O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini uchun “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining tuman bosqichini tashkil etish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘ganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 19-maydagi PQ-5117-sonli, Vazirlar Mahkamasining “Iqtidorli o‘quvchilar o‘rtasida fan olimpiadalarini o‘tkazish tizimini takomillashtirish hamda xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktabni aniqlash tizimini joriy etish to‘g‘risida” 2021-yil 9-sentabrdagi 562-sonli qarorlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta‘limi vazirining 2023-yil 3- apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini uchun “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovini tashkil etish to‘g‘risida”gi 79-sonli buyrug'i ijrosini ta’minlash maqsadida hamda viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining 2023-yil 7-apreldagi 15-sonli va Vobkent tuman XTB ning 14«4»2023 yil. 189-2-33-XT/2023-son buyrug’i ijrosini ta’minlash maqsadida buyuraman:
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining 2023-yil 3-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini uchun “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovini tashkil etish to‘g ‘risida”gi 79-sonli buyrug‘i hamda viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining 2023-yil 7-apreldagi 15-sonli buyrug’I, Vobkent tuman XTB ning 14«4»2023 yil. 189-2-33-XT/2023-son buyrug’i rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
1. Mazkur buyruq bilan quyidagilar: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini uchun “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovi (keyingi o'rinlarda - Tanlov) da ishtirok etish istagini bildirgan tumandagi 40 ta maktablar Xalq ta'limi vazirligining axborot tizimida terma jamoalarini ro'yxatdan o'tkazgani hamda asosiy ko‘rsatkichlarini kiritgani ma’lumot uchun qabul qilinganligi; Tanlovning birinchi tuman bosqichi - 2023-yil 19-aprel kuni, ikkinchi (viloyat) bosqichi - 2023-yil 18-may kuni o'tkazilishi;
Tanlovning birinchi tuman bosqichini tashkil etish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita namunaviy tarkibi l-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini uchun “Xorijiy tillarni o’qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining birinchi tuman bosqichini baholash bo‘yicha yo‘riqnoma tegishlicha 2-ilovalarga muvofiq;
Hakamlar hay’ati tarkibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi inobarga olinsin.
2. Tuman tashkiliy qo’mitasiga: Tanlovning birinchi tuman bosqichi 2023-yil 19-aprel kuni barcha tumandagi maktablar kesimida 2-umumta’lim maktabida bo‘shlanishini ta’minlash;
3. Maktabning O’TIBDO’ va ingliz tili fani o’qituvchilariga:
bir hafta muddatda Tashkiliy qo‘mita tomonidan Tanlovda ishtirok etadigan o’quvchilarning yakuniy ro‘yxati tuzilishi va belgilangan tartibda asosiy ko'rsatkichlari bo‘yicha ooo.uzedu.uz sayti orqali va an‘anaviy shaklda hujjatlarni Tuman maktabgacha va maktab ta‘limi bo‘imiga taqdim qilish;
Tanlovning birinchi tuman bosqichida ishtirok etadigan o‘quvchilarning Tanlov o‘tkaziladigan joyga xavfsiz kelib-ketishlarini tashkil etishvazifalari yuklatilsin;
4. Ijro intizomi mutaxasisi (I.Raxmatova) ushbu buyruqni tegishli rahbarlarga yetkazilishini ta’minlasin.
Mazkur buyruqning ijro nazoratini o‘z zimmamda qoldiraman.
Dostları ilə paylaş: |