Turkiston o‘lkasida jadidchilik harakati va siyosiy harakatlar



Yüklə 72,5 Kb.
səhifə1/4
tarix27.09.2023
ölçüsü72,5 Kb.
#149383
  1   2   3   4
6-mustaqil ish


Turkiston o‘lkasida jadidchilik harakati va siyosiy harakatlar
Reja:

1. Jadidchilik harakatining vujudga kelishi.


2. Turkistondagi jadidchilik harakati namoyondalari va ularning milliy uyg‘onishda tutgan o‘rni.
3. Jadid maktablari. Jadid milliy matbuoti.

1. Jadidchilik harakatining vujudga kelishi.

19-asrning ikkinchi yarmida Osiyo, jumladan, Turkiston ilm-fan va texnika taraqqiyoti bo‘yicha yevropadan ancha orqada qolib ketgan edi. Qoloqlitk vpa jaholat, o‘lka aholisining ayanchli ahvoli Turkistonning Yevropa va jahon sivilizatsiyasidan orqada qolib ketishi va bunday fojiali hayotdan qutulish, erk va ozodlikka erishish haqida o‘z zamonasining ilg‘or ziyoli qatlamlarida fikr-mulohazalar paydo bo‘la boshladi.


XX asr boshlarida Rossiyadagi musulmon maktablarining buyuk islohotchisi va “Tarjimon” jurnali tashkilotchisi Ismoil G‘aspiralining nomi butun Sharqqa mashhur bo‘lib ketdi. U Bog‘chasaroyda eski maktablarning murakkab o‘qish usuliga nisbatan yengil qiroat usuliga asoslangan yangi maktab ochib. Unda o‘zi dars bergan, darsliklar yozgan, chorizmning Sharqdagi siyosatini fosh qiluvchi asarlari bilan Turkistondagi ilg‘or ziyolilarning dunyoqarashiga katta ta’sir ko‘rsatgan edi. Qisqacha aytganda u yangi usul maktablarning vujudga kelishida namuna bo‘lgan.
Jadidlar chorizmning mustamlaka siyosati strategiyasiga jiddiy zaiflantiruvchi o‘zgarishlar qilishga majbur etuvchi vatanparvar siyosiy kuch sifatida 19-asr oxiri – 20-asr boshlaridan tarix saxnasiga chiqa boshladilar. Jadidlar Turkistonda 19-asr oxirida paydo bo‘lgan ilg‘or usullarni yoqlagan ma’rifatparvarlargina bo‘lib qolmay, ayni chog‘da turkiy-islomiy huquqiy merosning millat ichida keng yoyilishi, xurfikrlilik, taraqqiyot va milliy istiqlol uchun ham kurashni maqsad qilib ko‘ygan edi. Bu harakatning vujudga kelishida O‘rta va Yaqin Sharq mamlakatlarida keng quloch yoyib rivojlangan bobiylik va bahoiylikdan iborat falsafiy-diniy oqimlar va Turkiyadagi «Ittihod va taraqqiy» («Yosh turklar» harakati) harakatining ta’siri katta bo‘ldi. Bobiylik va bahoiylik XX asr boshlariga kelib Kavkazda, so‘ngra Toshkent, Ashxobod va Turkistonning boshqa shaharlarida keng tarqala boshlagan va xalqning madaniy-ma’rifiy darajasini ko‘tarishda katta ta’sir ko‘rsatgan. Birgina Toshkentning o‘zida bobiylar va bahoiylar tarafidan “Turkiston”, “Isloh”, “Osiyo” va boshqa kutubxonalar, qiroatxonalar tashkil etilgan bo‘lib, ular xalqning turli qatlam vakillari o‘rtasida ma’rifat tarqatishda katta rol o‘ynadi.
Turkiyadagi «Ittihod va taraqqiy»chilardan Turkistondagi «Ittihod va taraqqiy»chilarning afzallik tomonlari bor edi. Ularda kosmolitik g‘oya deyarli yo‘q edi, rus imperalizmiga va uning mustamlakachilik tizimiga qarshi kurash g‘oyasi va mafkurasi kuchli edi. Hatto 1905 yilgi rus inqilobi va 1908 yilgi Turkiya inqilobida imperializm va mustamlakachilikka qarshi kurash olib borish g‘oyasi yo‘q edi.
Jadidlar Buxoro amirligi va Xiva xonligida xon va amirni ham o‘z g‘oya va maslaklariga tortishga harakat qildilar. Buxoro jadidlari 1900 yil boshida amirdan yangi usuldagi maktablar ochishga ruxsat olishga muvaffaq bo‘ldilar. Ammo bunday yangi usul maktablarini ochilishi Rossiya manfaatiga zid edi, shu boisdan Rossiyaning amirga bo‘lgan tahdidi ortdi, amir jadidlarni siquv ostiga oldi. Rossiya barcha imkoniyatlarni ishga solib jadidlarning musulmon mamlakatlari, xususan Turkiya bilan bo‘ladigan har qanday bordi-keldi aloqalarini oldini olishga e’tibor beradi.
Chor mustamlakachilari O‘rta Osiyoda ochilgan yangi usul maktablariga qarshi kurash boshlaydi, bu maktablarni «islomiyatga qarshi», «g‘ayridin maktablari» deb tashviqot yurgizadilar, josuslik idoralarini ishga soladilar, hatto Buxoro amiriga va Xiva xoniga ham kuchli tazyiq o‘tkazadilar. Ahvol shu darajaga borib yetadiki, bu masala bilan bog‘liq ko‘plab qurbonlar yuz beradi. Chor ma’murlari islom diniga ham qarshi kurashni kuchaytirib yuboradilar. Hatto, 1903 yili podsho Turkiston aholisi uchun muborak Haj qilishni ham farmon bilan man etadi. Bu mahalliy musulmon aholisida kuchli norozilik uyg‘otdi.
1905 yilgi to‘ntarish harakatidan keyin Rossiya hududidagi turkiy xalqlar va ularning Turkiya bilan qardoshlik aloqasi kuchaydi. O‘z davrida Turk dunyosi markazlaridan biri bo‘lgan Qrim, Qozon, Istanbulda chop etilgan jadidchilik ruhidagi adabiyotlar Turkistonga ham keng yoyila boshladi. 1908 yilgi Turkiya inqilobi tufayli yuzaga kelgan “Yosh turklar” harpaktiga muqobil holda Xivada “Yosh xivaliklar”, Buxoroda “Yosh buxoroliklar” jamiyatlari yuzaga keldi. Bu jamiyatlar oxir-oqibatda siyosiy partiyalar maqomini oldi. Jadidchilik haraktining bunday siyosiy tashkilotlari qisqa vaqt ichida Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Qo‘qon, Andijon kabi yirik shaharlarda kuchli tashkilotlarga aylandi. Turkiston xalqida jadidlarga bo‘lgan hayrixohlik, ishonch tobora ortib bordi.
Rossiya imperiyasi tomonidan O‘rta Osiyo xonliklarining zabt etilishi ushbu hududning tanazzulga yuz tutishiga, jahonning rivojlangan davlatlaridan ko‘p sohalarda orqada qolib ketishiga, milliy qadriyatlarning toptalishiga olib keldi. Maorif sohasida ham imperiya manfaatlaridan kelib chiqib, mahalliy aholini savodsizlikda, qoloqlikda tutib turishga qaratilgan siyosat olib borildi. Turkistonda mustamlakachilikka qarshi milliy-ozodlik harakatlari bilan bir qatorda mahalliy aholining aksariyat qismi o‘zlikni saqlab qolish, milliy madaniyatni asrash va rivojlantirishni bir kun bo‘lsa ham unutmadi. O‘rta Osiyoga nisbatan Rossiya imperiyasining harbiy jihatdan ustunligi mahalliy aholining ochiqdan ochiq kurash olib borishiga imkon bermadi. Shuning uchun ham Vatan, millat, xalq qayg‘usini tushungan kishilar, ayniqsa, ziyolilar xalqni ozodlikka eltuvchi yo‘l bu - xalqni ma'rifatli qilish deb bildi. Ular xalqni ma'rifatli qilmasdan turib, mustaqillikni qo‘lga kiritib bo‘lmaydi, deb hisoblaganlar. Ziyolilar xalq orasida ilg‘or g‘oyalarni tarqatishda maorif tizimini asosiy vosita deb bildilar. O‘lka milliy ziyolilarining jamiyatni yangilashga va isloh qilishga qaratilgan harakati jadidchilik nomi bilan maydonga chiqdi. Yodda tuting! XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab Turkistonda ma'rifatparvarlik harakati vujudga keldi. Jadidchilik harakatining vujudga kelishi Har bir jamiyatdagi o‘zgarishlar o‘z davrining tarixiy sharoitidan kelib chiqib namoyon bo‘ladi. Bu o‘zgarishlarda tarixiy shaxslar, ayniqsa, ziyolilarning o‘rni katta bo‘lib, ularning har biri o‘ziga xos ilg‘or g‘oyalarni ilgari suradi. Ziyolilar jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qilish yo‘llarini topishga harakat qiladi. Xuddi shunday jarayon XIX asrning ikkinchi yarmida Rossiya imperiyasi tarkibiga kirgan Qrim, Kavkazorti, Turkiston, protektoratga aylantirilgan Buxoro amirligi va Xiva xonligida ham ro‘y berdi. XIX asrning ikkinchi yarmida mustamlaka zulmi ostidagi ziyolilar o‘z xalqlarini ma'rifatli qilish va ularning taraqqiyot darajasini ko‘tarishga qaratilgan harakatlarni boshladilar. Qrim-tatar ma'rifatparvari bo‘lgan Ismoil G‘aspirali (1851-1914) butun turkiy xalqlar o‘rtasida yoyilgan jadidchilik harakatining asoschisi hisoblanadi. U diniy va dunyoviy bilimlarni chuqur egallab, jahon taraqqiyoti bilan yaqindan tanishgan, bir nechta xorijiy tillarni, turli xalqlarning madaniyatini o‘rgangan edi. O‘zi egallagan bilimlar asosida Sharq va G‘arb dunyosini taqqoslab, turkiy xalqlarning taraqqiyotga erishish yo‘llarini izlaydi. Ismoil G‘aspirali 1884-yilda Qrimdagi Boqchasaroyda birinchi jadid maktabiga asos soldi. U o‘zi tuzgan ta'lim dasturi asosida darslik tayyorladi. Shu dastur bo‘yicha 40 kunda 12 ta o‘quvchining savodi chiqarildi. Bu usul «usuli savtiya» - harftovushi usuli, ya'ni «usuli jadid» nomi bilan keng tarqaldi. Uning 1888-yilda «Rahbari muallimin yoki muallimlarga yo‘ldosh» kitobi chop etildi. Unda yangi usul maktablarining ta'lim tizimi, dars o‘tish va uning tashkil qilinishi, o‘quv xonalarining jihozlanishi, dars jadvali, ta'tillar, imtihonlar bayon etilgan. «Jadid» so‘zi arab tilidan olingan bo‘lib, «yangi» degan ma'noni anglatadi. Jadidlar Rossiya imperiyasi mustamlakasi bo‘lgan xalqlarni, eng avvalo, maorif tizimini yaxshilash, ta'lim sohasini isloh qilish, yoshlarga diniy bilimlar bilan birga dunyoviy fanlarni ham o‘qitish zarur deb bildilar. Ular musulmon xalqJadid maktabi hovlisi larining maktab va madrasalarida yoshlarga di- niy ta'lim, arab, fors va rus tillari, tibbiyot, kimyo kabi fanlar o‘qitilishi zarurligi g‘oyasini ilgari surdilar. Turkiston o‘lkasida millat istiqbolini o‘ylovchi taraqqiyparvar kuchlar xalqning deyarli barcha tabaqalari - hunarmand, dehqon, savdogar, mulkdor, ulamolar orasida mavjud edi. Jadidchilik Taraqqiyparvarlik harakatining O‘rta Osiyoga yoyilishi Ismoil G‘aspirali g‘oyalarining keng yoyilishida «Tarjimon» gazetasi muhim o‘rin tutdi. Ismoil G‘aspiralining 1893-yilda Toshkent, Samarqand va Buxoroga tashrifi ma'rifatparvarlik g‘oyalarining keyingi rivojiga turtki bo‘ldi. 1893-yilda Buxoro amirligida birinchi yangi usul maktabi faoliyat ko‘rsata boshladi. Keyinchalik bunday maktablar boshqa hududlarda ham keng tarqaldi. O‘rta Osiyo jadidlari ma'rifatparvarlik yo‘lida qrim ziyolilari tajribalarini o‘rganish bilan birga boshqa mamlakatlardagi taraqqiyparvarlarning ilg‘or g‘oyalaridan ham foydalandilar. O‘rta Osiyo taraqqiyparvarlik harakati ishtirokchilarining yoshi boshqa mamlakatlar jadid vakillaridan ajralib turgan. 1910-yilda ularning eng yoshi Abdulhamid Cho‘lpon - 13 yoshda, eng kattasi Mahmudxo‘ja Behbudiy - 36 yoshda bo‘lgan. Taraqqiyparvarlik harakatining rivojlanishi ikki bosqichda bo‘ldi. Birinchi bosqichda ma'rifatparvarlikdan boshlangan bu harakat 1917-yilga kelib o‘zining ikkinchi bosqichi - siyosiy ko‘rinishdagi harakatga aylandi. O‘rta Osiyodagi milliy taraqqiyparvarlik harakati hududiy xususiyatlariga ko‘ra Turkiston, Buxoro va Xiva jadidlariga bo‘linadi. Turkiston jadidchiligining asosiy tarkibini ziyolilar tashkil qilib, ular Rossiya imperiyasi mustamlakachilik siyosatiga qarshi kurashning oldingi saflarida turdilar. Ular podsho hukumatining xomashyo manbayiga aylantirilgan Turkistonning kelajagini mustaqil, rivojlangan davlat sifatida ko‘rishni orzu qilganlar. XX asrning boshlarida shakllangan taraqqiyparvarlik kuchlari davlatning boshqaruv tizimi zamon talablariga javob bermasligini, xalqning turmush darajasi past ekanligini va uni o‘zgartirish lozimligini chuqur angladilar. Buxoro milliy ziyolilarining harakati Turkiston o‘lkasiga nisbatan og‘ir ijtimoiy-siyosiy sharoitda yuzaga keldi. Uning tarkibi, asosan, mayda do‘kondorlar, o‘qituvchilar, hunarmandlar, savdogarlardan iborat edi. Jadidlar iqtisod va boshqaruv sohasida bir qator talablar, chunonchi, soliqlarni kamaytirish talabi bilan ham chiqishdi. Shuningdek, Buxoro jadidchiligi ayrim mutaassib mullalar, yangilik va islohotlarni xush ko‘rmaydiganlar oqimi qarshiligiga uchradi. 1910-yildan boshlab Buxoroda jadidchilik harakati siyosiy tashkilot sifatida shakllana boshladi. XX asrning boshlarida Buxoro taraqqiyparvar kuchlari vaziyatga tanqidiy yondashgan holda davlatning ichki boshqaruv tizimi zamon talablariga javob bermasligini, siyosiy-ma'muriy tuzumni o‘zgartirish lozimligini chuqur anglay boshladilar.

Yüklə 72,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin