Umumiy o‘rta ta'lim to‘g‘risidagi elektron shahodatnomaning davlat namunasini tasdiqlash haqida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o ' rta ta’lim to‘g‘risidagi elektron shahodatnomaning davlat namunasini tasdiqlash haqida” 2023-yil 31-yanvardagi 44-son qarori va O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 3-fevraldagi 15-son buyrug‘i, viloyat hokimining 2023-yil 3-fevraldagi 35-2-0-Q/23-sonli qarori, viloyat xalq ta’limi boshqarmasining 2023-yil 10-martdagi 25-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash hamda ta’lim tizimida “Elektron shahodatnoma” axborot tizimini joriy etish maqsadida buyuraman:
1. Viloyat hokimining 2023-yil 3-fevraldagi 35-2-0-Q/23-sonli qarori, viloyat xalq ta’limi boshqarmasining 2023-yil 10-martdagi 25-sonli buyrug‘i hamda Vobkent tumani xalq ta’limi bo’limining 2023 yil 27-martdagi 131-2-33-XT/2023-sonli buyruqlari rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Mazkur qaror bilan:
Tayanch o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi elektron shahodatnomaning davlat namunasi va uning tavsifi; Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi elektron shahodatnomaning davlat namunasi va uning tavsifi;
Psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabni (maktab-intemat) tamomlaganlik to‘g‘risidagi elektron sertifikat namunasi va uning tavsifi;
Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida elektron shahodatnomalarni berish tartibi haqidagi nizom (keyingi o‘rinlarda - nizom) tasdiqlanganligi;
Vazirlikning 2021-yil 12-maydagi “Xalq ta’limi tizimini rivojlantirishga qaratilgan loyihalami moliyalashtirish to‘g‘risida”gi 152-son buyrug‘iga muvofiq “Elektron shahodatnoma” axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda - axborot tizimi) ishlab chiqilayotganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
3. Maktabning O’TIBDO’-J.Rajabovaga: -2022-2023-o‘quv yili yakunidan boshlab, umumta’lim muassasalari axborot tizimiga bitiruvchilar haqidagi ma’lumotlarni to‘g‘ri va haqqoniy kiritib borilishini ta’minlash va nazorat qilish;
-nizomga muvofiq umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi elektron shahodatnomaga buyurtma berish, ularni shakllantirish va bitimvchilarga berilishi ustidan doimiy nazorat o‘rnatish;
27«3»2023 yil. 131-2-33-XT/2023-son qarorning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka va ota-onalarga tushuntirib borish vazifalari yuklatilsin.
4. Maktabning ijro-intizomi va murojaatlar bilan ishlash mutaxassisi (I.Raxmatova) o‘rnatilgan tartibda ushbu buyruqni tegishli rahbarlarga yetkazilishini ta’minlasin.
5. Mazkur buyruq qabul qilinishi munosabati bilan tuman xalq ta’limi bo‘limining 2019-yil 1-iyundagi 131/1-sonli buyuri o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
6. Ushbu buyruqning ijrosini nazorat qilish maktabning O’TIBDO’-J.Rajabova zimmasiga yuklatilsin.
Asos: Vobkent tumani xalq ta’limi bo’limining 2023 yil 27-martdagi 131-2-33-XT/2023-sonli buyrug’i