Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti zaripova dilnoza anvarovna



Yüklə 1,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/89
tarix19.05.2023
ölçüsü1,84 Mb.
#116981
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   89
Ta\'limga kirish O\'quv qo\'llanma 2022 16 шрифт 3 2

AQSH dagi OTM o‘quv jarayoni. AQSHda oliy ta’lim 4 asosiy 
bosqichda amalga oshiriladi: kichik mutaxassis, bakalavr, magistr, 
doktor. Oliy ta’limdagi bosqichlar o‘z oldiga qo‘ygan maqsadi va o‘quv 
dasturlari jihatidan bir-biridan qat’iy chegaralangan. Birinchi bosqich 
garchi AQSh oliy ta’lim bosqichi deb yuritilsada, ularni vazifasiga 
ko‘ra, bizdagi maxsus o‘rta o‘quv yurtlariga tenglashtirish mumkin. Bu 
bosqich 2 yillik kollej shaklida amalga oshirilib, bitiruvchilarning 
uchdan ikki qismi 4 yillik kollejlarning 3-kursiga qabul qilinadilar. 
Qolgan bir qismi esa kichik mutaxassis guvohnomasini oladi. Ikki yillik 
kollejlarning 87 foizi davlat ixtiyorida, qolgan 13 foizi esa xususiydir. 
Bunday kollejlarga o‘rta maktabni tugatganlar o‘z iqtidori, qiziqishi va 
maktabda olgan kasb yo‘nalishiga ko‘ra turli yo‘nalishdagi ixtisoslik 
bo‘limlariga qabul qilinadilar. Bu o‘quv yurtlarida o‘qish eng yuqori 
saviyada olib boriladi. Chunki bu toifadagi o‘quv asosan dorilfununlar 
qoshida tashkil etilgan ikki yillik kollejlar deyarli barcha shtatlarda 
bo‘lib, tayyorlangan mutaxassislar o‘sha shtatlardagi kadrlarga bo‘lgan 
ehtiyojni qondiradi. Bunday kollejlar asosan kam ta’minlangan, nochor 


oilalarning farzandlari uchun mo‘ljallangandir. Shuningdek, bunday 
kollejlar yoshlar o‘rtasida ishsizllikni kamaytirishga xizmat qiladi. 
1-bosqichi oliy ta’limni tugallagan talabalarga 2-bosqichdagi to‘rt 
yillik kollej va dorilfununlarga kirish imkoniyati beriladi. Bunday oliy 
o‘quv dargoxini bitirganlarga birinchi darajalari bakalavr unvoni 
beriladi. 2-bosqich oliy o‘quv yurtini bitirganlarning bir qismi nazariy 
bilimlarni amaliyotida mustahkamlash uchun to‘rt yil ishlab chiqarishga 
borib ishlaydilar. Chunki bunday kollejlarda talabalar uchun amaliy 
ko‘nikma ko‘zda tutilmagan. 
Bitiruvchilarning eng layoqatlilari aspirantura va doktoranturada 
o‘qiydilar. 3- bosqich - magistr maktabi hisoblanib, unda o‘qish muddati 
1-3 yildan iborat. 4-bosqish doktorantura bosqichidir. Tinglovchilar 
unda 3-4 yil ta’lim oladilar.

Yüklə 1,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin