Takliflardan biri asosiy va ikkinchisi esa «har ehtimolga qarshi» bo‘ladi.
«A» level imtihonlarining natijalari e’lon qilinganda, (avgustning
uchinchi haftasida) universitetlar abiturient qabuli haqida yakuniy qaror
qabul qiladilar. «A» level imtihonlari bo‘yicha kerakli ballarni to‘plagan
barcha abiturientlar universitetga qabul qilinishlari shart. «A» level
imtihonlarida etarli ball yig’olmagan abiturientlar universitet ixtiyori
bilan unga qabul qilinishi mumkin.
Tanlangan universitetlardan taklif olmagan yoki kech (1 iyuldan
so‘ng) murojaat qilgan abiturientlar keyingi tanlov bosqichida
qatnashishlari mumkin. Bu bosqichda UCAS mavjud o‘rinlar haqida
abiturientlarga axborot beradi va abiturient bunday universitetlar bilan
mustaqil muzokaralar olib borishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: