Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti zaripova dilnoza anvarovna



Yüklə 1,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/89
tarix19.05.2023
ölçüsü1,84 Mb.
#116981
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   89
Ta\'limga kirish O\'quv qo\'llanma 2022 16 шрифт 3 2

Nazorat savollari: 
1. Ta’lim tzimi deganda nimani tushunaziz? 
2. Inovatsiya tushunchasi qanday ma’noni bildiradi ? 
3. Ta’limda inovatsiya degandanda nimani tushunasiz? 
4. Jaxon miqyosida ta’lim tizimida qanday inovatsiyalar tadbiq 
etilmoqda? 
5. Ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan qanday inovatsiyalarni bilasiz? 
6. “ERASMUS +” loyihasi haqida aytib bering. 
7. Blumm taksanomiyasi va uning mohiyati. 
3.3. 
Buyuk britaniya ta’lim tizimi va 
o‘quv muassasalari 
Buyuk Britaniya yuz yillardan beri sifatli klassik ta’limi bilan 
mashhurdir. Bu ta’lim davr sinovidan o‘tgan va xalqaro ta’lim bozorida 
yetakchi o‘rinda turadi. Hozirda 800 mingdan ortiq xorijiy talabalar 
Britaniya ta’lim tizimi yutuqlaridan bahramand bo‘lmoqda. Buyuk 
Britaniya universitet va kollejlarining bitiruvchilari mustaqil va 
zamonaviy fikrlash malakalari, optimal va nostandart yechimlar topish 
ko‘nikmasi bilan boshqalardan ajrlib turadi. Buyuk Britaniya ta’lim 
tizimi quyidagi 4 darajadan iborat:
 
Boshlang‘ich (Elementary school)
 
O‘rta (Sekondary School)
 
O‘rtadan keyingi (Further Education)
 
Oliy (Higner Education)
Bakalavriat - uch yillik ta’lim bo‘lib, uni tugatganlar oddiy yoki 
imtiyozli bakalavr darajasini oladilar. Bakalavr darajasining bir qansha 
tiplari mavjud. Beshta asosiy daraja, bu gumanitar fanlar bakalavri BA, 
tabiiy fanlar bakalavri BS, texnika fanlari bakalavri, huquq bakalavri 
LLB va medisina bakalavri BM. Bakalavr darajasi keyingi magistr va 
doktorlik darajalari beruvshi dasturda ta’lim olish uchun zaruriy 
hisoblandi. Magistratura va doktorantura - oliy ta’limda beriladigan 


akademik kurs. Tadqiqotchi magistr darajasini ko‘pincha falsafa 
magistri deb ataladi. Bu darajani olish uchun katta professor-
o‘qituvchilar rahbarligida 1-2 yil davomida mustaqil ilmiy tadqiqot bilan 
shug‘ullanish zarur. Tadqiqot natijasida magistr darajasi beriladi. 
Doktorlik darajasini beruvchi ko‘p dasturlar bu-tadqiqot loyihalaridir. 
Bunda leksiya yoki seminarlar olib borilmaydi. Tadqiqot dasturini 
yakunlash uchun 2-3 yil kerak bo‘ladi. Bu vaqt ichida talaba olingan 
tadqiqot natijalarini nashr qilishi kerak. Nashr qilingan materiallar 
bo‘yicha dissertasiya yozishi va uni himoya qilishi lozim.Angliyada 
umumiy o‘rta ta’lim barcha bolalar uchun 5 yoshdan 16 yoshgacha. 
O‘quv yili esa sentyabrdan to iyulgacha davom etadi va 3 semestrga 
bo‘linadi:
Kuzgi semestr: sentyabrning boshidan dekabrning o‘rtalarigacha. U 
shuningdek Michaelmas Term (Mikelmes term) nomi bilan ataladi 
(xususiy maktablarda).
Bahorgi semestr: yanvarning boshidan martning o‘rtalarigacha yoki 
so‘ngigacha (pasxa bayramlari vaqti bilan bog’liq). U shu bilan birga 
Lent Term (Lent term) nomini olgan.
Yozgi semestr: aprelning boshidan yoki o‘rtasidan iyulning 
o‘rtalarigacha.
Har semestrning o‘rtasida qisqacha ta’til ( u half term (xaf term) deb 
ataladi) rejalashtirilgan bo‘lib, oktyabrning oxirida boshlanadi, shu kabi 
fevralning o‘rtasi va mayning oxirlariga tug’ri keladi. Angliyada ikki 
tipdagi maktablar mavjud: davlat maktablari va xususiy maktablar. 
Davlat maktablari davlat tomonidan ta’minlanadi va mahalliy ta’lim 
muassasalari tomonidan boshqariladi. Ammo ko‘pgina davlat maktablari 
shu bilan birga xususiy ta’minot manbalarini topishga harakat qilishadi. 
Bunday holatda ular dotastiya maktablari deb ataladi. Davlat 
maktablarida ota- onalar o‘qitish uchun hech narsa to‘lashmaydi. 
Boshqacha aytanda, o‘rta ta’lim (11 yoshdan) barcha uchun majburiy 
bo‘lib, bu bolalarning bilim saviyasi va qobiliyatidan qat’i nazar, 
ularning qabul qilinishini bildiradi. Bunday maktablarda asosan aralash, 
ya’ni o‘g’il va qiz bolalar birga o‘qitiladi. Shunta qaramasdan, 
qobiliyatli bolalar uchun maktablar bo‘lib, ular imtihon natijalari asosida 
tanlab olingan va deyarli alohida o‘qitish maktablariga ega. Hamma 
davlat maktablari kunduzgi, ya’ni maktab hududida yashashga 
mo‘ljallanmagan.
Milliy dastur davlat tomonidan ishlab chiqiladi va barcha maktablar 
uchun majburiydir. Ko‘pchilik xususiy maktablar milliy ta’lim dasturiga 


amal qilishadi, lekin fanlarni o‘qitishda o‘zgartirish huquqiga ega. Milliy 
dasturga quyidagi fanlar kiradi: ingliz tili, texnologiya va dizayn, 
geografiya, matematika, informatika, musiqa, tabiatshunoslik, chet 
tillari, san’at, jismoniy tayyorgarlik, tarix. 
Milliy dastur 4 bosqichga bo‘linadi va «Bosqichlar» deb ataladi, bu 
bolaning yoshiga bog’liq: 5-7 yoshdagi (1-bosqich) bolalar milliy 
bosqichdagi barcha fanlar o‘rgatiladi. 7-11 yoshdagi (2-bosqich) bolalar 
chet tillaridan boshqa barcha fanlarni o‘rganadilar.11-14 yoshdagi (3-
bosqich) bolalar quyidagi majburiy fanlarni o‘rganadilar: matematika, 
ingliz tili tabiatshunoslik, chet tili, texnologiya. Ular qo‘shimcha hech 
bo‘lmaganda bitta ijtimoiy fanni o‘rganishlari kerak: geografiya yoki 
tarix, shuningdek, san’at bo‘yicha biror fanni: san’at, jismoniy tarbiya 
yoki musiqa. Maktab jadvali bo‘yicha bolalar xohishlariga qarab barcha 
ijtimoiy va san’at fanlarini o‘rganishlari mumkin. 16 va undan katta 
yoshda topshiriladigan davlat imtihonlari. GCSE - General Certificate of 
Secondary Education. 10-o‘quv yilini boshlovchilar va may/iyun 
imtihonlari bilan 11-o‘quv yilini yakunlovchilar uchun 2 yillik kurs. 
Ballar tizimi: «A»dan «G» gacha («U» - o‘tib bo‘lmaydigan ball). Agar 
bola «A» level kursidan ko‘proq fan o‘rganishni istasa, u GCSE 
imtihonlarida shu fan bo‘yicha «S»dan past ball olmasligi kerak.
«GCSE» imtihonlari uchun 10 tagacha fanlarni tanlash mumkin, lekin 
o‘rtacha 6 ta fan topshiriladi. GCE «A» Level - General Certificate of 
Education Advanced Level. Oliy o‘quv yurtlariga kiruvchilar uchun, 12-
o‘quv yilini boshlovchilar va 13-o‘quv yilini may/iyundagi imtihonlar 
bilan yakunlovchilar uchun 2 yillik kurs. Ballar tizimi: «A» dan «E» 
gacha, GCSE darajasida imtihon topshirishda «N» balli tenglashtiriladi. 
«U» - o‘tib bo‘lmaydigan ball.
Imtihonlar topshirish uchun 1, 2 yoki 3 (ba’zan xatto 4) fan 
tanlanadi.
«AS» Level — 1 yillik kurs. Natijalari «A» level 1/2 ballariga 
tenglashtiriladi . Barcha yuqorida ko‘rsatilgan imtihonlarning natijalari 
avgustning uchinchi haftasida e’lon qilinadi.
Keyingi ta’lim (studentlarning) 16 va undan katta yoshdagi 
talabalarning oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun jadal tayyorlaydigan 
turli kurslarda o‘qishlariga mo‘ljallanadi. Bunday ta’lim turli fanlar 
bo‘yicha tayyorlaydigan, texnika va tijorat fanlarining eng quyi 
darajadan boshlab, to yo‘naltirilgan kurslargacha, biznes sohasida, 
ma’muriyatchilik va xo‘jalikning nufuzli doiralarida yuqori malakali 
xodimlar tayyorlashga yo‘naltiradigan «keyingi ta’lim» kollejlarida 


bo‘lishi 
mumkin. 
Shuningdek, 
o‘qishning davomi nokasbiy 
yo‘nalishdagi kurslarda ham bo‘lishi mumkin. Ularga ixtisoslashtirilgan 
GCSE va «A» level kurslari ham tegishlidir. Kunduzgi o‘qish kurslariga 
qo‘shimcha tarzda o‘qishni ish bilan birga olib boruvchilar uchun qator 
sirtqi va kechki kurslar ham mavjud. «Keyingi ta’lim» kollejlari tijorat 
va ishlab chiqarish korxonalari bilan chambarchas bog’langan va asosan 
ishchilar ixtisosligi bo‘yicha kadrlar tayyorlaydi, ammo «keyingi 
ta’lim»ning ko‘p kollejlari oliy o‘quv muassasalari bilan chambarchas 
bog’liqdir. Bu kollej talabalariga oliy ma’lumot olishlari uchun 
universitetda o‘qishni davom ettirishlariga imkon beradi.
Oliy ta’lim «A» 1eve1dan yuqori darajadagi ta’limning har qanday 
turini o‘z ichiga oladi. Bunday ta’lim universitetning turli kurslarida, 
kollejlarda, oliy ta’lim institutlarida (shu jumladan pedagogika 
institutlari), shuningdek, keyingi ta’lim institutlarida ham bo‘lishi 
mumkin. Hozirgi vaqtda Buyuk Britaniyada 89 ta universitet mavjud 
(shu jumladan oliy ta’limning 1992 yildagi Aktiga muvofiq tashkil 
etilgan 39 ta «yangi» universitetlar ham) bo‘lib, ular sobiq 
politexniklarga o‘z fanlari bo‘yicha daraja berishga va universitet 
nomini olib yurishga yo‘l beradi.

Yüklə 1,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin