132
Yer yuzasining balandligidan, gidroizogips chizigi sathini ayirsak yer osti
suvining yotish chuqurligini aniqlaymiz. Grunt suvlari o’ziga xos bo’lgan rejimda
o’zgarib turadi. Vaqt davomida grunt suvlarining sathi, sarfi, kimyoviy tarkibi,
harorati va boshqa xossalarining o’zgarib turishi bunga misoldir. Yuqoridagi
o’zgarishlar yil, mavsum, oy va hatto bir kunda ham ro’y berishi mumkin
O’zgarishlarni katta farq kilishligi, grunt suvlarining yer yuzasiga yaqinligiga,
ta’minlanish va sarf bo’lish sohasining uzoq, yaqinligiga ham bog’liqdir. Grunt
suvlarining ayniqsa harorati va sathi o’zgarishga ko’proq moyil bo’ladi. Uning
sathlarida farqlar ba’zi hollarda bir necha metrlarga yetadi. Grunt suvlarining
rejimiga juda ko’p omillar: yotish sharoiti, ta’minlanishi, suv almashishi ta’sir
etadi. Ulardan eng asosiylari suv to’planadigan muhit, iqlim, rel’yef va
insonlarning faoliyatlaridir.
Grunt suvlarining rejimini bilish katta amaliy ahmiyatga egadir. Buning
uchun maxsus rejim o’rganuvchi stantsiyalar tuzilib, ular yer osti suvlari
rejimining qonuniyatlarini, ularni keltirib chiqaruvchi omillarini va sun’iy
aralashish yo’li bilan, rejimidagi o’zgarishlarni oldindan aytib berish masalalarini
o’rganadi.
Dostları ilə paylaş: