Sharq va Markaziy Osiyo xalqlari orasida keng tarqalgan axloqiy-taʼlimiy asar, fors-tojik badiiy nasrining birinchi va yirik yodgorligi (11-asr)



Yüklə 19,02 Kb.
tarix12.06.2023
ölçüsü19,02 Kb.
#129138
ko\'rgazma


Qobusnoma - Sharq va Markaziy Osiyo xalqlari orasida keng tarqalgan axloqiy-taʼlimiy asar, fors-tojik badiiy nasrining birinchi va yirik yodgorligi (11-asr). Tabariston (Mozandaron) hukmdori Shams al-Maoliy Qobusning nabirasi Unsur al-Maoliy (Kaykovus, 1021—98) tomonidan fors tilida yozilgan (1082—83) va „Nasihatnomai Kaykovus“ deb atalgan. „Q.“ shu asarning oʻzbekcha tarjimasidir. muallif asarni oʻgʻli Gilonshohga bagʻishlagan.
„Qobusnoma“ asosini Qurʼoni karim suralari, Muhammad (sav)ning faoliyati va koʻrsatmalarini ifodalovchi hadislar, hikmatli hikoyatlar tashkil etadi. Asar 44 bobdan iborat. Dastlabki 4 bobi Haqni tanimoq, Paygʻambarlarning xilqati (yaratilishi), Alloh neʼmatiga shukur qilmoq haqida boʻlib, qolgan 40 bobi ota-onani hurmatlash, ilmiy bilimlarni, sanʼatni egallash, harb, savdo, dehqonchilik ishlari va hunarni oʻrganish, odob-axloq qoidalariga rioya etish, farzand tarbiyasi, saxovat va juvonmardlik kabi koʻplab masalalarni oʻz ichiga oladi. Asarda hunar va ilm jamiyat taraqqiyotining asosiy omillari deb qaraladi. Odamlar 3 guruhga boʻlinib, ularning jamiyatda tutgan oʻrni belgilanadi; odamlarning fazilatlari ham 3 guruhga boʻlinadi: aqllilik, haqgoʻylik, juvonmardlik.
Kaykovus dunyodagi mavjudotni birbiri bilan bogʻliq va murosasiz deb talqin qiladi. U kishi ruhiyatini ham 2 guruhga boʻladi: jismoniy sezgini modda, ruhiy hissiyotni esa „jon“ bilan bogʻlaydi va bularning birini moddiy, ikkinchisini ruhiy hayot mahsuli deb koʻrsatadi. Uning fikricha, dunyodagi hamma narsalar yaralishi va mohiyat eʼtibori bilan ilohiydir. Zero, inson Allohni tanimoq uchun avvalambor oʻzini bilmogʻi, yaʼni „sozga qarab sozandani tanimogʻi lozim“, deydi. Bu kabi masalalar kitobda ixcham hikoyatlar, rivoyatlar, sheʼr va latifalar, maqol va hikmatlar yordamida bayon qilinadi.
„Qobusnoma“ rus va Gʻarb sharqshunoslarining, Sharq olimlari va pedagoglarining diqqatini anchadan beri oʻziga tortib keladi. Asar turk (1432, 1705), uygʻur (178687), nemis (1811), oʻzbek (1860, Ogahiy tomonidan), tatar (1881), fransuz va rus (1886) tillariga tarjima qilingan. Ogahiy tarjimasining 2 qoʻlyozma nusxasi Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida, yana bir qoʻlyozma nusxasi Sankt-Peterburgda Saltikov-Shchedrin nomidagi Xalq kutubxonasida saqlanadi. „Qobusnoma“ning Subutoy Dolimov tomonidan hozirgi oʻzbek tiliga oʻgirilgan nusxasi Toshkentda 3 marta nashr qilingan.

«Guliston» sakkiz bobdan iborat bo‘lib, uning tarkibiy tuzilishi quyidagicha: debocha; birinchi bob - podshohlar siyrati zikrida: ikkinchi bob — darveshlar axloqi zikrida; uchinchi bob — qanoat fazilati zikrida; to‘rtinchi bob sukut saqlashning foydalari zikrida; beshinchi bob — ishq va yoshlik zikrida; oltinchi bob — qarilik va zaiflik zikrida; yettinchi bob - tarbiyat ta’siri zikrida; sakkizinchi bob — suhbat odobi zikrida.
Sa’diyni g‘azal janrining kashshofi va ustodi sifatida ham ulug‘lashadi, chunki ungacha forsiy sheriyatning yetakchi janrlari qasida, doston, masnaviy, qit’a va ruboiy edi. Rudakiy, Sanoiy, Xoqoniy, Jamodiddin va Kamoliddin Isfahoniylar ko‘plab g‘azallar yozgan bo‘lsalar-da, ular qasida va qit’a xarakteriga ega bo‘lib, o‘zaro mustaqil alohida baytlardan g‘azal yaratish an’anasini Sa’diy boshlab berdi. U g‘azalchilikdagi o‘zigacha olib borilgan izlanish va tajribalarni rivojlantirib, g‘azalni takomilga yetkazdi, keyin Xusrav Dehlaviy, Hasan Dehlaviy, Xoju Kirmoniy kabi zabardast shoirlar uni yanada taraqqiy ettirib, Hofiz Sheroziyga yetkazdilar, Hofiz esa uni yuksak cho‘qqiga olib chiqdi. Sa’diy g‘azallari 4 devondan iborat bo‘lib, ular «Tayyibot» («Latif g‘azallar»). «Badoe’» («Yangi g‘azallar»), «Xavotim» («Xotima g‘azallar») va «G’azaliyoti qadim») («Eski g‘azallar»)dan iborat.
«Guliston»ga ergashib ko‘plab asarlar yozilgan, lekin ulardan faqat 3 tasi: Abdurahmon Jomiyning «Bahoriston»i, Majiddin Xofiyping «Xoriston»i, Habib Qooniyning «Parishon»i shuhrat qozongan.
«Guliston» XVII asrning birinchi yarmidayoq Yevropa tillariga tarjima qilinib, tarqala boshlagan. U ilk bor frantsuz diplomati Andre Ris tomonidan frantsuz tiliga o‘girilib, 1634 yili Parijda nashr etilgan. Bu tarjima juda erkin bajarilgan va mukammal bo‘lmasa-da, ko‘pchiliknnng e’tiborini tortadi. 1635 yili asar frantsuzchadan nemis tiliga tarjima qilingan. Shundan keyin boshqa g‘arb tillari, shuningdek, rus tiliga ham o‘girilgan. Rus tilida «Guliston» (1957. 1959) va «Bo‘ston» (1963) asarlarining mukammal tarjimalari bosilib chiqqan.
«Sa’diy yolg‘iz Eron emas, balki Osiyoning, Afriqoning hamma yerida hurmatli bir faylasufdir. Uning tarzi bayonining tarovatini va ifodasining qimmatini Ovrupo ilmu adab ahli ham ko‘pdan beri tan olganlar», — deb yozadi mashhur major olimi Xerman Vamberi. Buyuk nemis shoiri va mutafakkiri I. V. Hyote Sa’diyni «juda mahsuldor va fayzlp», «hayot tajribasi bilan boyigan juda yaxshi shoir» deb hisoblagan.
Mashhur frantsuz faylasufi va adibi Volter «Guliston»dan xabardor bo‘lgan va ba’zi she’rlarida undan foydalangan. Taniqli frantsuz masalchisi Lafonten ham «Guliston»dagi hikoyat va naqllardan o‘z masallarida istifoda etgan. Ulug‘
rus shoiri A. S. Pushkin: «Sa’diy va Hofiz asarlarining pinhoniy asroriga yetgunimcha she’rlarimda quvonchbaxsh jihatlar va hayotdo‘stlik kam uchrardi», — degan edi.
Sa’diy asarlari qadimdan o‘zbek xalqi orasida ham mashhur. «Bo‘ston» va «Guliston» asarlari madrasalarda asosiy darsliklar sifatida o‘qitilib kelgan. Mumtoz shoirlarimiz bu ulug‘ so‘z sanatkoridan o‘rganganlar, ta’sirlanganlar. Alisher Navoiyning «Mahbub ul-qulub», Xojaning «Gulzor», Abdulla Avloniyning «Turkiy «Guliston» yoxud axloq» asarlari bevosita Sa’diy «Guliston»i ta’sirida yaratilgan. «Devoni Foniy»da Sa’diy g‘azaliga 22 ga tatabbu’, uning tavrida 4 ta g‘azal mavjud. 
Bu asarni birinchi marta 1390—1391 yillarda XIV asr o‘zbek adabiyotining yirik namoyandalaridan biri Sayfi Saroyi «Guliston bit-turkiy» nomi bilan Misrda tarjima qilgan.
XIX asrda «Guliston» Xiva xoni Muhammad Rahimxon II — Feruz topshirig‘i bilan zabardast shoir va mohir mugarjim Muhammadrizo Ogahiy tomonidan ikkinchi marta o‘zbek tiliga tarjima qilinadi. «Guliston»ning uchinchi tarjimasi toshkentlik mudarris va shoir Mullo Murodxo‘ja Solihxo‘ja o‘g‘li qalamiga mansub bo‘lib, u «Shavqi Guliston» deb atalgan. «Murodxo‘ja madrasa talabalari ehtiyojini hisobga olib, asarning qiyin so‘z va iboratlarini sharhlagan va forsiy originalini ham qo‘shib, «G’ulomiya» matbaasida nashr ettiradi» (1909). 
1968 yili «Guliston»ning to‘rtinchi tarjimasi bosilib chiqdi. Asardagi she’rlarni G’afur G’ulom va Shoislom Shomuhamedov, nasr qismini Rustam Komilovlar o‘zbekchalashtirishgan. 
«Bo‘ston» asari avval Chustiy, keyin Sh. Shomuhamedov tomonidan tarjima qilingan bo‘lsa-da, bu tarjimalarning har ikkalasi ham to‘liq emas. Asar qisqartirilib, zamonga moslab. diniy-tasavvufiy ruhdagi qismlardan xoli qilingan holda o‘zbekchaga o‘girilgan. 
Yüklə 19,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin