Mundarija ikp faniga kirish va nafas tizimi kasalliklari Tibbiyot dеontolgiyasi asoslari, «yatrogеniya»


-O’pka to’qimasi zichlashish sindromi. O’pka to’qimasi yallig’lanish kasalligi (krupoz va o’choqli pnevmoniya) bosqichlari, simptomatologiyasi, davolash



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə33/74
tarix05.05.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#108399
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   74
Referat - Bezgak

10-O’pka to’qimasi zichlashish sindromi. O’pka to’qimasi yallig’lanish kasalligi (krupoz va o’choqli pnevmoniya) bosqichlari, simptomatologiyasi, davolash.

Asosiy klinik sindromlar.


O’pka to’qimasining o’choqli qattiqlanish (OTO’Q) sindromi.
O’TO’Q sindromi alveolalarning yallig’lanishi suyuqligi va fibrin bilan to’lishi (zotiljamda), qon bilan to’lishi (o’pka infartida), o’pka bo’lagida biriktiruvchi to’qima o’sib borishi (pnevmoskleroz, karnifikasiya).
Uzoq muddatni o’pka yallig’lanishi yoki o’sma to’kimasi tufayli. Bemorlarning asosiy shikoyati xansirash; umumiy ko’zdan kechirganda ko’krak qafasining “kasal” tomoni nafas olishda orqada qolishi; qattiqlanish sohasida ovoz dirillashining kuchayishi, perkutor o’pkaning qator sohasi ustida bo’g’iq tovush, auskultatsiyada- patologik bronxlar nafas eshitiladi, bronxofoniya- kuchaygan kichik bronxlarda suyuq sekret bo’lgan hollarda jarangli (konsonirlangan) xirrillashlar eshitiladi. Rentgenologik o’zgarishlar o’pka to’qimasi qattiqlanishi soxasida o’chokli qorongilanish, hajmi formasi kasallikning xarakteri va bosqichiga bogliq.

Krupoz zotiljam.


Krupoz zotiljamda o’pkaning bitta yoki nechta bo’lagi yoki segmenti yallig’lanadi. O’pkadagi patomorfologik o’zgarishlar uzluksiz davom etadigan 4 bosqichda o’tadi.
I qonga to’lish (giperemiya) bosqichida o’pka to’qimasida gipermiya paydo bo’lib, kapillyarlarning o’tkazuvchanligi oshishi natijasida alveolalar ichida yallig’lanish ekssudati to’planadi. Bu bosqich 12 soatdan 3 kungacha davom etadi.
II qizil jigarlanish bosqichida alveolalar va kichik bronxlardagi ekssudatga qon tomirlardan eritrositlar va oqsil (fibrinogen) o’tadi. Alveolalardan havo siqib chiqarilib, fibrin bilan to’ladi. Bu bosqich 1 — 3 kun davom etadi.
III kulrang jigarlanish bosqichida ekssudatda leykositlar ko’payib, kesib ko’rilganda kulrang jigarni eslatadi. Mikroskop orqali tekshirilganda pnevmokokklarni fagositoz qilgan neytrofillarni ko’rish mumkin. III bosqich — 3 — 6 kun davom etadi.
IV tuzalish bosqichi kasallikning 7 — 10- kunlarida boshlanadi. Bu bosqichda alveola bo’shlig’idagi fibrinlar asta erib, alveoladagi epiteliy to’kimasi ko’chib, ichida pnevmokokklari bor neytrofillarni fagositoz qilgan makrofaglar bilan birgalikda Bronx orqali chiqa boshlaydi, ekssudat asta so’riladi. O’pka to’kimasi yumshaydi, ammo elastik holatiga tezda qaytmaydi. Bu bosqichning davom etish muddati yallig’langan sathning kattaligiga, kasallik qo’zg’atgan mikrobning virulentlik xususiyatiga bog’liq.
Hozirgi vaqtda ko’pinchalik bemorlarda yuqorida keltirgan patomorfologik bosqichlarning o’tish muddati juda qisqarishi mumkin. Hatto ko’rsatilgan bosqichlarning ayrimlari bo’lmasligi ham mumkin. Qari, holsizlangan bemorlarda esa yallig’lanish jarayoni sust o’tib, uzoq muddatga cho’zilishi mumkin.

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin