Mundarija ikp faniga kirish va nafas tizimi kasalliklari Tibbiyot dеontolgiyasi asoslari, «yatrogеniya»


Yurak –qon tomir kasalligi bilan kasallangan bеmorlarni ob'еktiv tеkshirish: Yurak absolyut va to’mtoq chеgarasini aniqlash.Yurak konfiguratsiyasi va tomir tutami



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə47/74
tarix05.05.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#108399
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   74
Referat - Bezgak

15.Yurak –qon tomir kasalligi bilan kasallangan bеmorlarni ob'еktiv tеkshirish: Yurak absolyut va to’mtoq chеgarasini aniqlash.Yurak konfiguratsiyasi va tomir tutami.
Perkussiya usuli bilan yurakning katta – kichikligi (chegaralari), aniqlanadi.Yurak mushak va qondan iborat havosiz a’zo bo’lgani uchun uni tukillatib ko’rganda bo’g’iq tovush beradi. Lekin u qisman o’pka bilan qoplanib turganligi sababli bo’g’iq tovush nisbiy va mutlaq bo’ladi. Yurakning nisbiy bo’g’iqlik chegarasi uning haqiqiy chegaralariga ,mutlaq bo’g’iqlik chegarasi esa o’pka bilan qoplanmagan yuzasining kengligiga mos keladi. Bu yerda o’ng qorinchaning oldingi devori joylashgan bo’ladi.
Perkussiya vaqtida bemor tik turishi , o’tirishi va yotishi mumkin. Yurakning nisbiy bo’g’iqlik chegaralarini aniqlashda o’rtacha perkutor zarbadan , absolyut bo’giqlik chegaralarini aniqlashda esa kuchsiz zarbadan foydalaniladi. Barmoq plessimetr tanaga zich tegib turishi va aniqlanayotgan chegara chizig’iga parallel ravishda qovurg’a oralig’iga qo’yilishi kerak. Perkussiya aniq perkutor tovushdan bo’giq tovushga tomon olib boriladi va chegara barmoq plessimetrning tashqi tomonidan belgilanadi. Yurakning nisbiy bo’g’iqlik chegaralari ma’lum ketma-ketlikda ,avval o’ng , keyin chap va yuqori tomonlardan aniqlanadi. Yurakning nisbiy bo’g’iqlik chegarasini o’ng tomondan aniqlash uchun avval o’rta o’mrov chizig’i bo’ylab yuqoridan pastga qarab jigarning yuqori chegarasigacha perkussiya qilib boriladi. So’ngra barmoq plessimetrni bir qovurg’a oraliqda yuqoriga ko’tariladi va qovurg’alar yo’nalishiga perpendikulyar va to’sh suyagining chetiga parallel ravishda o’ngdan chapga qarab perkussiya qilib boriladi. So’glom odamda yurakning o’ng nisbiy bo’g’iqlik chegarasi to’sh suyagining o’ng chekkasida 1 sm tashqarida bo’ladi. Yurakning chap nisbiy bo’g’iqlik chegarasini aniqlash uchun avval palpatsiya yo’li bilan yurak cho’qqisining turtkisi aniqlanadi, so’ng qo’ltiq ostidan boshlab qovurg’a oralig’i bo’ylab cho’qqi turtkisi tomon bo’g’iqlashgan tovushgacha perkussiya qilib boriladi . Normada yurakning chap bo’g’iqlik chegarasi chap o’rta o’mrov chizig’idan 1-1,5 sm ichkarida joylashadi. Yuqori tomondan chap to’sh oldi chizig’i bo’ylab yuqoridan pastga qarab perkussiya qilib boriladi. U sog’lom odamda 3-qovurg’a orasida joylashadi. Shundan keyin tananing o’rta chizig’idan yurakning chap va o’ng nisbiy bo’g’iqlik chegaralarigacha bo’lgan masofa o’lchanadi. U chapdan 8-9 sm , o’ngdan 3-4 sm,hammasi bo’lib 11-13 sm ni tashkil qiladi va bu umumiy masofa yurakning ko’ndalang o’lchami deyiladi.Yurakning absolyut bo’g’iqlik chegaralarini aniqlash uchun uning nisbiy bo’g’iqlik chegarasidan ichkariga qarab bo’giqlashgan perkutor tovushdan absolyut bo’g’iq tovush paydo bo’lguncha perkussiya qilib boriladi.Sog’lom odamda o’ngdan yurakning absolyut bo’g’iqlik chegarasi to’sh suyagining chap qirrasi sohasida , chapdan nisbiy bo’g’iqlik chegarasidan 1-1.5 sm ichkarida va yuqoridan to’sh oldi chizig’i bo’ylab 4-qovurg’a oralig’ida joylashadi.Yurakning nisbiy bo’g’iqlik chegaralarining o’zgarishi turli omillarga bog’liqdir.Uning kichiklashib ketishi asteniklarda,ichki a’zolar pastga tushganda , yurakning vertikal joylashishi tufayli kuzatiladi, aksincha , bu chegaralarning kattalashib ketishi gipersteniklarda ,qorinda ko’p miqdorda havo ,suyuqlik yig’ilganda, diafragmaning baland joylashganligi tufayli yuzaga keladi. Bunda yurak ancha gorizontal joylashadi. Yuqoridagi hollarda yurakning chegaralari uning o’zini emas , balki holatining o’zgarishi bilan bog’liq bo’ladi.Yurak kasalliklarida uning mushaklari gipertrofiyaga uchrashi hamda uning ayrim qismlarining kengayib ketishi(dilyatatsiya) natijasida ham u yoki bu tomondagi chegaralarining o’zgarishi qayd etiladi. Ko’pincha chegaralarning kattalashib ketishi o’ng , chap ,yuqori va orqa tomonda aniqlanadi,chunki oldinda ko’krak qafasining qarshiligi ,pastda esa diafragma yurakning bir tomonlama kengayishiga to’sqinlik qiladi. Yurakning nisbiy bo’g’iqlik chegaralarining o’ng tomonga kattalashishi o’ng bo’lmacha va o’ng qorinchaning kattalashishi natijasida yuzaga keladi. Bu hol uch tavaqali klapan yetishmovchiligida va o’pka arteriyasining og’zi torayib qolganda kuzatiladi. Mitral stenozda esa yurak chegaralari faqat o’ngga emas, balki yuqoriga ham kattalashadi. Yurakning nisbiy bo’g’iqlik chegarasining faqat chap tomonga kattalashishi ko’pincha gipertoniya kasalligida , chap qorincha kuchli gipertrofiyaga uchraganda qayd etiladi.Chapga hamda pastga (6-7 qovurg’a oralig’igacha ) kattalashuvi aortal poroklarda , chapga va yuqoriga kattalashuvi mitral klapan yetishmovchiligida uchraydi. Yurak nisbiy bo’g’iqlik chegarasining yuqoriga kattalashuvi mitral teshik torayishida kuzatiladi. Yurak kasalliklari uzoq vaqt davom etganda , ayniqsa qo’sh poroklar kuchli dekompensatsiyaga uchraganda yurakning nisbiy bo’g’iqlik chegarasi hamma tomonga kengayib ketadi. Bunday yurakni “buqa yuragi” deb ataladi (cor bovinum).

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin