonga sazovor boʻldi. 
Abu Ali ibn Sino oʻz ustozlarining ilgʻor gʻoyalarini yanada 
rivojlantirib, Arastu va Forobiydan keyin “Uchinchi muallim” deb 
ataldi.
Ibn Sino bilan Beruniy oʻrtasida Arastuning “Osmon haqida” va 
“Fizika” asarlari toʻgʻrisidagi munozarasi vatanimizda Arastu merosiga 
qiziqish benazir boʻlganidan dalolat beradi. Arab faylasufi Ibn Rushd 
oʻz salaflari Hunayn ibn Ishoq, Ishoq ibn Hunayn, Matto ibn Yunus va 
Yahyo ibn Adiy, al-Kindiy kabi Arastu ijodini targʻib etib, asarlariga 
sharhlar yozib, “Buyuk Shorih” degan nom oldi. Oʻrta asr Sharqida 
Arastu taʼlimotini davom ettirib, uni Yevropaga tanitib, yetuk ilmiy 
asarlar yaratgan faylasuflar butun dunyoda “Sharq aristotelchilari” 
unvoni bilan mashhurdir.

Yüklə 1,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin