13-modda. Norezidentlarning hisobvaraqlari
Norezidentlar O‘zbekiston Respublikasi banklarida chet el valyutasida va O‘zbekiston Respublikasi valyutasida bank hisobvaraqlarini ochishga va ulardan foydalanishga haqli.
Faoliyatni O‘zbekiston Respublikasi hududida amalga oshirish norezident yuridik shaxslarning O‘zbekiston Respublikasida bank hisobvaraqlarini ochishi va ulardan foydalanishi uchun majburiy talabdir.
3-bob. Valyuta operatsiyalari
14-modda. Valyuta operatsiyalarining turlari
Valyuta operatsiyalari ichki va xalqaro (transchegaraviy) operatsiyalarga bo‘linadi.
Ichki valyuta operatsiyalari O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘tkaziladigan operatsiyalardir.
Xalqaro (transchegaraviy) valyuta operatsiyalari joriy xalqaro operatsiyalarga va kapital harakati (kapital o‘tkazmalari) operatsiyalariga bo‘linadi.
Dostları ilə paylaş: |