Mundarija ikp faniga kirish va nafas tizimi kasalliklari Tibbiyot dеontolgiyasi asoslari, «yatrogеniya»



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə48/74
tarix05.05.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#108399
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   74
Referat - Bezgak

Tomirlar tutamini o’ng tomondan yuqori kavak vena va aorta yoyi , chapdan o’pka arteriyasi hosil qiladi.Ba’zi kasalliklarda (aorta anevrizmasi,o’pka arteriyasining kengayishi,ko’ks oralig’I o’smalari va boshqalar)tomirlar tutami kengayib ketadi . Uni aniqlash uchun 2-qovurg’a oralig’ida chap va o’ng tomonda o’rta o’mrov chizig’i sohasidan boshlab tashqaridan ichkarigacha bo’g’iq tovushgacha perkussiya qilib boriladi va barmoq plessimetrning tashqarisidan belgilanadi. Sog’lom odamda bu tutamning kengligi 5-6 sm ga teng.


YURAK KONFIGURATSIYASINI ANIQLASH

Yurak konfiguratsiyasi yoki shaklini aniqlash tashxis uchun katta ahamiyatga ega.Yurak poroklarida yurakning shakli ancha o’zgaradi . Masalan, mitral klapan yetishmovchiligida va stenozida yurakning o’g va chap qismlari kengayib ketganligi sababli chap tomon tekislanib,chegara yoyi yo’qolib, ba’zan aksincha bo’rtib chiqadi.Bunday shaklni “mitral konfiguratsiya” deyiladi. Aorta klapani poroklarida, gipertoniya kasalligida yurakning faqat chap qorinchasi kengayganligi sababli,yurak chap chegarasining pastki qismlari kengayib ketadi va chegara yoyi ko’proq bilinadi. Bu shakl yurakning” aortal konfiguratsiyasi “deyiladi.Yurak konfiguratsiyasini perkussiya yo’li bilan aniqlash uchun avval tomirlar tutami va yurak cho’qqisi chegaralari belgilangandan keyin chap va o’ng tomondan 3-4 qovurg’a oralig’idan tashqaridan ichkariga qarab perkussiya qilib borib,u yerdagi nisbiy bo’g’iqlik chegaralarini odatdagidek belgilanadi va shu belgilangan nuqtalarni yuqoridan tomirlar tutamining kengligini ko’rsatuvchi nuqtalar bilan,pastdan yurak cho’qqisi nuqtasi bilan tutashtiriladi.




YURAKNING MUTLOQ BO’G’IQLIK CHEGARALARI .

Yurakning mutloq bo’g’iqlik chegarasi uning o’pka bilan qoplanmagan va ko’krak qafasining old devoriga tegib turuvchi qismidir. Bu yerdagi mutloq bo’g’iqlik o’ng qorincha hisobiga yuzaga keladi.Mutloq bo’g’iqlik chegarasi ham patologik hollarda o’zgarishi mumkin.Uning kengayib ketishi diafragma juda baland joylashganda ,o’pka to’qimasi chetlari burishib qolganda, orqa ko’ks oralig’ining katta o’smalarida, ekssudativ plevrit hamda perikarditlarda kuzatilishi mumkin.Aksincha mutloq bo’g’iqlik chegarasining torayib ketishi diafragma juda past joylashgan hollarda,o’pka emfizemasida ,pnevmosklerozda,yurak atrofida yoki teri ostida havo yig’ilganda qayd etilishi mumkin.Bundan tashqari yurakning o’zining kengayib ketishi ham mutloq bo’g’iqlik chegaralarining kengayishiga olib keladi .Masalan , o’ng qorincha gipertrofiyasi bilan kechadiga poroklarda shunday bo’ladi.Yurakning mutloq bo’g’iqlik chegarasini aniqlash uchun kuchsiz yoki juda kuchsiz perkutor zarbadan foydalaniladi. Barmoq plessimetr topilishi lozim bo’lgan chegaraga parallel ravishda qo’yiladi va nisbiy bo’g’iqlik chegarasidan ichkariga to mutloq bo’g’iq tovush paydo bo’lguncha perkussiya qilib boriladi. Avval o’ng tomondan perkussiya qilinadi. Buning uchun barmoq plessimetr o’ng nisbiy bo’g’iqlik chegarasiga – to’sh suyagi qirrasiga parallel ravishda qo’yiladi va chap tomonga kuchsiz perkussiya qilib boriladi. Mutloq bo’g’iq tovush paydo bo’lgan joy barmoqning tashqi tomonidan belgilanadi . Normada yurakning o’ng mutloq bo’g’iqlik chegarasi to’sh suyagining chap qirrasiga to’g’ri keladi. Chap tomondan nisbiy bo’g’iqlik chegarasini aniqlash uchun chap nisbiy bo’g’liqlik chegarasidan sal tashqariga barmoq plessimetr qo’yilib, chapdan mutloq bo’g’iq tovushgacha o’ngga qarab perkussiya qilib boriladi. Bu chegara normada qovurg’a oralig’ida o’rta o’mrov chizig’idan 1,5-2 sm ichkarida joylashadi, ya’ni chap nisbiy bo’g’iqlik chegarasiga deyarli mos keladi yoki 1 sm ichkarida joylashadi.



16.Yurak –kon tomir kasalligi bilan kasallangan bеmorlarni ob'еktiv tеkshirish: Yurak auskultatsiyasi, yurak tonlarining xaraktеristikasi, yurak tonlarini eshitish nuktalari. Yurak tonlarining kuchayishi va susayishi.
Yurak sohasida sog`lom odamda 2 tonni eshitish mumkin.
I ton. Qorinchalar sistolasi boshlanishi natijasida yuzaga keladi. (sistolik ton) va II-ton diastola boshlanishi vaqtida yuzaga keladi. Yurak tonlarining paydo bo`lish mexanizmi yurak miokardining qisqarishi klapnlarning ochilishi va boshlang`ich aloqalar esa barcha to`lqinlar yuzaga kelishi bilan sodir bo`ladi. Yurakda I-ton qorinchalar sistolasi boshlanish vaqtida, mitral klapn (2 tavaqali) va 3 tavaqali klapnlarning yopilishi bir vaqtda qorinchalarning qisqarishi natijasidir. I ton yuzaga kelish mexanizmi 4 ta komponentdan iborat.
* Bo`lmacha-qorincha o`rtasidagi klapan elastin toladan iborat bo`lib, ular mahkam ypiladi. Ular faqat yopiq klapn holatida 1 ton boshlanish f azasida ishtirok etadi
* I ton hosil bo`lishida qorinchalar qisqarishi tebranishi ham ishtirok etadi.
* I tonning boshqa komponentlari ham ifodalanadi: tomir komponenti aorta sohasidagi tebranishga bog`liq, o`pka arteriyasining qisqargandagi, qon hajmi bo`lmachalar qisqarishi
* II ton diastola vaqtida aorta klapani va o`pka arteriyasida klapanlarning yopilishi natijasida hosil bo`ladi.



Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin