Mundarija: Kirish 1 bob. Odil Yoqubovning yangi o’zbek taraqqiyotidagi o’rni va Odil Yoqubov ijodiga pafos masalasi


Kurs ishining o'rganilishi darajasi



Yüklə 198 Kb.
səhifə2/5
tarix19.12.2022
ölçüsü198 Kb.
#76368
1   2   3   4   5
Odil Yoqubovning

Kurs ishining o'rganilishi darajasi. Kurs ishi mavzusi yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirilgan. Jumladan, o'zbek adabiyotida pafos masalasi M.Olimovning “O'zbek adabiyotida pafos masalasi” kitobida batafsil o'rganilgan. Shuningdek, O.Yoqubov ijodi A.Nosirov, A.Aliyevlar asarlarida chuqur o'rganilgan. Jumladan, A.Alievning kitoblarida O.Yoqubov ijodiga yuksak baho beradi, uning XX asr o'zbek adabiyotida realistik romanchilikni boshlab berganini ta'kidlaydi. Adib ijodini tahlil va talqin etishda munaqqid uning adabiy - estetik qarashlaridagi yetakchi tamoyillarga, hayotiylik, haqqoniylik, milliylik tildan foydalanish mahorati singari mezonlariga urg'ru beradi. Biroq ayni damda Matyoqub Qoʻshjonov, Ozod Sharafiddinov, Leonid Terakoyan, Umarali Normashov, Norboy Xudoyberganov, Botir Norboyev va boshqalar ilmiy tadqiqot ishlari qilishgan.
Mavzuning obyekti va predmeti . Ushbu kurs ishini to'liq va chuqur ochib berishda " Oq qushlar, oppoq qushlar" romani.
Kurs ishining maqsadi. Mazkur kurs ishining maqsadi O.Yoqubovning “Oq qushlar, oppoq qushlar” romanidagi pafos masalasini o'rganish.
Tadqiqotning nazariy va amaliy ahamiyati. Mazkur kurs ishidan ko'zlangan maqsad, o'zbek adabiyotidagi durdona asarlardan biri bo'lmish “Oq qushlar, oppoq qushlar" romani bo'yicha mulohaza yuritish hamda asarning pafosi masalalarini samarali yoritish.
Kurs ishining tuzilishi. Ushbu kurs ishi kirish, 2 bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro'yxatidan tarkib topgan.
I BOB. ODIL YOQUBOVNING YANGI O’ZBEK TARAQQIYOTIDAGI O’RNI VA ODIL YOQUBOV IJODIGA PAFOS MASALASI

    1. Odil Yoqubov o’zbek nasrining yirik namoyondasi

Odil Yoqubov o'zbek adabiyotining taniqli namoyandalaridan biri bo'lib, adib ijodi adabiyotshunoslikda turli muammolar nuqti nazaridan teran o'rganilgan.
Qozog‘iston Respublikasi Chimkent viloyati Turkiston tumanining Qarnoq qishlog’ida xizmatchi oilasida 1926 yili tug‘ildi. 1944 yilda o‘rta maktabni tugatib, 1945—1950 yillarda Qizil Armiya safida xizmat qildi. Yosh askar sovet-yapon urushi muhorabalarida ishtirok etadi. 1951—1956 yillarda u O’rta Osiyo Davlat dorilfununining filologiya fakultetida o‘qiydi. 1955—1959 yillarda O’zbekiston Yozuvchilari uyushmasida maslahatchi, «Literaturnaya gazeta»ning (1959— 1963, 1967—1970) respublikamizdagi maxsus muxbiri, «O’zbekfilm» kinostudiyasida va Respublika kinematografiya qo‘mitasida bosh muharrir, G’afur G’ulom nashriyotida bosh muharrir (1970—1982) o‘rinbosari bo‘lib ishladi. So‘ngra «O’zbekiston adabiyoti va san’ati» ro‘znomasining (1982—1989) bosh muharriri bo‘lib xizmat etdi. Hozirgi davrda u O’zbekiston Yozuvchilari uyushmasining faxriy raisidir. Odil Yoqubovnipg birinchi yirik asari — «Tengdoshlar» povesti 1951 yilda bosilib chiqdi. Uning «Chin muhabbat», «Aytsam tilim, aytmasam dilim kuyadi» (1958) kabi komediyalari Hamza nomidagi o‘zbek akademik drama teatri sahnasida qo‘yildi. 1956 yilda «Ikki muhabbat» nomli nasriy asarlar to‘plami nashr etildi. Keyin birin-ketin «Bir feleton» qissasi (1961), «Muqaddas» (1963), «Sanot juft bo‘ladi» (1969), «Billur qandillar» (1975) kabi qissalari chop qilindi. Odil Yoqubovning «Er boshiga ish tushsa» (1969) nomli romani Ulug‘ Vatan urushi yillaridagi voqelikni aks ettiradi. «Qanot juft bo‘ladi» (1969) povesti vrachlar, me’morlar, ishchilar mavzui bilan birga murakkab ijtimoiy va axloqiy muammolarni hal etishga bag‘ishlangan. Muallif unda ravshan, esda qoluvchi obrazlar yaratgan. «Izlayman» povestida 1945 yil yapon militarizmiga qarshi kurash voqealari aks ettiriladi. U ma’lum ma’noda avtobiografik asar hamdir. Chunki, muallifning o‘zi o’sha voqealarning jonli guvohi. Yozuvchi keyingi yillarda yaratilgan «Ulug‘bek xazinasi» romanida (1974) ulug‘ o‘zbek astronomi Ulug‘bek va uning o‘g‘li Abdullatif o‘rtasidagi ziddiyatlarni ko’rsatib, progressiv va reaktsion kuchlar orasidagi kurashlarni tasvirlaydi. Romanda Ulug‘bekning iste’dodli shogirdi, mashhur olim Ali Qushchining ham ulug‘vor obrazi yaratilgan. Boshqa bir yirik asari — «Ko‘hna dunyo» romanida O’rta Osiyoning ikki buyuk allomasi Beruniy va Ibn Sino hayoti va fojeali taqdiri qalamga olinadi. Ularning jahon ilmi-fani taraqqiyotiga qo‘shgan buyuk hissalarini umumlashtirishga intiladi. Shuningdek, Odil Yoqubov zamonaviy mavzularda ham «Diyonat» (1973), “Oqqushlar, oppoq qushlar” (1988) kabi yirik polotnolar yaratdi. Agar yozuvchi o‘zining «Diyonat» romanida adolatning nohaqlik, tubanlik ustidan g‘olib kelishini ko’rsatsa, «Oqqushlar», oppoq qushlar» romanida esa turg’unlik davri illatlarini, ildizi va oqibatlarini ro‘yi-rost gavdalantirib beradi. Har ikki holda ham zamondoshlarimizni ma’naviy, axloqiy pokizalikka da’vat etadi. Odil Yoqubov respublikamiz teatrlarida namoyish qilingan «Aytsam tilim kuyadi, aytmasam dilim» (1956), «Yurak yonmog‘i kerak» (1957), «Olma gullaganda» (1960) va boshqa p’esalarning muallifidir. U mohir tarjimon, munaqqid, publitsist sifatida ham barakali ijod qilib kelmoqda. O’zbekiston xalq yozuvchisi (1985) Odil Yoqubov Mehnat Qizil Bayroq ordeni hamda Yaponiya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun medali bilan taqdirlangan. «Ulug’bek xazinasi» romani uchun Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan. Ijodkor, muharrir, nosir, Yozuvchilar uyushmasi bosh kotibi vazifalarida xizmat qilib keldi. Shu kunlarda Odil Yoqubov O’zbekiston Vazirlar mahkamasi qoshidagi respublika Atamalar komitetiga rahbarlik qilmoqda. Tafakkur Tafakkur asarlari. Pafos haqoda gapiradigan o’lsak, Pafos - bu asarni badiiy takomillashtirishning asosiy mezonlaridan biridir. O'tmish va hozirgi barcha buyuk asarlar har doim pafos chuqurligi bilan ajralib turadi. Aynan pafos tufayli asar uzoq tarixiy hayotga qodir bo'lib chiqadi. Pafosda mantiqiy va hissiyot, yozuvchi fikri va uning tajribasi organik ravishda birlashtiriladi. Aynan u pafosda mujassamlanganda, g'oya shaxsiy bo'ladi, yozuvchi tomonidan chuqur his etiladi. Faqatgina abstrakt g'oyalar emas, balki pafos o'quvchining o'zaro tajribasini uyg'otish qobiliyatiga ega bo'lib, uni butun asarning hissiy va mafkuraviy zaryadini, ayrim personajlar taqdirini va muallifning lirik bayonotlarini jonli ravishda idrok etishga majbur qiladi.Odil Yoqubovning deyarli barcha asarlarida mana shu pafos turli xil darajalarda ufurib turadi. Bundan uning “Oq qushlar oppoq qushlar” asari ham mustasno emas.



Yüklə 198 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin