98
Joriy va oraliq nazorat turlari bo‘yicha umumiy (100) balldan 55 va undan yuqori
balni to‘plagan talaba
fanni o’zlashtirgan deb hisoblanadi va ushbu fan bo‘yicha
yakuniy nazoratga kirmasligiga yo‘l qo‘yiladi. Talabaning semestr davomida fan
bo‘yicha to‘plagan umumiy bali har bir nazorat turidan belgilangan qoidalarga muvofiq
to‘plagan ballari yig‘indisiga teng.
Oraliq va yakuniy nazorat turlari kalendar tematik rejaga muvofiq dekanat
tomonidan tuzilgan reyting
nazorat jadvallari asosida, yakuniy nazorat esa semestrning
oxirgi 2 haftasi mobaynida jadval bo‘yicha o‘tkaziladi. Talaba fan bo‘yicha kurs
loyihasi (ishi)ni ushbu fan bo‘yicha to‘plagan ballari umumlashtirilishiga qadar
topshirishi shart.
Joriy va oraliq nazoratlarda saralash balidan kam ball to‘plagan va uzrli
sabablarga ko‘ra nazoratlarda qatnasha olmagan talabaga qayta topshirish uchun,
navbatdagi shu nazorat turigacha, so‘nggi joriy va oraliq nazoratlar uchun yakuniy
nazoratgacha bo‘lgan muddat beriladi. Kasalligi sababli darslarga qatnashmagan hamda
belgilangan muddatlarda joriy, oraliq va yakuniy nazoratlarni topshira olmagan
talabalarga fakul‘tet dekani farmoyishi asosida, o‘qishni boshlaganidan so‘ng ikki hafta
muddatda topshirishga ruxsat beriladi.
Talabaning semestrda joriy va oraliq nazorat turlari bo‘yicha to‘plagan ballari
ushbu nazorat turlari umumiy balining 55 foizidan kam bo‘lsa yoki semestr yakunida
joriy, oraliq va yakuniy nazorat turlari bo‘yicha to‘plagan ballari yig‘indisi 55 baldan
kam bo‘lsa, akademik qarzdor hisoblanadi.
Akademik qarzdor talabalarga semestr tugaganidan keyin qayta o‘zlashtirish
uchun bir oy muddat beriladi. Shu muddat davomida fanni o‘zlashtira olmagan talaba,
fakultet dekani tavsiyasiga ko‘ra belgilangan tartibda rektorning buyrug‘i bilan talabalar
safidan chetlashtiriladi.
Talaba nazorat natijalaridan norozi bo‘lsa, fan bo‘yicha nazorat turi natijalari
e`lon qilingan vaqtdan boshlab bir kun mobaynida fakul‘tet dekaniga ariza bilan
murojaat etishi mumkin. Bunday holda fakul‘tet dekanining taqdimnomasiga ko‘ra
rektor buyrug‘i bilan 3 (uch) a`zodan kam bo‘lmagan tarkibda apellyatsiya komissiyasi
tashkil etiladi.
Apellyatsiya komissiyasi talabalarning arizalarini ko‘rib chiqib, shu kunning
o‘zida xulosasini bildiradi.
Dostları ilə paylaş: