Mundarija kirish I. Bob. Xromasoma. Xromosomalarning molekulyar tuzilishi


Interfaza o’z navbatida uchta ketma-ket keladigan davrlarga bo’linadi



Yüklə 1,12 Mb.
səhifə6/21
tarix10.06.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#127967
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
kurs ishi Yaxyobek

Interfaza o’z navbatida uchta ketma-ket keladigan davrlarga bo’linadi:
1. Sintezdan avvalgi davr. G1 harfi bilan belgilangan bu davrda hujayra o’sadi va unda DNK sintezlanishini ta’min etuvchi jarayonlar sodir bo’ladi. Bu davrda DNK ning replikatsiyalanishi uchun zarur bo’lgan nukleotidlar, fermentlar, RNK va turli oqsil molekulalari sintez qilinadi.
2. Sintez davri. S harfi bilan ifodalangan bu davrda DNK replikatsiyalanib, uning miqdori ikki hissa ko’payadi. Ular yangi hosil bo’layotgan xromatidalar tarkibiga kiradi. Mitoxondriyalar va xloroplastlardagi DNK miqdori ham ikki hissa oshadi. Shuning bilan birga RNK va oqsil molekulalari sintezlanishi davom etadi, tsentriolalar soni ham ikki hissa ortadi.
3. Sintezdan keyingi (hujayra bo’linishidan oldingi) davr. G2 harfi bilan belgilangan bu davrda RNK va oqsillar sintezi davom etadi.
Shunday qilib, interfaza davrida xromosomalar mikroskopda butunlay ko’rinmaydi, chunki uning tarkibidagi xromatida va DNK molekulasi ipsimon holatda kuchli yoyilib karioplazmaning ko’p qismini egallagan bo’ladi. Faqat shunday holatdagina DNK molekulasi va uning bir qismi bo’lgan genlar aktiv faoliyat ko’rsata oladi. Bu davrning oxiriga kelib, har qaysi xromosoma ayrim DNK molekulalariga ega bo’lgan ikkitadan xromatidaga ega bo’lib u DNK molekulasining oqsillar yordamida ko’p marta spirallashib taxlanish natijasida xromosomalar yana tayoqcha holatiga keladi. SHuning uchun ham ularni mikroskopda ko’rish imkoniyati tug’iladi. Bunday holatdagi xromosomalarga ega bo’lgan yadro, binobarin, hujayra navbatdagi bo’linishga tayyor bo’ladi.
1.2. Xromosoma nazariyasining yaratilishi
Irsiyatning xromosoma nazariyasi – irsiy omillarning xujayra xromosomalarida joylashishi haqidagi taʼlimot. Bu taʼlimotga koʻra, organizm belgi va xususiyatlarining nasldan naslga oʻtishi xromosomalar bilan bogʻliq. Irsiyatning xromosoma nazariyasini dastlab nemis sitolog olimi T. Boveri (1902—1907) va amerikalik olim U. Setton (1902—1903) asoslab bergan. Keyinchalik 20-asr boshlarida bu nazariya amerikalik genetik T. X. Morgan va uning xodimlari tomonidan batafsil ishlab chiqilgan. Hayvonlar jinsini aniqlashning genetik mexanizmini oʻrganish orqali jinsning jinsiy xromosomalarning naslda taqsimlanishi bilan bogʻliqligining aniqlanishi irsiyatning xromosoma nazariyasini isbotladi. Amerika genetigi K. Brijes (1913) tomonidan urgʻochi drofozilada meyoz jarayonida xromosomalarning ajralib ketmasligining kashf etilishi va jinsiy xromosomalar taqsimlanishining buzilishi birikkan irsiy belgilarning oʻzgarishi bilan bogʻliqligining aniqlanishi irsiyatning xromosoma nazariyasini uzil-kesil tasdikladi.
Irsiyatning xromosoma nazariyasi rivojlana borishi tufayli bitta xromosomada joylashgan genlar bitta birikish guruhini hosil qilishi va birgalikda irsiylanishi; birikish guruxlari soni har qaysi tur uchun doimiy boʻlib, xromosomalarning gaploid soniga teng boʻlishi; genlarning birikishi bilan bogʻliqbelgilar ham birgalikda irsiylanishi aniqlandi. Mitoz jarayonida xromosomalarning chalkashuvi (krossingo-ver) genetik materialning xromosomalar oʻrtasida qayta taqsimlanishiga (qarang Rekombinatsiya), binobarin belgilarning birikkan holda irsiylanishining buzilishiga olib kelishi mumkin. T. Morgan va b. genetik olimlarning drozofilada genlarning birikishi va krossingoverni bataf-sil oʻrganishi xromosomalarning genetik haritasini tuzib chikish uchun asos boʻldi. Keyinchalik genlarning murakkab tuzilganligi va belgilarning irsiylanishida nuklein kislotalar ahamiyati ochib beriladi.

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin